1. Mulkchilik ta’riflarining tahlili Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari



Yüklə 99,27 Kb.
səhifə7/10
tarix25.12.2023
ölçüsü99,27 Kb.
#161076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MULKCHILIK SHAKLLARI O\'ZGARISHNING YO\'LLARI VA USULLARI

Yollanma xodim. Xodim – bu faqat o`zining mehnat qilish qobiliyati uning huquqining ob’ekti hisoblangan individ (ishchi kuchi). Lekin bu qobiliyat, so`zsiz, uning o`ziga tegishli, ya’ni xodimning o`zi kimningdir huquqlarining ob’ekti hisoblanmaydi. U: a) erkin tanlash huquqini qo`lga kiritadi va b) o`z faoliyatining mahsulotlariga bo`lgan huquqni yo`qotadi. Xodimning ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi mehnatni taqsimlash samaradorligini oshirishdan iborat.

4. Mulk-sarmoya. Mulk-imtiyoz holatida bo`lgani kabi mulk-korxona o`z egasiga qo`shimcha mahsulotni o`zlashtirib olish huquqini beradi. Albatta, endi ushbu mahsulot ortiqcha mahsulotda emas, balki qo`shimcha qiymat – korxona xo`jalik faoliyatining xarajatlari va natijalari o`rtasidagi farq shaklida namoyon bo`ladi.

Mulk-sarmoya paydo bo`lishi bilan xo`jayinning roli kapitalist va menejer, taqsimlash jarayonini nazorat qiluvchi iqtisodiy agent hamda ishlab chiqarish jarayonining o`zining tashkilotchisi rollariga bo`linadi.

Kapitalist. Sarmoya egasi xo`jayin singari qo`shimcha qiymat olishdan manfaatdor. Lekin ishchi kuchini ishlab chiqarish vositalari bilan birlashtirish emas, balki sarmoyani to`g`ri sarflash kapitalist uchun ushbu qiymatni olish usuli hisoblanadi.

Menejer. Kapitalistga menejer – ishlab chiqarish jarayonining rahbari, xo`jayin funksiyasini bajaruvchi, lekin mulkni yo`qotish xatariga ega bo`lmagan iqtisodiy agent qarama-qarshi turadi.

Menejerning ijtimoiy-iqtisodiy roli va yollanma xodimning roli o`rtasida o`ta muhim farq mavjud. Xodim o`z ishchi kuchini – mehnat qobiliyatini, menejer esa ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish bo`yicha xizmatni sotadi. Bitim tuzilgach, xodim ijrochiga, menejer esa korxona rahbariga aylanadi. Menejer daromadining asosini u rahbarlik qiladigan korxona faoliyatining natijalari uchun mukofot tashkil qiladi.

5. Mulk-biznes. Tadbirkor. Mulk miqdori «qiymat» degan mavhum tushunchaga aylangan sharoitda sahnaga yangi shaxs – tadbirkor va yangi mulk ob’ekti – biznes chiqadi. Chunki nafaqat mehnat, yer va sarmoya, balki faoliyatning alohida turi – tadbirkorlik ham «qiymatni yaratish» xususiyatiga ega. Shaxsiy boyish masalasini hal etayotib tadbirkor munosib ijtimoiy missiya iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirishni amalga oshiradi. U topgan yangi qarorlar asta-sekin ijtimoiy normaga aylanadi. Lekin yangi qarorlar – bu nafaqat yangi imkoniyatlar, balki yangi xatarlardir. Bir vaqtning o`zida mulkdor va tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi mulkdor-sarmoyador qismlarga ajrala boshlaydi. Shu tariqa tadbirkor asta-sekin mulkdordan ajralib chiqadi. Unda hatto o`zining, mulkdordan alohida mulk ob’ekti – biznes paydo bo`ladi.


Yüklə 99,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə