1. Mulkchilik ta’riflarining tahlili Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari



Yüklə 99,27 Kb.
səhifə6/10
tarix25.12.2023
ölçüsü99,27 Kb.
#161076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MULKCHILIK SHAKLLARI O\'ZGARISHNING YO\'LLARI VA USULLARI

2. Mulk-imtiyoz. Monopolist. Vaqti kelib ijtimoiy-iqtisodiy rol ikkita yangi rolga bo`linadi: tabiiy resurslar mulkdorining roli va ishlab chiqaruvchining roli. Egalik qilish huquqi foydalanish huquqidan, egalik qilish ob’ekti esa xo`jalik yurituvchi sub’ektdan ajralib chiqadi. «Mulk-imtiyoz» tushunchasi paydo bo`ladi. Bu yerda mulkdor-monopolistning renta – o`ziga tegishli resurslardan daromad olish huquqiga duch kelamiz.

Mulk-imtiyoz aholining ma’lum qismi peshona terisi bilan o`zining tirikchiligi uchun non topish majburiyatidan ozod bo`lishi uchun imkoniyat, ya’ni fan, san’at va harbiy ishni rivojlantirish imkoniyati yaratadi.

Ishlab chiqaruvchi. Xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi-ishlab chiqaruvchining shaxsiy maqsadi o`z ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Ko`plab xo`jalik yurituvchi sub’ektlar shaxsiy maqsadlariga erishishga intilish natijasida ijtimoiy ahamiyatga molik missiyaning amalga oshishi – jamiyatni takroriy ishlab chiqarish sodir bo`ladi.

3. Mulk-korxona. Tovar almashuvining rivojlanishi rollarning yangidan bo`linishiga dastlabki tarixiy sabab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining tabiiy huquqi hisoblangan mahsulotga bo`lgan huquq ishlab chiqarish vositalarining mulkdori – xo`jayinga o`tadi.

Xususiy mulk majburlashga asoslangan hokimiyatni hamda obro`ga asoslangan hokimiyatni tarixning chetiga siqib chiqaradi. Mulk-korxonaning paydo bo`lishi bilan birga yollanma xodim va xo`jayin, ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan mulkchilikdan mahrum etilgan va o`zining mehnat qobiliyatini sotishga majbur bo`lgan iqtisodiy agent hamda xo`jalikning yangi xili – korxonani tashkil etuvchi iqtisodiy agentning roli paydo bo`ladi.

Xo`jayin. Xo`jayinning shaxsiy maqsadi - qo`shimcha qiymatni olish uni iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beruvchi barcha yangi narsalarni joriy etishga undaydi. Xo`jayin o`ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy missiya – iqtisodiy faoliyatni ratsionalashtirish egasiga aylanadi.


Yüklə 99,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə