1. Urf-odat va mavsum-marosimlar bilan bog’liq asarlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/7
tarix19.05.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#111464
1   2   3   4   5   6   7
xalq-qoshiqlari-lirik-janr-sifatida (1)

«Ho`sh-ho`sh»larni kuylashdan oldin sog`uvchi sigirning bolasi-buzoqni emizishga qo`yadi. Buzog`ini ko`rib sigir iyiydi. SHunda sog`uvchi darhol buzoqni tortib, sigirni qo`shiq yordamida iyitishda davom etadi va sutini sog`ib oladi. «Ho`sh-ho`sh»lar sigirni iyitishiga ishonilgan. Bu ishonch sog`im qo`shiqlarida alohida ta`kidlanadi:

  • «Ho`sh-ho`sh»larni kuylashdan oldin sog`uvchi sigirning bolasi-buzoqni emizishga qo`yadi. Buzog`ini ko`rib sigir iyiydi. SHunda sog`uvchi darhol buzoqni tortib, sigirni qo`shiq yordamida iyitishda davom etadi va sutini sog`ib oladi. «Ho`sh-ho`sh»lar sigirni iyitishiga ishonilgan. Bu ishonch sog`im qo`shiqlarida alohida ta`kidlanadi:
  • «Ho`sh-ho`sh»lasam iyasan, ho`shey-ho`shey,
  • Kovshabgina turasan, ho`shey-ho`shey,
  • Angraymagin jonivor, ho`shey-ho`shey,
  • Sen bolangga to`yasan, ho`shey-ho`shey.
  • Ko`z magiyasi, kinna kirishiga ishongan qadimgi chorvadorlar zotdor, ko`p sut beradigan sigirlarni yomon ruhlardan asrash uchun turli tadbirlarni qo`llaganlar. Ularning shoxlariga maxsus duolar yozilgan tumorlar, qalampirmunchoq yoki ko`zmunchoqlar shodasini ilib qo`yishgan. Aks holda ko`z tekkan sigir yo o`ladi, yo kasallanib kam sut bera boshlaydi, deb irim qilingan. Tabiiyki, bunday e`tiqod va qarashlar «ho`sh-ho`sh»larda ham «ko`z tumor» detali orqali badiiy ifoda etiladi:
  • Seni haydab boqayin,
  • Ko`z tumorlar taqayin, ho`sh-ho`sh

Qo`ylarni sog`ish va qo`zilarni emizish jarayonida kuylanadigan «turey-turey» qo`shiqlarida ona sovliqni madh etish, uni iydirishga qaratilgan erkalash motivlari etakchilik qiladi.

  • Qo`ylarni sog`ish va qo`zilarni emizish jarayonida kuylanadigan «turey-turey» qo`shiqlarida ona sovliqni madh etish, uni iydirishga qaratilgan erkalash motivlari etakchilik qiladi.
  • «Turey-turey»lar ko`pincha qorako`lchilikda terisini olish uchun 3-4 kunligidayoq (barraligidayoq) so`yib hborilgan qo`zichoqlarning onalarini sog`ish uchun kuylanadi. SHu sababli ularda ona qo`yning o`z bolasini qidirishi, uni izlab ma`rashiga hamdardlik bildirish, achinish motivlari katta o`rin tutadi.
  • Qo`ylar juda hid sezuvchi bo`lishadi. Agar ular yangi tug`ilgan qo`zilariga boshqa hayvonning hidi urib qolsa, uni emizmay qo`yishgan. SHunda ham ona qo`ylarni iydirish va qo`rqitish maqsadida «turey-turey» qo`shiqlari ijro etilgan.
  • «CHuriyalar» yoki «churey-churey»lar echkilarni sog`ish yoki uloqlarni emizish paytida ijro etilgan. Ularda echkini iydirish, bolasini emdirishga qarshilik qilmaslik motivi ustunlik qiladi. CHuriyalarda ko`pincha echkining, sersut elini, soqoli, shoxi yoki qashqasi maqtaladi:
  • Og`ziginangda o`ting bor, churey-churey,
  • Elinginangda suting bor, churey-churey,
  • Sersoqolim jonivor, churey-churey,
  • Kerilib turgan buting bor, churey-churey.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə