1. Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari


VII. Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish



Yüklə 177,07 Kb.
səhifə19/20
tarix19.12.2023
ölçüsü177,07 Kb.
#153243
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
.Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari

VII. Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish

1.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini iste’mol qilish ulushi (%)

24,0

35,0

2.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” standartiga muvofiq sertifikatlangan mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilar ulushi (%)

6,0

40,0

3.

Mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlari eksporti ulushi (%)

-

10,0

VIII. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “elektron sog‘liqni saqlash”ni keng joriy etish

1.

Tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy va farmatsevtika tashkilotlarini kompyuter va ofis uskunalari bilan ta’minlash

20,0

100

2.

Lokal tarmoq, Internet tarmog‘ining mavjudligi

15,0

100

3.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kompyuter savodxonligi

38,0

100

4.

Elektron hujjat aylanishini amalga oshiruvchi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari soni (%)

10,0

100

5.

Bemorlarni ro‘yxatga olishning elektron tizimi to‘liq joriy etilgan davlat tibbiyot muassasalarining foizi

10,0

100

IX. Tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek tibbiyot fanini rivojlantirish

1.

Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditlangan ta’lim dasturlarining foizi

0

50,0

2.

Xalqaro standartlar inobatga olingan holda isloh qilingan Oliy tibbiy ta’limning diplomoldi dasturlari foizi

50,0

90,0

3.

Xalqaro standartlar inobatga olingan holda isloh qilingan ixtisoslashtirilgan tibbiy ta’limning diplomdan keyingi dasturlari foizi

50,0

90,0

4.

Tibbiyot hamshiralari uchun xalqaro standartlarga muvofiq yangilangan (isloh qilingan) o‘quv tibbiyot ta’lim muassasalari foizi

50,0

90,0

5.

Farmatsevtlar uchun xalqaro standartlarga muvofiq yangilangan (isloh qilingan) tibbiyot dasturlari foizi

40,0

80,0

6.

Meditsina va farmatsevtika fani yutuqlarini amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etish foizi

45,0

70,0

7.

Ilmiy-tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish (qo‘shma grantlar soni)

4,0

15,0

8.

Tibbiyot tashkilotlari xodimlarining ilmiy salohiyati foizi

35,0

50

9.

Meditsina va farmatsevtika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etuvchi klinika va laboratoriyalarga ega Oliy tibbiyot ta’lim muassasalari

72,0

100


1

XULOSA
Keyingi yillarda Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishildi.
O‘tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi hamda aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i takomillashtirilmoqda.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qator maqsadli milliy dasturlar amalga oshirildi. Bolalarning irsiy va tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi.
Natijada 1991 — 2017-yillarda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi 20 foizga, onalar va chaqaloqlar o‘limi 3,1 barobar kamaydi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1995-yilga nisbatan 4,6 yilga oshdi va bugungi kunda 73,7 yilni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasi faoliyatini tashkil etishda so‘nggi yillarda to‘planib qolgan tizimli kamchilik va muammolar fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni samarali hal etishga to‘sqinlik qilmoqda. 
Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va yaxshilash imkonini beradigan sifatli sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish, sog‘lom avlod tarbiyasi uchun shart-sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Mamlakatimizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta’minlandi, BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishildi.
Mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash sohasida mamlakatimiz erishgan yutuqlarga xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baho berildi. Masalan, aholining umr ko‘rishi 4,6 yoshga — 1995-yildagi 69,1 yoshdan 2017-yilda 73,7 yoshga oshdi.
Onalar o‘limi ko‘rsatkichi 3,1 baravarga kamayib, 100 ming nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 21 ta holatni tashkil etdi, chaqaloqlar o‘limi esa 3,1 baravarga kamayib, 1000 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 11,5 ta holatni tashkil etdi. Bolalarda eng ko‘p uchraydigan kasalliklarga qarshi emlash va profilaktika tadbirlari bilan qamrab olish darajasi 96 — 98 foizda qat’iy saqlanib turibdi.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks profilaktika, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarining joriy etilishi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (o‘lat, vabo), poliomiyelit, difteriya, chaqaloqlar qoqsholi, mahalliy kelib chiqqan bezgak, qizamiq va qizilcha yuzaga kelishidan to‘liq himoya qilish imkonini berdi. Poliomiyelitning yovvoyi shtammi (2002-yil), qizamiq va qizilcha (2017-yil), bezgak (2018-yil) yo‘q qilinganligi to‘g‘risida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sertifikatlari olindi.
Bugungi kunga qadar majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratilmagan. Natijada hanuzgacha sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish asosan budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda. Respublikada tibbiyot xizmatlarining klinik tavsiyalari (bayonnomalari) va standartlari bilan uzviy bog‘liq klinik-xarajat guruhlari (DRG tizimi) ishlab chiqilmagan.
Sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inining profilaktika, patronaj va o‘z vaqtida davolash-tashxis qo‘yish ishlari, shu jumladan ambulatoriyada davolashni oxirigacha yetkazish samaradorligi qoniqarsizligicha qolmoqda. Buning natijasida aholi sog‘lig‘ini saqlash tizimida qimmat turadigan statsionar yordam asosiy o‘rinni egallamoqda.
Aholiga, ayniqsa bolalar va fertil yoshidagi ayollarga patronaj xizmati darajasi past ekanligi (72 — 77%) qayd etilmoqda, umumiy amaliyot shifokorlarining bilim va ko‘nikmalari darajasi onalar va bolalarga tibbiy yordamni to‘liq hajmda ta’minlash imkonini bermayapti.
Sog‘liqni saqlashning jadal rivojlanayotgan xususiy sektorini davlat tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlikka faol jalb qilishga g‘ov bo‘layotgan to‘siqlar qo‘shimcha moliya resurslaridan sog‘liqni saqlash uchun samarali foydalanish imkonini bermayapti.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari ekstensiv tarzda rivojlanmoqda, u erda tibbiyot fanlari doktorlarining 70 foizi ishlasada, ularning salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti. ixtisoslashgan markazlarning innovatsion salohiyati pastligi sharoitida tibbiyot amaliyotining ta’lim berish jarayoni va ilm-fan bilan sust integratsiyalashganligi tibbiyotning ilg‘or yutuqlarini davolash-tashxis jarayoniga joriy etish qoniqarsiz darajada ekanidan darak bermoqda.



Yüklə 177,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə