1. Transport-ishlab chiqarish tizimini shakllantirish tamoyillari


Yuklarni yetkazib berishda transport-texnologik jarayonlarni asosiy bosqichlari



Yüklə 91,86 Kb.
səhifə8/8
tarix23.12.2023
ölçüsü91,86 Kb.
#157867
1   2   3   4   5   6   7   8
6 mavzu Logistika tizimida transport ishlab chiqarish tizimini fayllar

Yuklarni yetkazib berishda transport-texnologik jarayonlarni asosiy bosqichlari
Transport xizmati ko’rsatish tizimi faoliyatini ketma-ket yoki ketma-ket hamda paralel ravishda bajariluvchi elementar jarayonlardan iborat tuzilma ko’rinishida ifodalash mumkin. Bunday yondoshuvning asosiy mohiyati shunday iboratki, bunda xizmat ko’rsatish tizimi ketma-ket yoki parallel kanallarda bajariluvchi elementlar va ularning qismlari sifatida namoyon bo’ladi. Natijada transport xizmatining yagona texnologiyasini uning ayrim qismlari yoki tashkil etuvchi tomonidan elementlar ma’lum ketma-ketlikda bajariluvchi ishlar tarmog’i sifatida ifodalash mumkin bo’ladi. Bunday tizim faoliyatini ma’lum natijaviy ko’rsatkichlarga erishishga yo’naltirish uning elementar jarayonlarni va ular orasidagi bog’lanishlarni boshqarish va o’zaro muvofiqlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Xulosa
:Xulosa o’rnida shuni aytish joizki , Mamlakatimizda transport-logistika klasterlarini rivojlantirish uchun potentsialdan foydalanish samaradorligini oshirish zarurati iqtisodiyotning raqobatdoshligi va diversifikatsiyasini oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda yetakchi rolni yuklarni muqobil transport turlariga ko'chirish uchun chegara temir yo'l stansiyalarida xalqaro transport koridorlari kesishmasida yaratilishi kerak bo'lgan transport logistika klasterlari o'ynaydi. Transport infratuzilmasi sohasidagi klaster siyosatining asosiy maqsadi transport va logistika xizmatlarining ichki va jahon bozorida tovarlarni saqlash, tashish, export qilish va yetkazib berishga ixtisoslashgan turli tuzilmalarni, shuningdek infratuzilma va boshqa tashkilotlarga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarni birlashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirishdir. Transport-logistika klasteri ma'lum bir tashkiliy shakl sifatida ma'lum bir hududning logistika salohiyatining rivojlanishi va o'sishiga hissa qo'shgan holda, xom ashyo yetkazib beruvchilardan, ishlab chiqarish tuzilmalaridan iste'molchilarga yuk oqimlari harakatining texnologik zanjirlarini boshqarish samaradorligini oshirish muammosini hal qiladi. Transportlogistika klasterlarini shakllantirish bir qator vazifalarni samarali hal etish, tovar aylanmasini optimallashtirish, shu jumladan ekspeditorlik va terminal ombor komplekslarini oqilona qurilishini ta'minlash, transportning bir nechta turlari bilan bog'liq yuklarni tashish jarayonlarini ratsionalizatsiya qilish, tranzit salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, operatsion o'zaro ta'sir tizimini shakllantirish, rejalashtirish , transport markazlarida muvofiqlashtirish va dispetcherlik faoliyatini tartibga solish, tovar oqimlariga optimal xizmat ko'rsatishni ta'minlash, klaster a'zolari o'rtasida samarali ma'lumot almashinuvini ta'minlaydigan logistika axborot tizimini ishlab chiqish kerak.

Asosiy adabiyotlar
1.
Транспортная логистика. Учебник для транспортных вузов. /Под общей редакцией Л.Б.Миротина. –М.: Издательство “Экзамен”, 2003. -512 с.
2.
Bo‘taev SH.A., Sidiqnazarov Q.M., Murodov A.S., Qo‘ziev A.O‘. Logistika.-Termiz, SURXON-NASHR, 2021.-693 b.
3.
Samatov G’.A. Logistika. Darslik. T.:, 2020.-655 b.

1 Миротин Л.Б. Транспортная логистика.


2 Миротин Л.Б. Транспортная логистика




http://fayllar.org
Yüklə 91,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə