1. Mulkchilik ta’riflarining tahlili Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari



Yüklə 99,27 Kb.
səhifə2/10
tarix25.12.2023
ölçüsü99,27 Kb.
#161076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MULKCHILIK SHAKLLARI O\'ZGARISHNING YO\'LLARI VA USULLARI

1-jadval.


Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi

Yondashuv nomi

Mulkchilikning asosiy belgilari

  1. Klassik yo`nalish

Daromad keltirish qobiliyati mujassamlangan sarmoya

  1. Faylasuflar va neoklassiklar

Tashqi dunyo ob’ektlar ustidan nazoratni ularni o`zlashtirib (egallab) olish asosida amalga oshirish

  1. Dialektik usul tarafdorlari

Shaxsning tabiatdan ham, ijtimoiy hayot jamoatchiligidan ham begonalashishida hamda ishlab chiqaruvchini ishlab chiqarish vositasidan ajratishda namoyon bo`luvchi ijtimoiy aloqalarni tarkiblash, murakkablashtirish shakli

  1. Nemis tarixiy maktabi

Ijtimoiy o`zaro hamkorlikning asosiy tamoyili hisoblangan ahloq normasida jamiyat tomonidan oliy va muqaddas qadriyat hamda individ mustaqiligining kafolati. sifatida tan olish

  1. Neoinstitutsional yo`nalish

Turli shaxslar o`rtasida bir buyumda turli huquqlarning namoyon bo`lish imkoniyati. buyumga qarashli vakolatlar tutami

  1. Xuquqshunoslar

Shaxsning buyum ustidan hukumronligi va boshqa shaxslar imkoniyatlarini cheklash.

  1. Sotsiologlar

Iqtisodiy buysundirish asosida ijtimoiy iyerarxiyani o`rnatish usuli

  1. Ernando de Soto (Peru)

Qiymatga aylanishda ishtirok etish va daromad keltirish qobiliyati

Jadvaldan ko`rib turganimizdek, mulkchilikni o`zlashtirib olish bilan tenglashtirish neoklassik iqtisodiy tafakkur vakillariga xos bo`lsa, huquqshunoslar uchun shaxsning buyum ustidan hukumronligi imkoniyatlarini chegaralash mulkdan boshqa shaxslarning ziyoniga foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida ta’riflanadi. Mulkchilik – bu shaxs va buyum o`rtasidagi emas, balki insonlar o`rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak. Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish huquqlarini qo`shgan holda huquqlar to`plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o`zlarining aylanuvchanligiga, oldi-sotdi ob’ektlari bo`lib buyumlarning o`zi emas, balki ularga nisbatan huquq hisoblanishiga e’tiborni qaratadi. Masalan, yer uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-mulkdan foydalanishdan keladigan daromadni olish huquqi va b.


Xuquqshunoslarning fikricha, mulk – bu mutlaq huquq. Mulkdorga qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov emas, balki salbiy cheklov (nima mumkin emas) bilan yoritiladi.

Yüklə 99,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə