1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


O’qish ko’nikmasini aniqlash



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə35/163
tarix26.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131118
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163
1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari

1. O’qish ko’nikmasini aniqlash.
a) so’zni sidirg’a o’qiydi;
b) bo’g’inlab o’qiydi;
2. Yozuv ko’nikmasi.
a) hamma harfni yozishni biladi, so’z yozadi (bosma yoki yozma);
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi.
a) so’zni bo’g’inlarga bo’ladi;
b) so’z yoki bo’g’indagi tovushni ajratadi;
4. Og’zaki bog’lanishli nutqi. SHe’rni yoddan o’qish.
a) 3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
5. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Ertak aytish.
a) bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi;
b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
6. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Fikr bayon qilish (“Rasmda nimalar ko’rayotganingni aytib ber”).
a) 20 so’zdan ortiq bog’lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi;
b) 10 tadan 20 tagacha so’z, bir necha gap tuza oladi;
SHuningdek, bu jarayonda bola nutqining sintaktik qurilishi ham, foydalanadigan so’zlar doirasi ham o’rganiladi, to’plangan materiallar ikki variantda yoziladi.
Ma’lumki, o’quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. O’quv materiallari 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. SHunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o’quvchilarning o’zlashtirishlari turlicha bo’ladi.
O’qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o’quvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o’quv materiali “Alifbe” hisoblanadi, unga qo’shimcha tarzda tarqatma materiallardan, jadvallardan, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin.

  1. O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish.

Tayanch so’z va iboralar: metodika, matematika, o’qitish, o‘qitishni tashkil qilish, didaktik o‘yin. - 20 ball
O‘qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir.Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining ko‘pchiligida o‘qitish metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari, bo‘lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malaka va ko‘nikmalarga erishiladi, o‘quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi, deb tavsiflanadi.
Shunday qilib o‘qitish metodlari o‘zlashtirish, tarbiyalash va rivojlantirish kabi 3 ta asosiy funksiyani bajaradi.
Hozirgi kunda mashhur didakt M.N.Skatkinning hisobiga ko‘ra, metodik adabiyotlardan o‘qitish metodlari 65 kamida ko‘rsatiladi. Ma'lum o‘qitish metodlaridan ta'limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos keladiganlarini ongli tanlab olish uchun oldin hamma o‘qitish metodlarini va mavjud o‘qitish metodlari klassifikasiyasini o‘rganib chiqish zarur.
O‘qitish metodlari klassifikasiyasiga har xil yondashishlar mavjud bo‘lib, eng maqsadga muvofiq har xil metodlarni o‘z ichiga olgan klassifikasiya bu akademik Yu.Babanskiy bergan klassifikasiyadir. Umuman olganda, o‘qitish metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatidan iborat ekanligini biz yuqorida ko‘rib o‘tdik. Binobarin, bunday faoliyat tashkil qilish, rag‘batlantirish va kontrol qilishni nazarda tutadi: Shunga ko‘ra o‘qitish metodlari ham uchta katta gruppaga bo‘linadi, o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari: o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish metodlari: o‘quv-bilish faoliyatining samaradorligini kontrol (nazorat) qilish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlarini bir nechta gruppalarga bo‘lib klassifikasiyalash mumkin.

  1. O‘quvchilar bilim oladigan manbalar bo‘yicha, og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metod (tushuntirish suhbat, hikoya, kitob bilan ishlash va h.k.); ko‘rsatmali metodlar (atrof-tevaraqdagi predmet va xodisalarni kuzatish);

  2. O‘quvchi fikrining yo‘nalishi bo‘yicha; induksiya, deduksiya va analogiya; metodlar.

  3. Pedagogik ta'sir o‘quvchilarning o‘qishda mustaqillik darajasi bo‘yicha o‘qituvchi boshchiligida bajariladigan o‘quv ishi metodi; o‘quvchilarning mustaqil ishlari metodi.

  4. O‘quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasi bo‘yicha; izohli-illyustrativ metod; reproduktiv metod; bilimlarni problemali bayon qilish metodi; qisman izlanish va tadqiq qilish metodi;





  1. Yüklə 0,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə