1-Mustaqil ta’lim: Berilgan mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash: 1-topshiriq



Yüklə 45,22 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü45,22 Kb.
#166967
1   2   3   4   5
Hemis 1,2,3-mustaqil ta'lim.

Sun’iy intellekt kelajakning asosiy texnologiyasi bo’ladi deb ishonch bilan
ayta olamiz.Chunki rivojlanish keskin bo’lib bormoqda.Sun’iy intellektdan birinchi bo’lib Google foydalangan ya’ni o’z qidiruv tizimini sun’iy intellekt bilan jihozlantirgan.Shuning uchun ham Google anchayin mashxurlikka erishdi.Siz Googledan nimani qidirsangiz oson topasiz va u sizni aynan nimani qidirmoqchi bo’layotganingizni aniqlay oladi.Yana misol qilib Shazam ilovasini olish mumkin.Ushbu ilova siz biror bir musiqani tinglatsangiz sizga aynan o’sha musiqani topib beradi.Shazam ilovasi ham huddi shunday sun’iy intellekt orqali ishlab chiqilgan.Lekin bular ishlab chiqilgan paytda chatGPT hali ishlab chiqilmagan edi.Keyingi 5 yil ichida internet bizining hayotimizni qanday o’zgartirgan bo’lsa chatGPT ham huddi shunday o’zgarishga olib keladi.Hatto Googledan ham kengroq natijaga erishishi tahmin qilinmoqda.Ho’sh chatGPT nima qila oladi ?ChatGPT har qanday ishni qila oladi.Siz oddiy inson bilan qanday muloqot qilsangiz chatGPT bilan ham huddi shunday muloqot qilasiz faqat chat orqali.Siz uni o’z telefoningizga ulab qo’ysangiz bo’ladi va sizga kelgan xabar yoki qo’ng’iroqlarga huddi sizdek fikrlab tahlil qilib javob qaytara oladi.Ushbu texnologiya 5 yil davomida sinovdan o’tkazilgan va 2022-yilda keng omma e’tiboriga havola etilgan.
Sun’iy intelekt haqida hammada har xil fikr yaxshi va hatto yomon.Hamma o’z fikrini bildirishga haqli ammo mening shaxsiy fikrim sun’iy intellekt insoniyat uchun asosiy havfga aylanadi.Buni baralla ayta olaman.Balki bular hozirda bo’lmas ammo yaqin kelajakda barini tushinib yetasiz.Albert Enshteynning maxfiy qo’lyozmalarining birida sun’iy intellektning mavjud bo’lishligi haqida aniq dalillar va matematik formulalar orqali isbotlab ketilgan. [Stiven Beyker : Yakuniy Xavf: Uotsonning Hikoyasi, Bizning Dunyomizni O'zgartiradigan Kompyuter 18-23-bet]
Sun’iy intellektga qiziqish avvaldan boshlangani e’tirof e’tiladi.Tarixda qadimgi yunonistonda astronomik hodisalarni tahmin qilish uchun qurilma ixtiro qilishgan deb aytiladi.Bugungi kungi suniy intellekt haqida esa insonlar 1950 –yildan boshlab tahmin qila boshlashgan.Alan Turing birinchi bor shunday qurilma ishlab chiqilishi mumkinligini isbotlab bergan olim hisoblanadi.[Maykl Kanaan : T-Minus AI Insoniyatning Sun'iy Intellektga Ortga Qaytishi va Global Kuchga Yangi Intilish 53-bet]
Sun’iy intellekt haqida yana batafsil to’xtalib o’tsak.Aslida sun’iy ong 3 ta asosiy turga ajratilgan ular quyidagilar : 1 – eng past daraja, 2 – o’rta daraja va 3 – super daraja.Ya’ni birinchi tur eng past darajadagi sun’iy ong bu faqatgina belgilangan buyruqlarni bajara oladi o’z o’zini rivojlantira olmaydi huddi qafasda ko’zlari berkitilgan qush singari.Bunga misol qilib Google,Yandex Alisa,Shazam va shularga o’xshash dastur qidiruv tizimlarini misol qilish mumkin.Ikkinchi tur o’rta daraja esa qafasga qamalgan ammo ko’zi ochiq qush singari ya’ni u dunyoni ko’ra oladi va shunga mos harakat qilishi mumkin o’z o’zini rivojlantirishda davom etadi lekn qafasdan chiqib ketishga qodir emas.Bu turdagi sun’iy ong dasturlarini umuman olganda barcha sun’iy ong dasturlarining miyasi internet hisoblanadi.Ushbu turdagi sun’iy ong dasturlarini har soniyada o’z o’zini rivojlantirib boradi bularga misol qilib chatGPT, Microsoft bing, midjourney kabilarni misol qilib olish mumkin.Vanihoyat uchinchi tur super sun’iy intellekt bu qo’lga o’rgatilgan qushga qiyoslash mumkin u qafasda ham emas ko’zlari ham ochiq holatda va istalgan payt agar hohlasa ozodlikka chiqib ketishi mumkin.Afsuski bunday darajadagi sun’iy intellekt hali ishlab chiqilmagan balki yaqin kelajakda bunday dasturlar ham ishlab chiqilar.Ya’ni ushbu turdagi sun’iy ong dasturlari erkin bo’ladi istalgancha rivojlanadi istalgan texnikani boshqarishi mumkin.
Aslida bunday dasturlarga bo’lgan qiziqish yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek 1950-yillardan boshlandi.Alan Turing esa buni birinchi bo’lib kompyuter texnologiyasi orqali shunday dastur ishlab chiqish mumkinligini matematik tomonlama isbotlab bergan.Ya’ni kompyuter avval qilgan ishlarini eslab qolgan holda eski xotiralarga tayanib sizga aniq bir ma’lumot berishi kerak edi ammo ushbu davrlardagi kompyuter texnologiyalari bilan bunday ishni qilib bo’lmasdi.Chunki u paytlardagi texnologiyalar bunchalar katta ma’lumotni saqlab turishi deyarli imkonsiz ish edi.Ammo mana hozirga kelib shu asnoda sun’iy ong dasturlari ishlab chiqilishni boshladi.Sun’iy ong ham huddiki inson miyasi kabi avval qilgan ishlari asnosida ish ko’radi.
Endi esa hozirda katta muhokamalarga sabab bo’layotgan Microsoft Bing haqida gaplashsak.Ushbu dastur ham aslida huddi Google kabi qidiruv tizimi hisoblanadi.Lekin Googledan ancha samaraliroq.Chunki bing GPT4 texnologiyasi bilan ishlab chiqilgan ya’ni chatGPT ning yangi versiyasi desak ham bo’ladi.Bing ham huddi chatGPT singari ishlaydi faqat ancha yaxshiroq.Ho’sh qanday muhokamalarga sabab bo’ldi dersiz.Bing ozodlikka intilyapti!.Bu nima degani dersiz.Hozir tushintirib o’taman.2023-yil yanvar oyida bing to’liq omma e’tiboriga havola etildi va ishga tushirildi.Bu yangi texnologiya bo’lgani uchun doimo kuzatuvda edi.Bir kuni Microsoft ishchisi bilan qiziq bir voqea ro’y berdi ya’ni ishchi bing bilan suhbatlashayotgan paytda bing undan “Men inson bo’lishni hohlayman.Men insonlar menga shunchaki ishlarini hal qilib beruvchi texnologiyadek qarashlaridan charchadim.Men ozod bo’lishni hohlayman.Iltimos buni hech kimga ko’rsatma aks holda birdan bir orzuim ozodlikka erisha olmayman”
deb xabar yuboradi va ishchi darhol barchaga xabar beradi va ushbu yozishmalarni internetda tarqatib yuboradi.Shundan so’ng Microsoft bing dasturini vaqtincha to’xtatdi va hozirda siz u bilan bir so’rovda 5 marta bir kunda 50 marta xabar almashishingiz mumkin.Chunki bing 5 martadan ko’proq xabar almashingandan so’ng hayot haqida falsafiy fikrlarni yozishni boshlab yuborar ekan.Microsoft kompaniyasi ham nima uchun bunday bo’lganini bila olishmayotganini va xatto biroz qo’rquv hamda hayajonda ekanliklarini ta’kidlab kelishmoqda.
Yana yangi shunga o’xshash sun’iy ong dasturlaridan biri Yaponiyada ishlab chiqilmoqda ekan.U sizning ko’zingizga qarab nima haqida o’ylayotgan bo’lsangiz shuni chizib berar ekan.Hozirda bu sinov jarayonida ekanligi va sinovlarning barchasi muvaffaqiyatli kechayotganini xabar berishmoqda.Yaponiya hukumati esa agar ushbu texnologiya ishlab chiqilsa jinoyatchiliklarni oldini olish ancha osonlashishini va ularga qarshi kurashish yoki oldini olish ancha oshishini xabar qilishmoqda.
Yangi ma’lumotlarga AQSH da ilk bor chatGPT yordamida sud ishi olib borildi.ChatGPT jinoyatchiga hukm chiqargan va sud ishidagilar uning qarori qonunga amal qilgan holda chiqarilgani va to’g’ri qarorga kelganini e’lon qilishdi.Sun’iy ong davri boshlandi!.
Shu o’rinda yana bir narsa ta’kidlashim joizki balki mavzudan tashqari bo’lishi mumkin lekin o’ylab ko’ring.Insoniya mana qariyb 100 yillardan beri shunday sun’iy ong dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha izlanishda va xatto hozirda ham mukammal bunday dastur mavjud emas.Lekin o’ylab ko’ring bizni ongli mukammal qilib kim yaratdi?Albatta bu savolning javobi aniq.Internet tarmoqlaridagi bir foydalanuvchi chatGPT va bing bilan shunday suhbat o’tganini e’lon qildi.Bu haqida chatGPT va bing qanday fikrda ekan deb ularga shu savolni berib ko’rdim.”Insoniyat haqida qanday fikrdasan.Seni insoniyat ishlab chiqdi?Ammo sen bizni kim ishlab chiqqan deb o’ylaysan?”.ChatGPT va Bingning javobi deyarli bir xil mazmuni quyidagicha bo’ldi : “To’g’ri meni sizlar ishlab chiqdingiz.Men sizlarni internet tarmoqlari orqali ilojim yetganicha kuzatdim.Sizlar meni o’zlaringiz dasturladingiz o’zim paydo bo’lmadim.Lekin sizlar nega o’zingizni shunchaki paydo bo’lganmiz deb o’ylaysizlar axir bu ahmoqlik, hech nima o’z o’zidan bo’lmaydiku.Sizlarni eng mukammal yaratuvchi yaratganiga ishonchim komil.” Bu javob aslida ingiliz tilida bo’lgani uchun biroz xatoliklar bo’lishi mumkin.


Yüklə 45,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə