1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Tabulyatsiyami yoki bo`sh joy?



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə42/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Tabulyatsiyami yoki bo`sh joy?


Bo`sh joylar siljishlarning eng ma`qul usulidir.
Tabulyatsiyadan faqatgina xuddi shu tarzda (tabulyatsiyadan foydalanib) yozilgan kod bilan bir xillikni ta`minlash maqsadidagina foydalanish mumkin.
Python 3 siljishlarda tabulyatsiya va bo`sh joylardan bir vaqtning o`zida foydalanishni ta`qiqlaydi.
Python 2 tabulyatsiyani bo`sh joylarga aylantirishga harakat qiladi.
Agar siz Python2 interpretatorini buruq satri orqali -t parametru bilan birga ishga tushirsangiz, u siljishlarda aralash uslub qo`llanilgan bo`lsa, ogohlantirish (warnings)ni chiqaradi. Interpretatorni -tt parametri bilan ishga tushirganingizda esa, shu joylarda xatolik borligi haqida xabar hosil bo`ladi. Agar siz Python2 dan foydalanadigan bo`lsangiz, uchbu parametrlardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Qatorning maksimal uzunligi


Qator uzunligini eng ko`pi bilan 79 tadan oshirmang.
Tuzilmaviy cheklashlari ozroq bo`lgan uzunroq matnli bloklar uchun esa (hujjatlashtirish satrlari yoki izohlar uchun) satr uzunligini 72 tadan oshirmaslik tavsiya etiladi.
Muharrir oynasining zarur kengligini cheklash imkoniyati bir nechta ochiq fayllarni yonma-yon joylashtirishga imkon beradi hamda yonma-yon ustunlarda ikki xil variantni ko`rsatib turuvchi kod tahlili vositalarini qo`llanilganda yaxshi natija beradi.
Ba`zi jamoalar satrlarining uzunroq bo`lishini ma`qul ko`radilar. Ushbu uzunlikdagi kodni qo`llab-quvvatlaydigan jamoa bu masalada alohida kelishuvga kelishlari mumkin, bunda izohlar va hujjatlashtirish satrlari hali ham 72 tadan oshmasligi sharti bilan boshqa satrlar uzunligini 80 tadan 100 tagacha (aslida esa maksimal uzunlikni 99 tagacha) oshirish oddiy holdir.
Pythonning standart kutubxonasi bu masalada konservativ bo`lib, satr uzunligini 79tadan hamda izohlar va hujjatlashtirish satrlarining 72 tadan oshirilmasligini talab qiladi. Satrlarning keyingi satrga o`tkazilishi uchun eng ma`qul usul – bu Python satrlarining dumaloq, kvadrat va figurali qavslari ichidagi nazarda tutilgan ko`chirishlaridan foydalanish usulidir. Uzun satrlar qavslar ichiga olingan bir nechta satrlarga bo`lib yozilishi mumkin. Bu usul satrni davom ettirish uchun teskari egri chiziq (teskari slesh) dan foydalanish usulidan ko`ra afzalroqdir.
Teskari egri chiziqdan ham ba`zida foydalanish mumkin. Masalan with konstruksiyasi uzun bo`lganda u aniq bo`lmagan satr ko`chirishlardan foydalana olmaydi. Mana shunday hollarda teskari sleshdan foydalanish usulini qo`llash mumkin:

with open('/path/to/some/file/you/want/to/read') as file_1, \
open('/path/to/some/file/being/written', 'w') as file_2:
file_2.write(file_1.read())

Yana bir holat – assert.


Ko`chirilgan satrlar uchun to`g`ri siljishlarni o`rnating. Satr ko`chirishni mantiqiy operatorlardan oldin emas, keyin amalga oshirish ma`qulroqdir. Masalan:



class Rectangle(Blob):

def __init__(self, width, height,


color='black', emphasis=None, highlight=0):
if (width == 0 and height == 0 and
color == 'red' and emphasis == 'strong' or
highlight > 100):
raise ValueError("sorry, you lose")
if width == 0 and height == 0 and (color == 'red' or
emphasis is None):
raise ValueError("I don't think so -- values are %s, %s" %
(width, height))
Blob.__init__(self, width, height,
color, emphasis, highlight)



Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə