1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Pythonda o`z shaxsiy modulingizni yaratish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə57/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Pythonda o`z shaxsiy modulingizni yaratish


Endi esa, o`zimizning shaxsiy modulimizni yaratish vaqti keldi. mymodule.py faylini yaratamiz va uning tarkibida biror-bir funksiyani tavsiflaymiz:

def hello():
print('Hello, world!')
def fib(n):
a = b = 1
for i in range(n - 2):
a, b = b, a + b
return b

Endi shu papkaning o`zida yana boshqa bir fayl, masalan, main.py yaratamiz:



import mymodule
mymodule.hello()
print(mymodule.fib(10))

Natija:


Hello, world!
55

Tabriklayman!. Siz o`z shaxsiy modulingizni yaratdingiz!


Endi esa modullar bilan bog`liq ba`zi savollarga javob beramiz:
Modulni qanday nomlash kerak?
Qiz yoki boshqalar bu modulni import qilib, o`zgaruvchi sifatida foydalanishlarini esingizda saqlang. Modulni kalit so`zlar bilan bir xil nomlash mumkin emas. Bundan tashqari modullarning nomlarini raqamlardan boshlash mumkin emas. Yana modullarni qaysidir tarkibiy funksiyalar bilan bir xilda nomlash ham yaramaydi. Albatta, mumkin, lekin uning keyingi qo`llanishlarida juda katta noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.


Modulni qayerda joylashtirish kerak?
Uni keyin izlab topish oson bo`lgan joyga. Modullarni izlash yo`llari sys.path o`zgaruvchisida ko`rsatib o`tilgan bo`ladi. Unga joriy papka (ya`ni modulni asosiy dasturingiz bilan bir papkada ham qoldirish mumkin) hamda python o`rnatilgan papkalar kiritilgan bo`ladi.Bundan tqahqari sys.path o`zgaruvchisini mustaqil o`zgartirishingiz ham mumkin. Bu esa, modulingizni siz uchun qulay bo`lgan har qanday joyga o`rnatish imkonini beradi(asosiysi dasturingizda sys.path ga tegishli o`zgartirishlarni kiritishni unutmaslik kerak).


Moduldan mustaqil dastur sifatida foydalanish mumkinmi?
Mumkin. Lekin shuni yodda saqlash lozimki, modilni import qilinganda, uning tarkibi to`liq bajariladi, ya`ni, agar dasturda nimanidir chiqarish buyurilgan bo`lsa, uni import qilinganda bu narsa chiqariladi. Buning oldini olish uchun script dastur sifatida ishga tushirilganmi yoki import qilinganligini tekshirish kerak bo`ladi. Buni har qanday dasturda tavsiflangan __name__ o`zgaruvchisi yordamida amalga oshirish mumkin. U skript asosiy dastur sifatida ishga tushirilgan bo`lsa “__main__” ga, aks holda esa, import qilinganda, nomiga teng bo`ladi. Masalan mymodule.py quyidagicha ko`rinishda bo`lishi mumkin:

def hello():
print('Hello, world!')
def fib(n):
a = b = 1
for i in range(n - 2):
a, b = b, a + b
return b

if __name__ == "__main__":


hello()
for i in range(10):
print(fib(i))

28-bob


Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə