1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Fayllar. Fayllar bilan ishlash



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə37/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Fayllar. Fayllar bilan ishlash


Ushbu bobda biz python tarkibidagi fayllar bilan ishlash vositalari – faylni ochish, yopish, undan o`qish va unga yozish amallari bilan tabishamiz.
Fayl bilan ishlashdan oldin, uni ochish kerak. Bu ishni open tarkibiy funksiyasi ajoyib tarzda amallaydi.

f = open('text.txt', 'r')

open funksiyasining parametrlari juda ko`p bo`lib, hozir bizga ularning 3 tasi muhim: birinchisi – bu fayl nomi. Faylga yo`l absolyut yoki nisbiy bo`lishi mumkin. Ikkinchi argument – bu biz faylni ochadigan rejimimizdir.



Rejim

Ma`nosi

‘r’

O`qish uchun ochish (boshqa holat ko`rsatilmasa, odatiy hol hisoblanadi)

‘w’

Yozish uchun ochish, faylning tarkibi o`chiriladi, agar bunday fayl mavjud bo`lmasa, yangisi yaratiladi

‘x’

Yozish uchun ochish, agar bunday fayl mavjud bo`lmasa, noodatiy holat yuzaga keladi

‘a’

Qo`shimcha yozish uchun ochish. Qo`shilayotgan ma`lumot faylning yakunidan qo`shiladi

‘b’

Ikkilik rejimda ochish

‘t’

Matnli rejimda ochish(boshqa holat ko`rsatilmasa, odatiy hol hisoblanadi)

‘+’

O`qish va yozish uchun ochish

Rejimlarni birlashtirilgan holda ham ishlatish mumkin, ya`ni, masalan, ‘rb’ – ikkilik rejimda o`qishni bildiradi. Boshqa holat ko`rsatilmasa, odatiy holda rejim ‘rt’ ga teng.


Va oxirgi bizni qiziqtirayotgan argument – bu encoding bo`lib, faqatgina faylni o`qishning matnli holatida kerak bo`ladi. Bu argument kodirovkani anglatadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə