1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə50/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   296
hisob raqam kod

10198 Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka topshirish uchun tayyorlangan va Markaziy bank farmoyishiga asosan taqsimlanadigan naqd pul mablag‘lari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining farmoyishiga asosan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalariga va/yoki boshqa tijorat banklariga jo‘natilgan naqd pullarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10300 Bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi (O‘zRMB) hisobvaraqlari
10301 O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O‘zRMBga joylashtirgan bo‘sh pul mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank va uning mijozlar nomiga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10305 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovlarni amalga oshirishda 20802 — “O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i — Vostro” hisobvarag‘ida ilgari mavjud bo‘lgan kredit qoldig‘idan oshib ketish natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida 20802 — “O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i — Vostro” hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 20802 — “O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i — Vostro” hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda qoplangan debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə