1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə51/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   296
hisob raqam kod

10307 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMBga naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida O‘zRMBga naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan naqd pullar kelib tushganda hisobdan chiqarilgan qoldiq summa va/yoki qaytarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10309 O‘zRMBdagi majburiy zaxira hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMB majburiy zaxiralariga o‘tkazilgan mablag‘lari harakati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan O‘zRMBga o‘tkazilgan majburiy zaxira mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan bankning vakillik hisobvarag‘iga qaytarilgan majburiy zaxira mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10311 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Topshirilgan naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMiga topshirilgan naqd pullar uchun olinadigan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMiga topshirilgan naqd pullarning tasdiqlangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida topshirilgan naqd pullar uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMidan o‘tkazilgan, kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
10397 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
Xisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMBga qo‘ygan depozitlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida O‘zRMBga qo‘yilgan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan qaytarilgan depozitlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə