1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


Abandon, Adjaster va Addendum tushunchalarining iqtisodiy mazmun va mohiyatini yoritib bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə20/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

3. Abandon, Adjaster va Addendum tushunchalarining iqtisodiy mazmun va mohiyatini yoritib bering.Adjaster sug'urtalovchining (sug'urta qildiruvchining) topshirig'i bo'yicha sug'urta hodisasi yuz berganidan keyin sug'urta obyektini ko'zdan kechirish va tekshirish. sug'urta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish. sug'urta obyektining shikastlanish sabablarini va sug'urta hodisasi mavjudligini aniqlash. sug'urta hodisasi mavjud bo‘lgan taqdirda - sug'urta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilash. to'lanishi kerak bo'lgan sug'urta tovoni summasini aniqlash va sug'urtalovchi uchun sug'urta hodisasi bo'yicha xulosa tuzish xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik yoki professional bilim va malakaga ega bo'lgan jismoniy shaxsdir. Sug'urta hodisasi vuz bergan bermaganligini. sug'urtalanuvchining sug'urta hodisasi ro'y berishiga daxldorligi. zarar miqdori va xususiyatlarini, sug'urta hodisasi yuz berishining sabablari va shart-sharoitlari. tomonlaming da’vo qilishi yoxud boshqa vaj keltirishiga asos boiadigan holatlar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash adjasteming majburiyatlariga kiritilishi mumkin. Adjasteming sug'urta syurveyeridan asosiy farqi shundaki syurveyer molmulkni sug‘urta shartnomasi tuzilgunga qadar ko‘zdan kechirsa, adjaster sug'urtalangan mol-mulkni zarar yetganidan so'ng o‘rganadi.Abandon - to'liq miqdordagi sug'urta summasini olish uchun sug'urtalanuvchining sug'urtalangan mol-mulkdan sug'urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug'urtalangan kema nobud bo'lganda, u xabarsiz yo'qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to'g'risidagi ariza voqea-hodisa ro'y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerakAddendum-tomonlar o`rtasida oldin kelishilgan shartlarga O`zgartirishlar kiritilgan oldin tuzilgan sug`urta shartnomasiga yoki qayta sug`urtalash shartnomasiga yozma qo`shimcha.
9-variant
1. Sug'urta tashkiloti moliyaviy natijasi shakllanishining o'ziga xos jihatlarini tariflab bering.Sug‘urta tashkilotlarining daromadlari sug‘urta operatsiyalaridan, investitsiya faoliyati va boshqalardan olinishi mumkin. Sug‘urta operatsiyalaridan daromadlar sug‘urta to‘lovlari asosida shakllanadi. Sug‘urta to‘lovi sug‘urta xizmatining sotish bahosini bildiradi, uni kalkulyatsiya bahosidan farqlash lozim. Gosstraxning monopol faoliyati davrida kalkulyatsion baho bir vaqtning o‘zida sotish bahosi ham hisoblangan, u vaqtda to‘laqonli bozor munosabatlari bo‘lmagan. Sug‘urta to‘lovlari – bu sug‘urta tashkilotining birlamchi daromadi va mablag‘larning keyingi aylanishi asosi, investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha sug‘urtalanuvchilarning to‘lovlari sug‘urtalovchilarda uzoq davr saqlanadi. nvestitsiyadan foyda - bu sug‘urta tashkilotining nosug‘urta xarakterdagi xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishdan olgan foydasi. Investitsiyalar orqali foyda olish sug‘urtalovchining asosiy maqsadi hisoblanmaydi, biroq bu foyda sug‘urta mas’uliyatlarini kengaytirish va alohida sug‘urta turlari bo‘yicha tariflarni pasaytirish, sug‘urtalovchining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sug‘urta ishini rivojlantirishning boshqa yo‘nalishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə