1-topshiriq Mavzu: Yozma va og’zaki nutq xususiyatlari Reja


Barcha parchalarda nutqning badiiy uslubidan foydalanilgan, shu bois ifodalar badiiylashtirilgan, adabiy orfografik me’yorlarga to’g’ri kelmasliklari ma’lum!



Yüklə 64,2 Kb.
səhifə4/7
tarix02.01.2023
ölçüsü64,2 Kb.
#98107
1   2   3   4   5   6   7
1-topshiriq Mavzu Yozma va og’zaki nutq xususiyatlari Reja

Barcha parchalarda nutqning badiiy uslubidan foydalanilgan, shu bois ifodalar badiiylashtirilgan, adabiy orfografik me’yorlarga to’g’ri kelmasliklari ma’lum!
Abu Rayhon Beruniy, Kaykovusga tegishli hikmatlar esa, to’liq adabiy til me’yorlariga mos keladi.
Yusuf Xos Hojib, X.Dehlaviy, A. Navoiy hikmatlari esa, gap yasash texnikasi, so’z ishlatish uslublari adabiy til me’yorlariga to’la mos emas, lekin bu hikmatlar adabiy tilimizni mazmunli boyitadi.
Rangda ajratib qo’yilgan so’zlar adabiy til orfografikasiga to’g’ri kelmaydi.

3-topshiriq
1. Quyoshning oltin qalami nur taratar edi
2. Odamning qo‘li — gul, xalqim eking gul, yashasin tobora obod shahrimiz (S. Zunnunova). 
3. Nimani aniq tasavvur etolmasang, uni shu qadar chalkash gapirasan: noaniq va chalkash ifoda faqat fikrning belgisidir (N. G. Chernishevskiy).
4. Nodonlardek yuzlab so‘zni qilma qator, donolardek bir so‘z degil, lek ma’nodor (S. Sheroziy). 
5. Sizlar bilan gaplashganimda o‘zimning qora o‘tmishimda ham ba’zi yorug‘ nuqtalar bo‘lganligini his qilyapman (A. Muxtor).
1. “oltin”- qazilma qimmatbaho metal;
2. “gul”- chechak ma’nosida, o’simlikning meva tugadigan qismi;
3. “chalkash”- bu aralash-quralash ma’nosida keladi;
4. “yuzlab”- son;
5. “qora o’tmishimda”- rangga tasvirlanayotgan yomon o’tmish;
6. “yorug’ nuqtalar”- nurga qiyoslangan o’tmish lahzalari.
Mazmunni boyitish maqsadida o’xshatmalardan foydalangan(qiyoslangan), ya’ni so’zlarning ko’chma ma’nolaridan foydalanilgan.

4-topshiriq
Endi biz-ku, o‘tdik, bolalarimiz ham bizday bo‘lmasin deng. Buning uchun bolalarga har xil adabiyotlardan o‘qitish kerak. Bu to‘g‘rida ham hozirgi tarbiya o‘choqlarimizning beparvoligi bor. Chunonchi, men u kuni o‘g‘lingizni imtihon qilib ko‘rdim. Mazasi yo‘q! Hatto Saltikov bilan Shchedrin, degan mashhur yozuvchilarni bir-biridan farq qilolmaydi, ikkovi bitta odam deydi. Kula-kula o‘libman. Sizga aytaman deb esimdan chiqibdi. Zargarov «o‘g‘lim a’lochi» deb hech kimga so‘z bermas edi, Qutbiddinovning bu kulgisi uni tamom o‘ldirdi.
— Rosti bilan shunday dedimi? Adabiyotdan ham «a’lo» baho olgan edi-ku.
— Adabiyot muallimi oshnangizdir.
— Be, Saltikov bilan kim dedingiz hali, Shchedrinmi? Shuni bilmasa men qulog‘ini tagi bilan sug‘urib olaman. Qutbiddinov hamon kular edi.
— Bilmaydi, bahuzur sug‘urib ola bering, azbaroyi xudo,ikkovi bir odam deydi.
Qutbiddinovning me’yoridan ortiq kulgisi Zargarovning g‘ashini keltirdi. Nima bo‘lib uning og‘zidan «mening o‘g‘lim bilmasa, sening o‘g‘ling ham bilmaydi» degan mazmunda so‘z chiqib ketdi. Qutbiddinov ham o‘zining o‘g‘liga ishonganligi uchun,
Zargarovning bu bo‘htoniga darrov, issig‘ida zarba bergisi keldi.
— Hozir, hozir, — dedi, — Suyar! Ho, Suyar! Bu yoqqa chiq, o‘g‘lim! E, yotganmiding? Mayli, bu yoqqa o‘tir. Bizga bir narsani hal qilib ber: Saltikov katta yozuvchimi, Shchedrin katta yozuvchimi?
Suyar goh otasiga, goh Zargarovga qarar va hayron edi.
— Yoq, savolni noto‘g‘ri qo‘ydingiz, — dedi Zargarov.
— Bunday: Saltikov ilgari o‘lganmi, Shchedrinmi?
— Ikkovi bitta odam-ku! — dedi Suyar, nima gap ekanini bilolmay.
Zargarov qiyqirib kuldi, chapak chaldi va bunga ham qanoat qilmay o‘rnidan turib o‘yinga tushdi. Qutbiddinov do‘q urdi:
— Saltikov bilan Shchedrin-a? Kim aytadi senga?
— O‘zim bilaman, kitobda bor...
A. Qahhor, «O‘jar» hikoyasidan.

Yüklə 64,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə