1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Tavsiflash: nomlar uslublari



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə48/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Tavsiflash: nomlar uslublari


Bir qancha bir-biridan farqli uslublar mavjud. Keling bu uslublar bilan sizni tanishtirib chiqamiz. Natijada siz foydalanilayotgan uslubning nima maqsadda foydalanilayotganligidan qat`iy nazar tanib olishingiz oson bo`ladi.
Odatda quyidagi uslublar farqlanadi:

  • b (bittalik kichik harf)

  • B (Bittalik bosh harf)

  • lowercase (kichik registrdagi so`z)

  • lower_case_with_underscores (tag chiziqlar bilan kichik harfli so`zlar)

  • UPPERCASE (bosh harflar)

  • UPPERCASE_WITH_UNDERSCORES (tag chiziqlar bilan bosh harflardan iborat so`zlar)

  • CapitalizedWords (Bosh harfli so`zlar yoki CapWords yoki CamelCase). Ko`rsatma: Siz ushbu uslubda abbreveaturalardan foydalanadigan bo`lsangiz, bu abbreveaturadagi barcha harflarni bosh harflar bilan yozing. Ya`ni, HttpServerError dan ko`ra HTTPServerError ma`qulroq.

  • mixedCase (CapitalizedWords dan birinchi harfi kichik harfligi bilan farq qiladi)

  • Capitalized_Words_With_Underscores (Bosh harflar bilan boshlanadigan so`zlar va tagchiziqlar – unchalik chiroyli emas)

Bundan tashqari yana shunday uslub ham borki, unda bir mantiqiy guruhga tegishli nomlarni bitta umumiy prefiks nomi bilan ajratish amalga oshiriladi. Bu uslub pythonda kamdan-kam qo`llanilsada, biz berilayotgan ma`lumotimizning to`liq bo`lishi maqsadida uni ham ko`rsatib o`tishimiz kerak. Masalan: os.stat() funksiyasi nomlari odatiy st_mode, st_size, st_mtime va h.k. bo`lgan kortejni qaytaradi (Bunday qilinishidan maqsad – bu maydonlarning POSIX tizimli so`rovlar strukturasiga mos kelishini ko`rsatish bo`lib, bu holat u bilan tanish dasturchilarga qulaylik tug`diradi).
X11 kutubxonasida barcha public-funksiyalar uchun X prefiksi qo`llaniladi. Pythonda bunday uslub ortiqcha sanaladi, chunki, metodlarning maydon va nomlaridan oldinda ob`yektning nomi turadi, funksiyalarning nomlari oldida esa modul nomi turadi.
Bularga qo`shimcha tarzda nomining boshlanishi yoki oxirida tagchiziq belgisini qo`shib yozilishining quyidagicha maxsus shakllari mavjud:

  • _single_leading_underscore: nom ichki ehtiyojlar uchun ishlatilishining kuchsiz belgisi. Masalan: fromM import * buyrug`i nomi tagchiziqdan boshlanadigan ob`yektlarni import qilmaydi.

  • Single_trailing_underscore_ : kelishuvga binoan python tilining kalit sozlari bilan yuzaga kelishi mumkinbo`lgan qarama-qarshiliklarning oldini olish maqsadida qo`llaniladi. Masalan:


Tkinter.Toplevel(master, class_='ClassName')



  • __double_leading_underscore :klas atributining nomini o`zgartiradi, ya`ni, FooBar klassidagi __boo maydoni _Foobar__boo bo`ladi.

  • __double_leading_and_trailing_underscore__ (nomning boshlanishi va oxirida ikkitalik tagchiziq): Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan nomlar ichidagi sirli metodlar va atributlar. Masalan: __init__, __import__ yoki __file__ . Bunaqa nomlarni o`zingiz ixtiro qilmang. Ulardan faqatgina hujjatlashtiish ma`lumotlarida keltirilgan ko`rinishda foydalaning.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə