1. Tashqi signallar sezish organlari retsepsiyasi. Fotoretsepsiya, ko’rish hujayralari tuzilishi


Muskul – harakat sezgilari, statik sezgilar



Yüklə 137,36 Kb.
səhifə6/6
tarix22.03.2024
ölçüsü137,36 Kb.
#181852
1   2   3   4   5   6
1. Tashqi signallar sezish organlari retsepsiyasi. Fotoretsepsiy

Muskul – harakat sezgilari, statik sezgilar
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga og‘irlikni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari–gavda muskullari, paylar, bo‘g‘imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning ta’sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
Muskul – harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta’sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi.
Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo‘ladi, sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan.
Organik sezgilar
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda, qizilo‘ngach, me’da, ichak, qon tomirlari, o‘pka va shu kabilarda joylashgan bo‘ladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining qo‘zg‘atuvchi-laridir.
Ularga quyidagilar kiradi;
a) Og‘riq sezgilar;
b) chanqoq sezgilari;
v) noxush tuyg‘ular;
g) ochlikni sezish.
Analizatorlar sezuvchanligining faoliyatdagi seskantiruvchilarga ko‘nikishining ta’siri ostida o‘zgarishi moslashish deb ataladi. Bunda umumiy qonuniyat quyidagidan iborat bo‘ladi: kuchli seskantiruvchilardan kuchsizlariga o‘tishda sezuvchanlik oshadi, kuchsizlardan kuchlilarga o‘tishda – kamayadi. Turli analizatorlar tizimlarining moslashish darajasi bir xilda bo‘lmaydi: yuqori moslashish taktil, haroratli, hid bilish va ko‘rish sezgilarida, zaif moslashish – eshitish va og‘riq sezgilarida kuzatiladi. Ularning orasidan hid bilish va taktil analizatorlar tez fursatda moslashadilar. Yod hidiga to‘liq moslashish bir daqiqadan so‘ng yuz beradi. uch soniyadan so‘ng bosim sezgisi seskantiruvchining 1/5 kuchini aks ettiradi. Qorong‘ilikka to‘liq moslashish uchun 45 daqiqa kerak bo‘ladi.
A.V.Petrovskiy tahririyati ostida chop etilgan darslikda moslashish hodisasining uch xil turi keltiriladi:  seskantiruvchining davomli ta’sirida sezgining to‘liq g‘oyib bo‘lishidagi moslashish; kuchli seskantiruvchi ta’siri ostida sezgining susayishidagi moslashish. Moslashishning bu ikki turini «salbiy moslashish» atamasi ostida birlashtiradilar, chunki buning natijasida analizatorlarning sezuvchanligi kamayadi; kuchsiz seskantiruvchi ta’sirida sezuvchanlikning oshishi ham moslashish deb ataladi. Moslashishning bu turi ijobiy moslashish hisoblanadi. Bu turga, masalan, qorong‘ilik ta’sirida ko‘rish analizatori sezuvchanligining oshishida kuzatiladigan qorong‘ilikka moslashish kiradi.
Moslashish hodisasini retseptor faoliyatida seskantiruvchining davomli ta’siri ostida sodir bo‘ladigan chetki o‘zgarishlar yordamida tushuntirish mumkin. Ma’lumki, yorug‘lik ta’sirida ko‘z to‘r pardasi tayoqchalaridagi ko‘rish to‘q qizil rangi o‘chib ketadi. Qorong‘ilikda esa, aksincha, qizil rang tiklanadi, bu sezuvchanlikni oshiradi.
Moslashish hodisasi analizatorlarning markaziy bo‘limlarida kechadigan jarayonlar yordamida ham tushuntiriladi. Uzoq vaqt davomidagi qo‘zg‘alish natijasida bosh miya po‘slog‘i sezuvchanlikni kamaytiradigan ichki himoya tormozlanishi kuzatiladi. Tormozlanishning rivojlanishi boshqa o‘choqlarning kuchli qo‘zg‘alishini keltirib chiqaradi, bu esa yangi sharoitlarda sezuvchanlikning oshishiga yordam beradi.
Moslashish maqsadga muvofiq bo‘lgan biologik ahamiyatga ega. U kuchsiz seskantiruvchilarni aks ettirishda qatnashadi va analizatorlarni kuchli seskantiruvchilar ta’siridan himoya qiladi.
Sezgilar jadalligi faqat seskantiruvchining kuchi va retseptor moslashishining darajasiga bog‘liq bo‘lmay, ma’lum vaqtda boshqa his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’sirlarga ham bog‘liqdir. Boshqa analizator faoliyati ta’sirida analizator sezuvchanligining o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro ta’siri  deb ataladi. Sezuvchanlikning o‘zgarishi analizatorlar o‘rtasidagi po‘stloq orqali aloqalari, yuqori darajada bir vaqtdagi induksiya qonuni bilan tushuntiriladi. I.P. Pavlov bo‘yicha, kuchsiz seskantiruvchi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida oson tarqaluvchi (irradirlovchi) qo‘zg‘alish jarayonini hosil qiladi. Qo‘zg‘alish jarayonining irradiatsiyasi natijasida boshqa analizatorning sezuvchanligi oshadi. Kuchli seskantiruvchi ta’sirida, aksincha, jamlanishga moyil bo‘lgan qo‘zg‘alish jarayoni yuzaga keladi. O‘zaro induksiya qonuniga ko‘ra, bu holat markaziy bo‘limlardagi boshqa analizatorlarning tormozlanishiga va sezuvchanligining pasayishiga olib keladi.
Sezgilarning o‘zaro ta’sir qonuniyati quyidagidan iborat: biror-bir analizatorlar tizimidagi kuchsiz seskantiruvchilar boshqa tizimning sezuvchanligini oshiradi, kuchli seskaniruvchilar esa kamaytiradi. Masalan, kuchsiz ta’m bilish (nordon) sezgilari ko‘rish sezuvchanligini oshiradi, eshitish va ko‘rish sezgilari o‘rtasida o‘zaro ta’sir kuzatiladi. Analizatorlarning o‘zaro ta’sirlashishi, hamda, muntazam mashqlar natijasida sezuvchanlikning oshishi sensibilizatsiya deb ataladi. A.R. Luriya sensibilizatsiya turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikki tomonini ajratib ko‘rsatadi. Birinchisi davomli, muttasil xususiyatli va organizmda ro‘y beradigan barqaror o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgani uchun ob’ektning yoshi aniq holatda sezuvchanlikning o‘zgarishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, his-tuyg‘u organlari sezuvchanligining kuchliligi yosh o‘tishi bilan oshib borib,  20-30 yoshlarda eng yuqori cho‘qqiga chiqadi, keyinchalik esa asta-sekin pasayib boradi. Sensibilizatsiya turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikkinchi tomoni vaqtinchalik xususiyatiga ega bo‘lib, fiziologik, shuningdek, sub’ekt holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi favqulotda psixologik ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi.
Sezgilarning o‘zaro ta’sirlashuvida sinesteziya, ya’ni, qo‘zg‘alish ta’sirida boshqa analizatorlarga xos bo‘lgan bir xil sezgi analizatorining hosil bo‘lishi kabi holat ham kuzatiladi. Masalan, odamda tovushlar ta’siri ostida rangli sezgilar hosil bo‘lishi mumkin, ba’zi ranglar uyg‘unligi esa o‘z navbatida harorat sezuvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi. Hammaga ma’lumki, baland tovushlarni «yorqin» ranglar bilan, pastlarini esa «to‘q» ranglar bilan baholaymiz.
Sinesteziya sezgilarning his-tuyg‘u ohangini kuchaytiradi. Sinesteziya
hodisasi barcha  modalliklarga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash lozimki, sinesteziya individual tarzda ifodalanadi. Sinesteziyaga yorqin qobiliyati bor odamlar mavjud, boshqalarda esa u umuman kuzatilmaydi. A.R. Luriya o‘zining asarida bayon etilgan mashhur mnemonist Sh.Ni mufassal o‘rganib chiqqan. Bu odamda sinesteziya o‘ta yaqqol ifodalanadi. U barcha ovozlarni bo‘yalgan holda ko‘rgan, va ko‘p hollarda unga murojaat qilgan odamning ovozi, masalan, «sariq rangda va sochiluvchan» deb ta’riflagan. Eshitilgan ohanglar unda turli ranglardagi (och sariq rangdan binafsha rangigacha) ko‘rish sezgilarini uyg‘otgan. Idrok etiladigan ranglar u tomonidan «jarangdor» yoki «bo‘g‘iq», «sho‘r» yoki «karsillagan» tovushlar sifatida his etilgan. SHunday qilib, sinesteziya hodisasi – inson organizmi analizatorlar tizimining muntazam ravishda o‘zaro aloqada bo‘lishidan, ob’ektiv olamni hissiy aks ettirishning yaxlitliligidan dalolat beradi. Fotobiologiya biologik tizimlarga nur kvanti – hv va ultrabinafsha nurlar ta’sirining molekulyar mexanizmlarini o‘rganadi. Bu jarayonlar asosida fotokimyoviy reaksiyalar yotib, nur kvantining yutilishi bilan boshlanuvchi va turli xil biokimyoviy, fiziologik va umumbiologik effektlar bilan tugallanuvchi murakkab zanjir holidagi reaksiyalar kompleksidan iborat. Fotobiologik jarayonlarda umumiy holda muhim biologik birikmalar sintezlanadi. Bunday jarayonlarga yuksak o‘simliklar, ba’zi bakteriyalar va suv o‘tlarida kechuvchi fotosintez misol bo‘ladi. Fotosintez yuqori darajada ixtisoslashgan strukturalar- xloroplastlarda amalga oshadi. Fotosintezdan tashqari nur kvanti holida olingan informatsiya ta’siridan kelib chiquvchi biologik ritmlar ham organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega.
Fotobiologiya biologik tizimlarga nur kvanti – hv va ultrabinafsha nurlar ta’sirining molekulyar mexanizmlarini o‘rganadi. Bu jarayonlar asosida fotokimyoviy reaksiyalar yotib, nur kvantining yutilishi bilan boshlanuvchi va turli xil biokimyoviy, fiziologik va umumbiologik effektlar bilan tugallanuvchi murakkab zanjir holidagi reaksiyalar kompleksidan iborat. Fotobiologik jarayonlarda umumiy holda muhim biologik birikmalar sintezlanadi. Bunday jarayonlarga yuksak o‘simliklar, ba’zi bakteriyalar va suv o‘tlarida kechuvchi fotosintez misol bo‘ladi. Fotosintez yuqori darajada ixtisoslashgan strukturalar- xloroplastlarda amalga oshadi. Fotosintezdan tashqari nur kvanti holida olingan informatsiya ta’siridan kelib chiquvchi biologik ritmlar ham organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega
Fotobiologiya, shuningdek, ultrabinafsha, infraqizil va boshqa nurlar ta’sirida tirik tizimlarda yuz beradigan buzilishlarning molekulyar mexanizmlarini ham o‘rganadi. Yirik porsiya holidagi nur kvanti yoki qisqa to‘lqin uzunligidagi ultrabinafsha nurlar tirik organizmda nuklein kislotalar, oqsillar kabi muhim genetik-informatsion, struktura va fermentativ funksiyalarga ega bo‘lgan makromolekulalarga ta’sir etib, turli xil mutatsiyalar va jiddiy funksional izdan chiqishlarni keltirib chiqaradi. Ultrabinafsha nurlar organizmning genetik tizimida DNK darajasida komplementarlikni buzish xususiyatiga ega. Fotobiologiya ultrabinafsha va ko‘rinuvchi nurlar energiyasining yutilishi evaziga biomolekulalarda sodir bo‘ladigan elektronli qo‘zg‘alish holatlari va ularga bog‘liq holda amalga oshadigan fotofizikaviy hamda fotokimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganish bilan cheklanadi. Nur kvanti molekula yoki atomga yutilganda tashqi pog‘onadagi elektronlar qo‘zg‘algan holatga kelib, S1 – singlet holatdan S*- singlet holatga o‘tadi va buni quyidagicha ifodalash mumkin:
S1 ( S*
S* ( S0
T1 ( S0
Bunda T1 -triplet elektron spinlarining parallel joylashish holati hisoblanadi, S* ( S 0 holat nur kvanti holida yutilgan energiyaning bir qismi fluoressensiya ko‘rinishida sochilishini ifodalaydi va bu 10-8-10-9 sek davom etadi. Elektron qo‘zg‘alishi asosiy energiyasi keyingi zanjiriy jarayonlarga uzatilib, kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantiriladi. T1 ( S 0 holatdagi o‘tish fosforessensiya deyiladi. Fluoretsensiya spektrining shakli va kvant chiqishi qo‘zg‘atuvchi nur to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lmaydi. CHunki fluoressensiya nurlanishi har doim qo‘zg‘algan holatning eng past satxidan boshlanadi va quyidagicha ifodalanadi:
q = n/N
q – kvant chiqishi, n- chiqariladigan kvantlar soni, N- yutilgan kvantlar soni.
Stoks qonuniga ko‘ra, fluoressensiya maksimumi molekula yutish maksimumiga nisbatan uzunroq to‘lqin sohasida bo‘ladi. CHunki yutilgan energiya bir qismi issiqlikka aylanadi. Energiya migratsiyasi qo‘zg‘algan molekulalarning S1, T1 satxlarida amalga oshib, nurlanishsiz- V va kinetik to‘qnashuvlarsiz –S, issiqlikka aylanmasdan uzatishlardan iborat bo‘lib, umumiy tarzda quyidagicha ifodalanadi:
V + nur kvanti ( V*
V* + S ( S* +V
Bu jarayon molekula ichida yoki molekulalararo kechadi. V va S uzatilishning aylanma-rezonans yo‘lida energiya jihatidan farqlanuvchi elektronlar almashinadi. Induktiv rezonans yo‘lida esa molekulalararo masofa ancha katta (2-10 nm) holatda qo‘zg‘algan V* va S molekulalarning rezonansli ta’sirlashishi amalga oshadi. Eksiston yo‘li kristall strukturalarda uchrab, qo‘zg‘algan elektronning boshqa molekulaga o‘tishida fazoviy yaqin molekulalar guruhining birgalikda qo‘zg‘alishi ro‘y beradi.
Qo‘zg‘algan molekula reaksiyaga oson kirishib, ushbu reaksiyalar quyidagicha guruhlanadi:
1. Fotolyuminessensiya
2. Fotooksidlanish
3. Qayta guruhlanish va izomerlanish
4. Fotokimyoviy parchalanish.
Fotolyuminitsensiya modda tomonidan yutilgan nur kvanti bir qismining nurlanish tarzida sochilishini ifodalaydi.
YOrug‘lik oqimining yutilishi Buger- Lambert qonuni va Ber qonuni asosida boradi. Buger- Lambert qonuniga ko‘ra bir jinsli rangli muhitning o‘zgarmas qalinlikka ega har bir yupqa qatlami undan o‘tadigan monoxromatik nurning faqat ma’lum bir qisminigina yutadi.
Ber qonuni bo‘yicha berilgan yupqa qatlam tomonidan yutiladigan nur intensivligi yutuvchi molekulalar konsentratsiyasiga proporsionaldir. Ushbu qonunlarning yig‘indisi quyidagicha ifodalanib, Buger- Lambert- Ber qonuni deb ataladi:
(I / I = Ec(x
E – yutilish koeffitsienti, s – konsentratsiya, (x – yutuvchi qatlam qalinligi.
Agar ( x – yutuvchi qatlam qalinligi = 1 deb olinsa,
ln I / I0 = - E cl
yoki
I/I0 = l –Ecl = T
Bu erda I / I0 - nisbat yutuvchi qatlamdan o‘tgan nur intensivligi I ning yutuvchi qatlamga tushgan nur intensivligi I0 ga bo‘lgan nisbati – o‘tkazuvchanligi (T):
E ( s1 = lg1/T = D
D – bu erda optik zichlik.
Energiya nuqtai nazardan, fotobiologik reaksiyalar ikki gruppaga bo‘linadi: fotobiologik reaksiyalar natijasida yorug‘lik energiyasi mahsulotlarda to‘plansa, bunday reaksiyalar endergonik; energiya reaksiyaning aktivlanish to‘sig‘ini engishga sarf etilsa, bunday reaksiyalar ekzergonik reaksiyalar deyiladi.
Biologik nuqtai nazardan esa, fotobiologik reaksiyalar funksional - fiziologik hamda destruktiv - modifikatsion reaksiyalarga bo‘linadi.
Funksional - fiziologik reaksiyalar ko‘rinuvchi nur ta’sirida amalga oshadi:
a) energetik reaksiyalar (fotosintez, fotofosforlanish)
b) informatsion reaksiyalar (fotoretsepsiya, fototropizm, fotomorfogenez, fotoperiodizm)
v) biosintetik reaksiyalar (xlorofill biosintezi, pigment va vitaminlar sintezining induksiyalanishi) ga bo‘linadi.
Destruktiv - modifikatsion reaksiyalar asosan ultrabinafsha nur ta’sirida amalga oshadigan reaksiyalar hisoblanadi :
a) xalokatga (mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning nurdan zararlanishiga) olib keladigan reaksiyalar
b) mutatsiyaga (nurning genetik apparatga ta’siri natijasida kelib chiqadigan o‘zgarishlarga) sabab bo‘luvchi reaksiyalar
v) patofiziologik reaksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Funksional - fiziologik reaksiyalar hujayraning hayotiy muhim makromolekulyar va molekulyar darajalarida zararlanishlarning yuz bermasligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi xil reaksiyalarda nur substrat molekulasini zararlab, normal fiziologik holatga xarakterli bo‘lmagan fotokimyoviy reaksiyalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday reaksiyalar ultrabinafsha nur ta’sirida yuzaga keladi. Lekin ko‘rinuvchi nur ham, fotodinamik effekt sharoitida yoki katta intensivlikka ega nur (lazer) shu xil oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Fotobiologik reaksiyalar quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1) Fotofizikaviy bosqich (yorug‘likning yutilishi, elektron qo‘zg‘algan holatning sodir bo‘lishi, energiyaning molekula ichida qayta taqsimlanishi)
2) Birlamchi fotokimyoviy bosqich (dastlabki fotomaxsulotning hosil bo‘lishi )
3) Ikkilamchi fotokimyoviy bosqich (birlamchi fotomaxsulotning barqaror maxsulotlarga aylanishi)
4) Qorong‘ida o‘zgarish bosqichi (barqaror maxsulotlarning navbatdagi o‘zgarishi)
5) Oxirgi biologik makroeffekt
Fotobiologik reaksiyalar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning hammasi asosiy mexanizmlari jihatidan ichki umumiylikka ega bo‘lib, tirik organizmlarning hayot faoliyatlarida o‘z ifodasini topadi. Fotosintez – yuksak o‘simliklar, suv o‘tlari va ba’zi bir bakteriyalar tomonidan, yorug‘lik energiyasi ishtirokida, organik moddalarning hosil qilinishi jarayonidir.
Fotosintezning birlamchi bosqichi, energiya transformatsiyasining uch pog‘onasini o‘z ichiga oladi:
1) yorug‘likning fotosintetik pigmentlar tomonidan yutilishi va elektronli-qo‘zg‘alish energiyasining fotosintez reaksiya markaziga migratsiyalanishi,
2) reaksiya markazida zaryadlarning dastlabki taqsimlanishi va energiya transformatsiyasi,
3) elektronning elektron-transport zanjiri bo‘ylab tashilishi, SO2 fiksatsiyalanishi qorong‘ulik bosqichlari va maxsulotlar sintezida ishlatiladigan barqaror maxsulotlar (NADF, ATF) ning paydo bo‘lishi. Birlamchi fotosintetik jarayonlarning barchasi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tabiatiga ega bo‘lib, bunda e- donordan (N2O) akseptorga (SO2 va boshqa) uzatiladi va qaytarilgan birikmalar (uglevodlar) hamda kislorod hosil bo‘ladi. Fotosintezning umumiy yig‘indi tenglama ko‘rinishi quyidagicha ifodalanadi:
6SO2 + 6N2O ( S6N12O6 + 6O2
Fotosintez - erkin energiyaning tashqi manba hisobiga to‘planishiga olib keladigan, o‘simliklar va barcha geterotrof organizmlar mavjudligini ta’minlovchi yagona biologik jarayondir. Fotosintez natijasida, o‘simliklar har yili 4*107 t organik modda sintezlab, 200 mlrd tonna erkin O2 ajralib chiqadi. Fotosintez atmosferada SO2 konsentratsiyasining oshib “parnik effektini” keltirib chiqarishiga to‘sqinlik qiladi.
biologik sistemalarda kechadigan fizik jarayonlar va ularga taʼsir kursatadigan har xil fizik omillarni urganadigan fan. Tadqiq etiladigan obʼyekt tuzilishi darajasiga binoan B.ni molekulyar B., hujayra B.si, murakkab biologik sistemalar B.siga ajratiladi. Molekulyar B. makromolekulalar va boshqa muhim biologik birikmalar tuzilishi va funksional xususiyatlarini; hujayra B.si hujayra hayotiy faoliyati asosini tashkil etadigan fizikkimyoviy jarayonlar hamda hujayra tarkibiga kiradigan struktura elementlari (ayniqsa membrana strukturasi)ning ahamiyatini; biologik sistemalar B.si toʻqima, organizm va tabiiy jamoalarda sodir boʻladigan biologik jarayonlarning oʻzaro taʼsiri va boshqarilishini hamda matematik modellashtirilishini oʻrganadi. Oʻrganish obʼyekti va metodlariga koʻra B. molekulyar biol., bioorganik kimyo, biokimyo fanlariga yaqin boʻlganidan koʻpincha bu fanlar bilan birga fizikkimyoviy biol.ga birlashtiriladi.
B. biologik tushunchalarning fizika, fizik kimyo hamda mat. goyalari va metodlari bilan oʻzaro kirishuvi tufayli vujudga kelgan. Mexanika qonuniyatlarini organizmni oʻrganishga (qon aylanishi, tovush va yorugʻlikni sezish) tatbiq qilishga urinish birinchi marta 17-asrda sodir boʻlgan. 18-asr oxirida L. Galvani va A. Volta tomonidan "hayvon elektri"ning kashf etilishi fizikkimyoviy hodisalarni oʻrganishda katta ahamiyatga ega boʻddi. 19-asr va 20-asr boshlarida organizm energetikasi prinsiplari (Yu. R. Mayer); koʻrish va eshitish organlari ishlashining fizik asoslari hamda biologik strukturalar bilan yorugʻlikning oʻzaro taʼsiri (G. Gelmgols, K. A. Timiryazev, P. P. Lazarev), toʻqima va hujayradagi osmotik va bioelektrik hodisalar (E. DyubuaRaymon, Yu. Bernshteyn, J. Lyob, V. Nernst) tugʻrisidagi asosiy tushunchalarga asos solindi. Ochiq biologik sistemalar termodinamikasi, energetik jarayonlardagi energiya oʻzgarishlari hamda membranasi orqali transport qilinishi va u bilan bogʻliq bioelektrik hodisalar, muskul qisqarishi va boshqa harakat shakllari (G. M. Frank), fotobiologik jarayonlar (A. N. Terenin, A. A. Krasnovskiy) B.ning rivojlanib kelayotgan sohalari hisoblanadi. Biologik sistemalarning uzuzini tashkil qilishi va boshqarilishi ham xuddi shunday sohalar qatoriga kiradi.
Bunday tadqiqotlar B.ni kibernetika va xronobiologiya bilan bogʻlaydi.
Oʻzbekistonda B. ga oid tadqiqotlar 20-asrning 60- yillarida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida, Oʻzbekiston milliy universitetining biokimyo, keyinchalik B. kafedralarida boshlangan. Asosiy tadqiqotlar ionlarning faol transporti, membrana funksiyalarining gormonal regulyatsiyasi, membrana faol birikmalarining taʼsir mexanizmini aniqlashga bagʻishlangan. Tadqiqotlarda Na K—ATFaza ferment sistemasi barcha hujayralarning plazmatik membranasi uchun umumiyligi, buyrak nefronlari fiziologik xususiyatlari transport fermentlari kinetik xususiyatlari bilan bogʻliqligi aniqlandi (B. O. Toshmuhamedov, 3. U. Bekmuhamedova). Membrana B.sining elektrogenez mexanizmlari; ilon, chayon va arilar zaharidan ion kanallarini tanlab utkazuvchi neyrotoksinlar; umurtqalilar va hasharotlar sinapslari glutamat neyroreseptorlari oʻrganildi (P. B. Usmonov), sunʼiy qoʻshqavatli membranalarni rekonstruksiya qilish amalga oshirildi (E. M. Mahmudova). Shuning bilan birga membranalarda oqsil va lipidlarning oʻzaro taʼsiri (T. F. Oripov), membrana fermentativ katalizi (M. M. Rahimov), membranalarning radiatsiya bilan shikastlanishi (A. Q. Qosimov), mitoxondriyalar ion regulyatsiyasi, mitoxondriya va butun hujayradagi bioenergetik jarayonlarning fiziologik regulyatsiyasi (A. I. Gagelgans, M. X. Zaynutdinov) oʻrganilgan. Oʻzbekistonda B.ga oid ilmiy tadqiqotlar Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika institutida, Oʻzbekiston milliy universitetining biofizika kafedrasida va boshqa oliy oʻquv yurtlari kafedralarida olib boriladi. B.ning koʻp sohalari tibbiyot, q. x. va atrof muhitni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega (quyosh nuridan foydalanish, biofizik metodlar va fizik taʼsirlarni, mas, ultratovush, lazer nurini tibbiyotda qoʻllash va boshqalar).

Foydalanilgan adabiyotlar
1.https://hozir.org/mavzu-tashqi-signallarni-sezish-organlari-retsepsiyasi.html
2.https://uz.wikipedia.org/wiki/Sezgi_organlari
3.https://uz.wikipedia.org/wiki/Biofizika
4.https://www.samdu.uz/public/images/pdf
5.https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/14098-hujayra-va-uning-tuzilishi
Yüklə 137,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə