1-variant Berilgan vaziyat


-variant Berilgan vaziyat



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə13/15
tarix19.05.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#111329
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
topshiriq islom bank ishi

20-variant
Berilgan vaziyat. Islom moliyasida amalga oshiriladigan bitimlar turli tumanligi bilan o’zining jozibadorligini aks ettiradi. Biznes egalari, ya’ni hamkorlar o’zaro biznes munosabatlarining har bir jihatini hisobga olib, hamma narsa haqida oldindan kelishib oladilar va buni hujjatlashtirib qo’yadilar. Shu nuqtai nazardan islom moliyasila amal qiladigan bitimlarda tomonlarning munosbati va ishtiroki masalalari ham muhim.
Topshiriq mazmuni:Quyida islom moliyasiga oid 5 xil bitim ko’rsatilgan:
1. Bir pul birligini ikkinchi pul birligiga qo’lma-qo’l almashtirish bitimi;
2. Mahsulot xaridorga darhol etkazib berilib, mahsulot uchun to’lov esa keyinroq amalga oshiriladigan savdo bitimi;
3. Foydani bo’lishish sharti bilan sarmoyani boshqarish bitimi;
4. Mahsulot uchun to’lov to’lig’icha darhol amalga oshiriladigan, mahsulot esa keyinroq xaridorga etkazib beriladigan bitim (bunda sotilayotgan mahsulot, bitim tuzilayotgan paytda mavjud bo’lishi ham, mavjud bo’lmasligi ham mumkin);
5. Mahsulot kelajakda etkaziladigan, to’lov ham kelajakda amalga oshiriladigan bitim (mahsulot kelishuv paytida mavjud emas).
Har bitimga ta’rif bering va misollar keltiring.
21-variant
Berilgan vaziyat.Mushoraka: asosiy qoidalar. Musharaka yoki Shirkat ul-amval – ikki yoki undan ortiq tomonlarning shartnoma asosidagi munosabatlari bo’lib, bunda huquqiy jihatdan to’g’ri / yaroqli bo’lgan shartnomaga xos bo’lgan jihatlar albatta mavjud bo’lishi kerak.
Topshiriq mazmuni:Quyida keltirilganqoidalarga ta’rif bering va shu asosda islom bankchiligida bank va mijoz o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlar bo’yicha misollar keltiring va baholang.
🔹 Foyda taqsimoti
🔹 Foyda va sarmoya nisbati
🔹 Zararlar taqsimoti
22-variant
Berilgan vaziyat.Ko’pchiligimiz qarz paydo bo’lishiga olib boruvchi moliyaviy munosabatlarga kirishganmiz va qarz kelishilgan vaqtda to’lanmagan holatlarni ham ko’rganmiz. Shunday holatlar yuzaga kelganda qanday yo’l tutsak to’g’ri bo’ladi? Bu holatni ortiqcha tafsilotlarsiz ko’rib chiqishga harakat qilamiz.
Birinchidan, ikki xil toifadagi qarzdorlar bo’lishini tushunib olishimiz kerak:
a) qarzini kelishilgan muddat ichida to’lamagan qarzdor, b) nochor holatda bo’lganligi uchun qarzini to’lolmayotgan qarzdor.
Birinchi toifadagi qarzdor – qarzni yopish uchun etarlicha mol-mulki bor yoki qo’shimcha daromad manbaiga ega bo’lgan-u, lekin qarzini o’z vaqtida to’lamagan shaxs. Bunday toifadagi shaxsga nisbatan kelishuv (bitim) shartlariga muvofiq turli choralarni, jumladan garovga qo’yilgan narsadan foydalanishni taqiqlash, yoki uni olib qo’yish kabi choralarni qo’llash lozim.
Ikkinchi toifadagi qarzdor –qaytarish istagi va urinishlariga qaramasdan qarzini qaytara olmayotgan shaxs. Bu holatda unga yordam berish choralarini ko’rish kerak (qarang: Quron 2:280).
Yordam berish choralaridan biri – qarzni qaytarish muddatini uzaytirishdir. Bundan tashqari, garovga qo’yilgan narsalarni darhol talab qilmaslik, ayniqsa agar garovga qo’yilgan narsa qarzdorning mehnat faoliyatiga bevosita aloqador bo’lsa (masalan mehnat quroli).

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə