1-topshiriq Mavzu: Yozma va og’zaki nutq xususiyatlari Reja


Nutqning aniqligi buzilgan gaplardagi so’zlar ranglarda ajratilgan!



Yüklə 64,2 Kb.
səhifə5/7
tarix02.01.2023
ölçüsü64,2 Kb.
#98107
1   2   3   4   5   6   7
1-topshiriq Mavzu Yozma va og’zaki nutq xususiyatlari Reja

Nutqning aniqligi buzilgan gaplardagi so’zlar ranglarda ajratilgan!
5-topshiriq
l.Til tafakkurning intiqosi, uning hosilasidir. 2. Bu yerning iqlimi issiq siz mo‘tadil havoga ko‘nikkansiz. 3. Samarqanddan olgan taassurotlaringiz asosida insho yozing. 4. Bog‘ga chiqib, qipqizil olmalarni ta’riflang, baxru dilingiz ochiladi. 5. Da’vo hujjatlari tayyor bo‘lguncha, ish joyingizdan tafsivnoma keltiring! 6. To‘yboshi devqomat bir yigitni sahnaga chiqardi. 7. Amudaryoning bu qadar shiddatli oqishini endi ko‘rishim edi-da!
To’g’irlangan so’zlar ranglar bilan ajratilgan.

6-topshiriq

Nutq uslublari

Terminlar

Yozma nutq

Dialektizmlar

Badiiy vositalar

Badiiy uslub

Ma’lum bir voqealikni badiiy tasvir vosiytalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo’l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiy nutq uslubi sanaladi

Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.

Badiiy uslub o’quvchida estetik zavq uyg’otadi.

Badiiy uslub uchun obrazlilik, tasviriy ifodalarga boylik xosdir.

Ilmiy uslub

Daliliy ma’lumotlar asosida chiqailgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o’ziga xos atamalarga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi.

sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilar uchun mo’jallanadi.Shu bois bu uslubda fanning ma’lum sohasiga doir atamalar keng qo’llaniladi.Ilmiy-ommabop uslub:Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi

Sof ilmiy uslubning o’zi ham fan tarmoqlari bo’yicha bir-biridan farq qiladi.Masalan: matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas. Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori

Ilmiy uslub obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning xolis, ummumlashgan xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko’radi.Kitobxoni his-tuyg’ulariga emas, ongiga ta’sir etadi.

So‘zlashuv uslubi

Kundalik hayotda, oilada, ko’cha-ko’yda,ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubi so’zlashuv uslubi sanaladi.

Ma’lum adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilgan, tartibga solingan so’zlashuv uslubi.

Oddiy so’zlashuv uslubi
Adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli.



So’zlashu uslubida so’zlar ko’pincha kinoya, piching va qochirmalarga boy bo’ladi. O’brazli emotsional vositalar ko’proq qo’llaniladi. Masalan: G’ayrat qil, shalvirama; Alini qarang , og’zi qulog’ida.

Rasmiy uslub

Adabiy tilning yozma shakliga xos bo’lib muayyan nutqiy qolib,qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakillarga ega nutq uslubi rasmiy uslb sanaladi.

Sof qonunchilik uslubi:
qonun, farmon, fuqarolik va jinoiyaktlar, nizomlar uslubi.
Idoraviy devonxona uslubi:
buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tafsifnoma,tarjimaiy hol,ishonchnoma dalolatnoma.
Diplomatik uslub:
nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya.



Rasmiy uslub deyarli yozma shakilda ro’yobga chiqadi.
U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlikdan xoli bo’ladi.
Bu uslubda tilning ikki vazifasi: axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.



Bu uslubning ham gramatik va lug’aviy xususiyatlari mavjud:
So’zlar o’z ma’nosida qo’llaniladi, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir soxaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Masalan: sud ishida jinoyat, hukm,qonun.



Publitsistik uslub

Ommaviy axborot vositalari (gazeta-jurnal, radio, televideniya) uslubi,Oliy Majlis yig’inlarida, turli xil anjumanlarda qo’llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslubdir. Publitsistika davrning eng muhim dolzarb masalalarini o’quvchilarga,tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniya orqali yetkazish,ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo’layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakillantirish

Publitsistik uslubning og’zaki shakli
Radio-televideniya chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari.
Publitsistik uslubning yozma shakli
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlangan boshqa maqolalar, felyeton, pamfletlar, murojatnomalar,chaqiriqlar, dekloratsiyalar.



Publitsistik uslubning o’ziga xos xususiyatlari:
Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir etish bo’lib, soddalik, ta’sirchanlik, tushunarlilik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.
Publitsistik nutqda ta’sirchan so’z va birikmalardan , maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi.



Publitsistika bir qancha janrlarga ega. Har qaysi janrning o’zi masalan gazeta, radio, televedeniyeda beriladigan reportajlar uslub va uslubiy vositalari hamda o’zida berilayotgan reportaj, pampflet, felyeton kabi nutqiy vositalar jihatdan farqlanadi.



Yüklə 64,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə