1. To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi


To`lov balansini makroiktisodiy tartibga solish vositalari va usullari



Yüklə 26,47 Kb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü26,47 Kb.
#134541
1   2   3   4   5   6   7
To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi. Joriy operatsiyal-hozir.org

17.6. To`lov balansini makroiktisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
To`lov balansi muvozanatini ta`minlash uchun joriy xisoblar va kapital xarakati koldiklari bir-birini aynan koplashi zarur bo`ladi. Markaziy Bank valyuta interventsiyasini amalga oshirish chorasini ko`rmasa, va rasmiy valyuta zaxiralari mikdorini o`zgartirmasa to`lov balansi xisoblarini valyuta kursining erkin tebranishi xisobiga o`zaro tartibga solish amalga oshiriladi.
Bunday sharoitda kapital okib kelishi sababli milliy valyutaning kimmatlashuvi, kapital chikib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro`y beradi. Valyuta kursining erkin tebranishi to`lov balansining joriy va kapital xisoblarini avtomatik ravishda mutanosiblashtirish mexanizmi xisoblanadi.
Erkin tebranuvchi valyuta kursi tarafdorlari ta`kidlashicha, to`lov balansining ortikchaligi yoki takchilligi bunday vaziyatlarda tez orada barxam topadi. Valyuta kurslarining erkin xarakati to`lov balansining ortikchaligi yoki kamomadini yo`kotadi..
Erkin tebranuvchi valyuta kurslari to`lov balansini tenglashtirishda katta imkoniyatlarga ega bo`lsada, kamchilikliklardan xoli emas. CHunonchi, bunday valyuta birinchidan, savdoning noanikligi va kiskarishiga, ikkinchidan, savdo sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, bekarorlikka va boshkalarga olib keladi.
Agar Markaziy Bank rasmiy valyuta zaxiralari vositasida chet el valyutasini sotib yoki sotib olib valyuta kursini erkin tebranishiga barxam bersa valyuta kursining erkin tebranishi vositasida to`lov balansini tartibga solish zarurati yo`koladi.
Bunda to`lov balansi takchilligi Markaziy Bank rasmiy zaxiralarini kiskartirish xisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el valyutasi taklifi oshadi. Kayd etilgan operatsiya eksportga xos bo`lib kreditda plyus belgisi bilan (Markaziy Bankda xorijiy valyuta zaxirasi kamayishiga karamasdan) xisobga olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi kamayadi, uning almashinuv kursi nisbatan ko`tariladi va bu investitsiyalar xajmiga xamda iktisodiy o`sishga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
To`lov balansining aktiv-(musbat) koldigi esa Markaziy bankning rasmiy valyuta zaxiralari mikdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta zaxiralarini to`ldirish uchun chet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu xol esa iktisodiyotga (investitsiyalar xajmi va iktisodiy o`sishga) ragbatlantiruvchi ta`sir ko`rsatadi.
Markaziy bank tomonidan o`tkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy rezervlar bilan bo`ladigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida to`lov balansi koldigi nolga tenglashishi kerak.
To`lov balansining aktiv koldigi yoki takchilligi mamlakat iktisodiyoti xususiyatlariga karab turlicha baxolanishi mumkin.
Valyutasi xalkaro xisob-kitoblarda, xamda boshka mamlakatlar zaxira valyutasi sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to`lov balansi takchil bo`lishi tabiiy xol xisoblanadi. Bunday mamlakatlar to`lov balansini uzok muddat makroiktisodiy tartibga solmasligi mumkin.
Milliy valyutasi jaxon iktisodiyotida zaxira valyutasi xisoblanmaydigan mamlakatlar Markaziy Banklaridan rasmiy valyuta zaxirasi cheklanganligi tufayli to`lov balansining uzok muddatli takchilligi bu rezervlarning sarflab bo`linishiga olib keladi. Bunday xollarda to`lov balansini makroiktisodiy tartibga solinadi. Mamlakat savdo siyosati va valyuta almashinuv kursini o`zgartirishi choralarini ko`llab chet ellardagi o`z xarajatlarini kamaytiradi, yoki eksportdan o`z daromadlarini oshiradi.
Bunday tartibga solish natijasida baxolar umumiy darajasining oshishi okibatida axoli turmush darajasining pasayishi, milliy valyutaning kadrsizlanishi, iktisodiyotning ayrim tarmoklarida bandlilikning pasayishi ro`y berishi mumkin.
Valyuta rezervlari sarflab bo`lganligi, ilgari olingan chet el kreditlarini kaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish imkoniyatlari yo`kka chikkanligi sababli mamlakat to`lov balansi takchilligining uzok vakt davom etishi to`lov balansi inkirozi deyiladi.
To`lov balansi inkirozini xal etishning yagona yo`li makroiktisodiy tartibga solish xisoblanadi.
O`tish davri iktisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Bankni kiyin axvolga solib ko`yadi. CHunki rasmiy valyuta zaxiralari bir vaktning o`zida xam to`lov balansi takchilligini xam ichki spekulyativ talabni kondirish uchun etarli bo`lmasligi mumkin.
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chikishning yagona yo`lidir.
Kiska istikbolda to`lov balansi koldigi jamgarish va investitsiyalar xajmlarini belgilovchi omillar (masalan byudjet solik siyosati, foiz stavkalari) ta`sirida o`zgarishi mumkin.
Agar mamlakatda ragbatlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa bu xol milliy jamgarmalarning pasayishiga olib keladi. Bu o`z navbatida joriy operatsiyalar xisobi bo`yicha takchillikka, kapital xarakat xisobi bo`yicha musbat koldikka olib keladi.
CHeklovchi fiskal’ siyosat milliy jamgarmalar xajmlarini oshiradi, bu o`z navbatida kapital xarakati xisobi bo`yicha takchillikka, joriy operatsiyalar xisobi bo`yicha musbat koldikka olib keladi.
Jaxon foiz stavkalarining oshishi kapital xarakati xisobi bo`yicha takchillikka, joriy operatsiyalar xisobi bo`yicha musbat koldikka erishishga olib keladi. Jaxon foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi.


Yüklə 26,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə