1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Global o`zgaruvchilarning nomlari



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə50/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Global o`zgaruvchilarning nomlari


Global o`zgaruvchilar faqatgina bitta modul ichida qo`llainladi deb umid qilamiz. Funksiyalarning nomlari uchun qo`llaniladigan kelishuvlarga amal qiling.
Global o`zgaruvchilarning eksport qilinishining oldini olish maqsadida ulardan from M import * shaklida foydalanishga mo`ljallangan modullarga __all__ mexanizmini ham qo`shing. Yoki bunday global o`zgaruvchilarning nomlari oldida bitta tagchiziqni qo`shgan holda eski kelishuvga amal qiling(Bu yerda siz faqat modul ichida qo`llaniladigan global o`zgaruvcihlarni belshingiz mumkin).

Funksiyalarning nomlari


Funksiyalarning nomlari kichik harflardan iborat bo`lishlari kerak, so`zlar esa tagchiziq bilan ajratilishi kerak – bu kodni o`qish va tushunishni osonlashtirish uchun zarur.
mixedCase uslubi shu uslub oldindan qo`llanilib kelinayotgan holatlarda qaytar moslikni ta`minlash maqsadida qo`llanilishi mumkin.

Funksiya va metodlarning argumentlari


Ob`yekt ekzemplyari (nusxasi) metodining birinchi argumenti sifatida har doim self dan foydalaning.
Klass metodining birinchi argumenti sifatida esa har doim cls dan foydalaning.
Agar argumentning nomi pyhtonning zahiralangan kalit so`zi bilan bir xil bo`lib qolsa, so`zni xato yozish yoki abbreviaturalardan foydalangandan ko`ra, odatda eng ma`qul usul – nomning oxirida tagchiziq qo`shishdan iborat. Shunday qilib, class_ ko`rinishi clss dan ko`ra yaxshiroq(Balki biror sinonimni izlab topish ham yaxshi usul bo`lar).

Klasslar ekzemplyarlarining metodlari va o`zgaruvchilari uchun nomlar


Funksiyalar nomlari uchun qo`llanilgan uslubdan foydalaning: nomlar kichik harflardan tashkil topishi kerak, so`zlar esa o`zaro tagchiziq bilan ajratiladi.
Ommaviy bo`lmagan metod va atributlar nomlaridan oldinda bitta tagchiziqdan foydalaning.
Nomlarning klass ostilar bilan bir xil bo`lib qolmasligi uchun nom oldida ikkitalik tagchiziqlardan foydalaning.
Python bu nomlarga o`zgartirish kiritishi mumkin: Agar Foo klassi __a nomli atributga ega bo`lsa, unga Foo.__a kabi murojaat qilib bo`lmaydi(o`jarroq foydalanuvchimiz Foo._Foo.__a tarzida baribir murojaatni tashkil qilishi mumkin). Umuman olganda nom boshidagi ikkitalik tagchiziq faqatgina nomlarning meroslashga mo`ljallangan klass atributlari bilna bir xil bo`lib qolmasligi maqsadida ishlatilishi kerak.
Qo`shimcha: __ nomlardan foydalanish bo`yicha ba`zi kelishmovchiliklar mavjud.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə