1. Rul boshqarmasining kоnstruktsiyalаri vа ulаrga qo´yilаdigаn tаlаblаr



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix17.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#149828
1   2   3   4   5   6
lecture 9

rul boshqarmasi
deb ataladi. 
Rul boshqarmasi rul mexanizmi bilan rul yuritmasidan tashkil topgan 
bo´lib, ularning umumiy tuzilishi 2-rasmda keltirilgan.
 
Boshqariladigan har bir g´ildirak burilish sapfasiga o´rnatilgan, u esa old 
ko´prik balkasiga shkvoren bilan biriktirilgan. 
Shkvoren balkaga qo´zg´almas qilib mahkamlangan va uning yuqori va 
pastki uchlari burilish sapfasining teshikchalariga kirib turadi. Richag sapfani 
burganda, u boshqariluvchi g´ildirak bilan birga shkvoren atrofida buriladi. 
Burilish sapfalari bir-biri bilan richaglar hamda ko´ndalang tortqi 
yordamida ulangan. Shuning uchun boshqariluvchi g´ildiraklar birgalikda bir 
vaqtda buriladi. 
Boshqariluvchi g´ildiraklarni burish haydovchi tomonidan rul 
chambaragini aylantirisji bilan amalga oshiriladi. 
Rul chambaragini aylantirish natijasida val aylanib, chervakni va u o´z 
navbatida sektorni harakatga keltiradi. Sektor valiga soshka mahkamlangan, u 
bo´ylama tortqi va richag orqali burilish sapfasini boshqariluvchi g´ildiraklar bilan 
birga buradi. 
Rul chambaragi, val chervak va sektor birgalikda rul mexanizmini tashkil 
etadi va u haydovchining rul chambaragiga qo´ygan momentini boshqariluvchi 
g´ildiraklarni burish uchun oshirib beradi. 


Soshka, bo´ylama tortqi, burilish sapfalarining richaglari va ko´ndalang 
tortqi rul yuritmasini tashkil etadi, bu uzatma soshkaga uzatilgan kuchni
boshqariluvchi g´ildiraklarni burovchi sapfaga uzatadi. 
Ko´ndalang tortqi richaglar boshqariluvchi g´ildiraklarning burilish 
burchaklarini muvofiqlashtiruvchi rul trapetsiyasini hosil qiladi. Rul chambaragi 
transport harakati yo´nalishiga muvofiq ravishda avtomobil kabinasi yoki yengil 
avtomobil kuzovi ichida o´ng va chap tomonga o´rnatilishi mumkin. Bizning 
mamlakatda va boshqa ko´pgina mamlakatlarda o´ng tomonlama harakat qoidasi 
joriy etilganligi sababli rul chambaragi ro´baro kelayotgan transportni yaxshi 
ko´rishi uchun chap tomonga o´rnatilgan. 
Rul mexanizmi orqali momentning orttirilishi, uzatmalar soniga bog´liq 
bo´lib, u rul chambaragi burilish burchagining soshkaning burilish burchagiga 
bo´lgan nisbati bilan baholanadi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə