1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Ob`yektga mo`ljallangan dasturlash. Umumiy tushunchalar



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə58/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Ob`yektga mo`ljallangan dasturlash. Umumiy tushunchalar


Endigi bobimizda biz siz bilan ob`yektga mo`ljallangan dasturlash hamda uning pyhtonda qo`llanilishi haqida so`z yuritamiz.
Ob`yektga mo`ljallangan dasturlash (OMD) – dasturlashning shunday yo`nalishiki, unda asosy konsepsiyalar bu ob`yekt va klasslar tushunchalaridir.
Klass – ob`yektning tuzilishini tavsiflovchi tipdir. Ob`yekt – bu klassning ekzeplyari (nusxasi). Klassni ob`yektlarni yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladigan chizmaga qiyoslash mumkin.
Python ob`yektga mo`ljallangan dasturlash asoslari prinsiplariga javob beradi. Pythonda hamma narsa – satrlar ham, ro`yxatlar ham, lug`atlar va barcha boshqa elemetlar ham ob`yektlar bo`lib hisoblanadi.
Lekin Pythonning OMD imkoniyatlari bu bilan cheklanib qolmaydi. Dasturchi o`zining shaxsiy ma`lumotlar tipi (klass)ni yaratishi hamda unda o`zining metodlarini belgilashi ham mumkin.
Bu majburiy emas, biz mavjud, tarkibiy ob`yektlardangina foydalanishimiz ham mumkin.Lekin OMD biror dastur mahsulotini ko`pchilik tomonidan davomiy ishlanishida juda foydali bo`lib, kodni aniqroq tushunishni osonlashtiradi.
Keling, endi Pythonda o`zimizning shaxsiy klasslarimizni yaratishni boshlaymiz. O`z shaxsiy klassimizni tavsiflashni ko`raylik:

>>> # Eng oddiy klassga misol
... class A:
... pass

Endi esa bu klassning bir nechta ekzemplyarlarini yaratishimiz mumkin:



>>> a = A()
>>> b = A()
>>> a.arg = 1 # a ekzemplyarning qiymati 1 ga teng bo`lgan arg atributi paydo bo`ldi
>>> b.arg = 2 # b ekzemplyarning qiymati 2 ga teng bo`lgan arg atributi paydo bo`ldi >>> print(a.arg)
1

Klass uchun shaxsiy metodlarini ham yaratish mumkin:



>>> class A:
... def g(self): # self – O`zida klass ekzemplyarini saqlovchi majburiy argument
... # u metodni chaqirilganda uzatiladi
... # Shuning uchun bu argument klassning barcha metodlarida
... # albatta bo`lishi zarur
... return 'hello world'
...
>>> a = A()
>>> a.g()
'hello world'

Va oxirida yana bir misol:



>>> class B:
... arg = 'Python' # Bu klassning barcha atributlari qiymati “Python”ga
... # teng bo`lgan arg atributiga ega bo`ladi
... # Lekin keyinchalik biz uni o`zgartirishimiz ham mumkin
... def g(self):
... return self.arg
...
>>> b = B()
>>> b.g()
'Python'
>>> B.g(b)
'Python'
>>> b.arg = 'spam'
>>> b.g()
'spam'

29-bob


Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə