1. To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi


-jadval Mamlakat to`lov balansining taxminiy ko`rinishi



Yüklə 26,47 Kb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü26,47 Kb.
#134541
1   2   3   4   5   6   7
To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi. Joriy operatsiyal-hozir.org

10-jadval

Mamlakat to`lov balansining taxminiy ko`rinishi

(rakamlar shartli)

Moddalar nomi



Kredit (+) yoki eksportdan tushumlar



Debet (-) yoki import uchun xarajatlar



Sof kredit yoki sof debit



Joriy operitsiyalar xisobi









Tovarlar



+185


-260


-75


Tashki savdo balansining koldigi





-75


Xizmatlar



+85


-97


-12


Investitsiyalardan daromadlar (foizlar va divedentlar)



+28


-20


+8


Transfert kurinishidagi pul o`tkazmalari



+10


-18


-8


Joriy operatsiyalar buyicha balansning koldigi







-87


Kapital xarakatning xisobi









Investitsiyalar va boshka o`rta va uzok muddatli kapital



+150


-87


+63


Kapital xarakati balansining koldigi







+63


Joriy operatsiyalar va kapital xarakati buyicha balansning koldigi







-24


Rasmiy zaxiralar (oltin, XFVdagi zaxiralar)



+24




+24



va valyuta bo`lishi mumkin
To`lov balansida barcha iktisodiy bitimlar ikkita katta guruxga bo`linadi: joriy operatsiyalar va kapital xarakati bilan boglik operatsiyalar (10-jadval). SHunga ko`ra to`lov balansi struktarasi xam ikki kismdan iborat:
1. Joriy operatsiyalar xisobi;
2. Kapital xarakati xisobi.
Joriy operatsiyalar xisobida maxsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. YA`ni, joriy operatsiyalar xisobida ichki maxsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga maxsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko`rsatiladi. CHunki, maxsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chikib ketishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi.

17.2. Joriy operatsiyalar xisobi balansi.
Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi xisoblanadi, ularning farki tashki savdo balansining koldigi deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya`ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chikishdan ko`ra ko`prok olib keladi (-75).
Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sugurta, sayyoxlik xizmatlari va boshkalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo`lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo`lgan operatsiyalarda xam mamlakat xorijiy xizmatlarni ko`prok oladi ya`ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyoxlarga nisbatan ko`prok boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sugurta xizmatlarini ko`rsatish xajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sugurta kompaniyalari ko`rsatadigan xizmatlar xajmiga karaganda yukorirok va x.k. Bu operatsiyalar bo`yicha xam balans salbiy koldikka ega (-12).
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo`yicha to`lovlarni o`z ichiga oladi. Agar xorijga ko`yilgan milliy kapital uchun chet to`lovlari bo`yicha tushumlar mamlakat iktisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to`lanadigan to`lovlar mikdoridan ko`p bo`lsa, unda sof daromad musbat bo`ladi (+8).
Transfert ko`rinishida pul o`tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fukarolariga to`lanidagan nafakalarni, muxojirlarning xorijdagi o`z karindoshlariga pul o`tkazmalari, turli ko`rinishdagi xukumat yordamlarini o`z ichiga oladi. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, xorijga jo`natilayotgan pul o`tkazishlar mikdori olinayotganiga nisbatan yukori, ya`ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy xisoblar bo`yicha barcha operatsiyalar yigindisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo`lgan talab uning eksport operatsiyalari ta`minlaydigan taklifdan ortik bo`lishini anglatadi. Boshkacha aytganda, ushbu xolda mamlakat to`lov balansi joriy operatsiyalar bo`yicha kamomadga ega.
Makroiktisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi koldigi kuyidagicha beriladi:



Yüklə 26,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə