1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


PEP8 – Pythonda kod yozish bo`yicha qo`llanma



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə40/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

PEP8 – Pythonda kod yozish bo`yicha qo`llanma


Ushbu hujjat python dasturlash tilida kod yozish hamda, shu jumladan, python tarkibiga kiruvchi standart kutubxona haqidagi kelishuvdan iboratdir.
PEP8 hujjati til asoschisi Gvido van-Rossum tomonidan berilgan takliflar hamda uning izdoshi Barri Uorsouning qo`shimchalari asosida ishlab chiqilgandir. Agar qaysidir sohada qarama-qarshiliklar kelib chiqadigan bo`lsa, biz Gvido van-Rossum ko`rsatmalarini ustun qo`ydik. Va albatta, ushbu PEP to`liq bo`lmasligi mumkin (balkim, u hech qachon o`z yakuniga yetmas, ehtimol).Gvido van-Rossumning asosiy g`oyasi shundan iboratki – kod yozilganidan ko`ra ko`proq marta o`qiladi. Demak, kod yozish uslubiga berilayotgan takliflar asosan kodni o`qishni osonlashtirish hamda ko`plab sonli loyihalar orasida bir xillikni ta`minlashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Eng ideal holatda, butun kod aniq bir xil uslubda yoziladi va har qanday dasturchiga uni o`qish va tushunish oson bo`ladi.
Bu kelishuv va bir xillik haqidagi qo`llanmadir. Bu qo`llnamaga mos tarzda ishlash juda muhimdir. Bir loyiha ichida bir xillik undan ham muhim bo`lib, bir modul yoki funksiya ichidagi bir xillik hammasidan ham muhimroqdir. Lekin, shuni ham esda saqlash kerakki, ba`zida bu qo`llanmaga rioya etishning iloji bo`lmasligi ham mumkin va bunday holatlar haqida ham bilib qo`yganingiz yaxshi. Agar ikkilansangiz, shunchaki, boshqalar bu masalada qanday yechimni tanlaganliklarini ko`rib chiqing hamda shu asosida qaror qabul qiling.
Ushbu qoidalarga bo`ysinmaslikning ikkita asosiy sabablari:

  1. Qoidalarga rioya etilishi hattoki qoidalar bo`yicha yozilgan kodni o`qishga o`rgangan kishi uchun ham qiyinchilik tug`dirsa.

  2. Biror loyihadagi qoidalarga roiya etilmagan holda yozilgan (balki ancha oldin yozilgandir) kod bilan bir xillikni ta`minlash maqsadida (Balkim bu o`sha kodni qaytadan yozish uchun bir sababdir).



Mundarija


  • Kodning tashqi ko`rinishi

  • Siljishlar

  • Tabulyatsiyami yoki bo`sh joy?

  • Qatorning maksimal uzunligi

  • Bo`sh satrlar

  • Boshlang`ich faylning kodirovkasi

  • Import qilishlar

  • Ko`rsatma va iboralarda bo`sh joylar

  • Quyidagi hollarda bo`sh joylardan foydalanmaslikka harakat qiling:

  • Boshqa tavsiyalar

  • Izoh (kommentariy)lar

  • Izohlar bloki

  • “Satrdagi” izohlari

  • Hujjatlashtirish satrlari

  • Versiyalar nazorati

  • Nomlashlar bo`yicha kelishuv

* Qo`llash kerak bo`lmagan nomlar
* Modullar va paketlarning nomlari
* Klasslar nomlari
* Noodatiy holatlar nomlari
* Global o`zgaruvchilarning nomlari
* Funksiyalarning nomlari
* Funksiya va metodlarning argumentlari
* Klasslar ekzemplyarlarining metodlari va o`zgaruvchilari uchun nomlar
* O`zgarmas (konstanta)lar
* Meroslashni loyihalashtirish

  • Umumiy tavsiyalar.




Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə