1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


Sug'urta hodisasini ro'y berish ehtimolligi va kutilayotgan sug'urta qoplamalari hajmini aniqlash tartibi tavsiflab bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə12/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

2. Sug'urta hodisasini ro'y berish ehtimolligi va kutilayotgan sug'urta qoplamalari hajmini aniqlash tartibi tavsiflab bering.
Xususan. tariflarni belgilashda har bir shartnoma bo'yicha quyidagi:
- sug'urta hodisasi yuz berishi ehtimoli:
- sug'urta mukofotining o'rtacha kattaligi;
- to'lanishi ehtimol bo'lgan sug'urta qoplamasining o'rtacha summasi kabi
omillar e’tiborga olinadi.
Sug'urta to'lovlari hajmining hisob-kitoblari aynan bir mamlakat. alohida bir hududning o'ziga xos tomonlarini inobatga olgari holda. shuningdek risk yuz borishi ehtimolining vaqt va kenglikdagi xilnta-xilligi asosida aniqlanadi. Masalan, sug'urtalangan obyektlar soni 100 ta, har bir obyekt bo'yicha sug'urta suntmasi 2 min. so'm bo'lsa, risk ehtimoli 2 foiz darajasida (0,02 x 100 x 2 min. so'm) hamda zarar sug'urta summasiga teng yoki undan katta bo'lganida. mazkur umumiy sug'urta doirasidagi bu sug'urta turi bo'yicha yillik sug'urta qoplamasi, ya’ni netto-stavka aynan 4 min so'mni tashkil etadi.
Aniqlangan sug'urta qoplamasini sug'urtalangan obyektlar soniga bo'lsak, umumiy sug'urta zaxirasiga har bir sug'urtalanuvchi tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan sug'urta mukofoti 40 ming so'm (0,02 x 2 min so'm) ekanligi aniqlanadi. Har bir sug'urtalanuvchi aynan shuncha sug'urta mukofotini to'Iashi kerak. Sug'urta summasining birligi sifatida 1000, 100 yoki 1 so'm olinishi mumkin.
Tarif stavkasi yordamida har bir sug'urtalanuvchi tomonidan sug'urta shartnomasi bo'yicha to'Iashi kerak bo'lgan sug'urta mukofoti aniqlanadi. Buning uchun shartnomada qavd ctilgan sug'urta summasi tarif stavkasiga ko'paytiriladi.
Sug'urta tarifi stavkasi sug'urta summasiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Uning to'g'ri hisoblab chiqilganligi muhimdir. Sug'urtachi sug'urta tarifi asosida undirilgan sug'urta mukofotlari hisobidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to'liq hajmda bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni sug'urta faoliyatini amalga oshirish xarajatlarini qoplaydi.
Sug'urta risklari sezilarli darajada kam yuz bergan yoki sug'urta hodisasi oqibatida ko'rilgan zarar ko'lami katta bo'lmagan yillar hisobiga sug'urtachining daromad (foyda) olish ehtimoli ortadi. SHuni ham nazarda tutish Iozimki, aniq natijalar hisob-kitobida hisobot davri davomida xabar qilingan, ammo sug'urta qoplamasi amalga oshirilmagan zarar sug'urta tashkiloti faoliyatining moliyaviy ko'rsatkichlariga ham sezilarli ta’sir etadi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə