Belgilashlar (psevdonim)larni qo`llash
Agar modulning nomi juda ham uzun bo`lsa, yoki u qandaydir boshqa sabablarga ko`ra sizga yoqmasa, as kalit so`zi yordamida uning uchun belgilash (psevdonim) yaratish mumkin.
>>> import math as m
>>> m.e
2.718281828459045
Endi math modulining har bir atributlariga murojaat faqatgina m o`zgaruvchisi orqali amalga oshiriladi. math o`zgaruvchisi esa, endi bu dasturda bo`lmaydi (albatta, siz import math deb qaytadan yozmasangiz. Bu holda modulga ham m ham meth nomlari bilan murojaat qilish mumkin bo`ladi).
from instruksiyasi
Modulning ma`lum bir atributlarini bog`lash uchun from instruksiyasi qo`llaniladi. Uning bir necha xil shakllari mavjud:
from import <1-atribut> [ as ], [<2-atribut> [ as
→ ] ...]
from import *
>>> from math import e, ceil as c
>>> e
2.718281828459045
>>> c(4.6)
5
Birinchi shakli moduldan faqat siz ko`rsatgan modullarni bog`lash imkoniyatini beradi. Uzun nomlar uchun as so`zidan keyin psevdonimni ko`rsatib, tayinlash mumkin.
Agar import qilinayotgan atributlar soni ko`p bo`lsa, kodni o`qish va tushunishni osonlashtirish maqsadida ularni bir nechta satrlarda joylashtirish mumkin
>>> from math import (sin, cos,
... tan, atan)
From instruksiyasining ikkinchi shakli moduldagi (deyarli) barcha o`zgaruvchilarini bog`lash imkoniyatini beradi. Misol uchun sys modulidagi barcha atributlarni import qilamiz:
>>> from sys import *
>>> version
'3.3.2 (v3.3.2:d047928ae3f6, May 16 2013, 00:03:43) [MSC v.1600 32 bit (Intel)]'
>>> version_info
sys.version_info(major=3, minor=3, micro=2, releaselevel='final', serial=0)
Bu yerda shuni aytish kerakki, barcha atributlar import qilinmaydi. Agar modulda __all__ o`zgaruvchisi (bog`lanishi mumkin bo`lgan atributlar ro`yxati) mavjud bo`lsa, faqatgina shu ro`yxatdagi atributlar bog`lanadi.Agar __all__ o`zgaruvchisi mavjud bo`lmasa, u holda, tagchiziqdan boshlanmaydigan barcha atributlar bog`lanadi. Bundan tashqari modul tarkibidagi barcha atributlarning import qilinishi asosiy dasturning nomlari muhitini buzishi mumkin, chunki bir xil nomga ega bo`lgan o`zgaruvchilar qaytadan yozilib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |