1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Bankning boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə52/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   296
hisob raqam kod

10500 Bankning boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10501 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida boshqa banklarga qo‘ygan pul mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklardan bankning vakillik hisobvarag‘iga bank va mijozlar nomiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning o‘z majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha bank vakillik hisobvarag‘idan boshqa banklarga o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir vakil-bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10505 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovlarni amalga oshirishda 21002 — “Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro” hisobvarag‘ida ilgari mavjud bo‘lgan kredit qoldig‘idan oshib ketishi natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida 21002 — “Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro” hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 21002 — “Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro” hisobvarag‘iga mablag‘lar kelib tushganda qoplangan debet qoldiq summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir vakil bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10507 Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning naqd pul olish uchun boshqa banklarga o‘tkazilgan mablag‘lari harakati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan boshqa banklarga naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan naqd pullar kelib tushganda hisobdan chiqarilgan qoldiq summa va/yoki qaytarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə