1. Mulkchilik ta’riflarining tahlili Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari



Yüklə 99,27 Kb.
səhifə8/10
tarix25.12.2023
ölçüsü99,27 Kb.
#161076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MULKCHILIK SHAKLLARI O\'ZGARISHNING YO\'LLARI VA USULLARI

Sarmoyador. Tadbirkorning o`zga mulkka bo`lgan talabi sarmoyani ijtimoiy qadr-qimmat - qiymatga ega bo`lgan cheklangan resursga aylantiradi. Bir vaqtning o`zida tadbirkorlik faoliyatidan voz kechgan va o`zga tegishli cheklangan resurs – sarmoyadan foydalanish huquqini to`lov evaziga sotuvchi sarmoyador-mulkdorning ijtimoiy-iqtisodiy roli paydo bo`ladi. Sarmoyadorning shaxsiy maqsadi mulkdan (sarmoyadan) olinadigan daromadni ko`paytirishdan iborat.

6. Mulk-talab. Sarmoyador rolining ichki qarama-qarshiligi shu narsa bilan bog`liqki, tadbirkorlik faoliyati yukini ko`tarishni istamagan holda, u istar-istamas ushbu faoliyat bian bog`liq mulkni yo`qotish xatarini o`z zimmasiga oladi. O`z navbatida, bu mulkdan oladigan daromadning ikkita tarkibiy qismni o`z ichiga oladi: cheklangan resurs uchun to`lov va xatar uchun to`lov.

Sarmoyador rolining ushbu ikki taraflamaligi oqibati – yana bir bo`linish: ishtirokchi roli va kreditor roli, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish maqsadini ko`zlovchi sarmoyador va mulkni yo`qotish xatarini kamaytiruvchi sarmoyador rolining paydo bo`lishi.

Ishtirokchi – bu mol-mulkka nisbatan mulkchilik huquqidan jamiyatga nisbatan talab huquqi evaziga voz kechuvchi iqtisodiy agent. O`z navbatida jamiyatning o`zi va uning mol-mulki emas, balki xo`jalik jamiyatiga nisbatan majburiyat huquqlari ishtirokchining mulki hisoblanadi.

Ishtirokchining shaxsiy maqsadi – jamiyatning foydasida ishtirok etishdan iborat. Tegishlicha u bu bilan bog`liq xatarlarning bir qismini o`z zimmasiga oladi. Natijada mazkur loyihalar xatarlarini ko`plab ishtirokchilar o`rtasida taqsimlash asosida o`ta qimmat va uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish mumkin bo`ladi. Ishtirokchining ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi, shu tariqa, xatarlar va javobgarlik dispersiyasidan iborat.

Kreditor. Agar sarmoyador – bu tadbirkorlik rolidan voz kechgan kapitalist bo`lsa, u holda kreditor – bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq xatarlardan voz kechgan sarmoyadordir. Professional moliyaviy vositachilardan foydalanish esa xatarlarni pasaytirish usuli hisoblanadi.


Yüklə 99,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə