1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


Sugurta tashkilotlarining ustav kapitali miqdoriga oxirgi o'zgarishlar va ularga tariflab bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə10/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

2. Sugurta tashkilotlarining ustav kapitali miqdoriga oxirgi o'zgarishlar va ularga tariflab bering.
Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori qonunchilikda belgilanadi.
Sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) ustav fondi (ustav kapitali) sug‘urta tashkilotining muassislari tomonidan kiritilgan pul mablag‘laridan tashkil topadi hamda milliy valyutada ifodalanadi.
Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya olish to‘g‘risida ariza beriladigan paytga qadar sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) ta’sischilari tomonidan shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) boshqa sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan sug‘urtaning boshqa tarmoqlaridagi sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) ustav fondida (ustav kapitalida) o‘zaro ishtirokini cheklash shartlarida ishtirok etish hollari mustasno.
3. "Yashil karta" tushunchasini tavsiflab bering.
Jahon xo'jalik aloqalarining kengayishi. turizmning rivojlanishi, aloqalaming kengayishi munosabati bilan avtofuqarolik javobgarligini sug'urta qilish hozirgi vaqtda xalqaro ahamiyat kasb etdi. "Yashil karta tizimi” degan nom bilan keng tarqalgan javobgarlikning mazkur turini sug'urta qilish xalqaro tizimi 1953 yilning 1 yanvarida kuchga kirdi.
Yashil karta to'g'risidagi shartnoma ishtirokchisi bo'Igan mamlakatlar ulaming istalgan birida sotib olingan xalqaro avtomobil qatnovida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish to'g'risidagi sug'urta polislarini ushbu mamlakatlar hududida e’tirof etish majburiyatini oldilar. Yashil karta tizimining asosiy elementi ishtirokchi-mamlakatlaming milliy byurolari hisoblanadi.
Ushbu tuzilmalar chegarani kesib o'tayotganda sug'urtaning mavjudligi ustidan nazorami tashkil etadilar, shuningdek sug'urta hodisalari bo'yicha arz qilingan da'volami tartibga solish masalalarini (mamlakat ichida va chet elda) sug'urta kompaniyalari bilan birga hal etadilar. Milliy byurolar qarorgohi Londonda joylashgan yagona Xalqaro byuroga birlashtirilgan. Xalqaro byuro butun dunvodagi milliy byurolar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Yashil karta bo'yicha sug'urta tovonini to'lashni vakolatli sug'urta kompaniyalari amalga oshiradi 1948 yil Jenevada Yevropa iqtisodiy komissiyasi huzuridagi
«Transport bo‘yicha qo'mita avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish javobgarligini majburiy sug'urta qilish» bo'yicha xalqaro tizim yaratish to'g'risida taklif bilan chiqildi va bu tizim “Xalqaro yashil karta" degan nom oldi.
Ushbu karta 1953 yilning yanvar oyidan kuchga kiritildi. Xalqaro yashil kartaga a'zo bo'lgan Yevropa davlatlari o'zaro kelishuvga imzo chekdilar va bunga asosan.
“Yashil karta"ga a'zo boigan davlatlaming har biri avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha polisni o'zaro tan olishlari zarur edi.
Mazkur ''Yashil karta"ga a'zo bo'lgan mamlakatlarda ushbu tizimning Byurolari tashkil etildi vaulaming vazifalari quyidagilardan iborat edi:
a) sug'urtalanuvchilarga berish uchun "Yashil karta" guvohnomalarini chiqarish:
b) ushbu mamlakatda sodir etilgan yo' 1-transport hodisalari tufayli ko'rilgan zararni qoplash.
автотранспорт воситалари эгаларининг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурталаш тўғрисидаги халқаро шартномалар тизими. Мазкур суғурта тури бўйича шартнома тузилганлик фактини тасдиқловчи полис. 1949 йилда Европанинг 13та давлати ўртасида яшил карта тўғрисида шартнома тузилган. Ҳозирги пайтда яшил картага аъзо мамлакатлар 30 дан зиёдни ташкил этади. Яшил картага аъзо бўлган мамлакатларда тегишли миллий бюролар ташкил этилган ва у мазкур давлат ҳудудида яшил карта билан боғлиқ ишларни мувофиқлаштириб туради. Ўз навбатида миллий бюролар яшил карта халқаро бюросига бирлашган. Қароргоҳи Лондонда жойлашган.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə