1. Xarakter haqida tushuncha


Xarakterning fiziologik asoslari



Yüklə 20,06 Kb.
səhifə2/4
tarix30.05.2023
ölçüsü20,06 Kb.
#114169
1   2   3   4
Xarakter haqida tushuncha

2.Xarakterning fiziologik asoslari

Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.

Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo’lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida asab tizimining o’zgargan xususiyatlaridan iborat. hayvon asab faoliyatining tug’ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon tug’ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g’oyat xilma-xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyat orqali muqarrar javob berishi lozim bo’ladiki, ko’pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Shu sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta'siri ostida hosil bo’lgan o’zgarishlarning qotishmasi-fenotip xarakteridir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo’lib qolgan xususiyatlarning, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-fiziologik asosidir. Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun I.P.Pavlovning ikkinchi signal tizimi haqidagi ta'limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo’lish bilan birga, kishi xulqini ham idora qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o’z burchiga sadoqatli bo’lishlarini o’z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter psixologiyasining mazmuni o’zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir. Xarakterning mazmunini tashkil qilgan


tomonlarini yoritilishi tufayli, psixologiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.
Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sharoitlaridan biri - xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi o’rtasida o’xshashlik bo’yicha taxminiy xulosa chiqarishdir. Ma'lumki, I.P.Pavlov ilmiy maktabi materiallarida e'tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida ovqatlanish orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta'sir qilish tufayli mustahkamlashda aynan bir hayvonda bir xil shartli qo’zg’ovchiga javoban ikki xil dinamik stereotipni hosil qilish mumkin.
Xarakter stereotiplar va so’lak ajralishidan iborat
Xarakter tarkibi
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan iborat emas, balki o’zaro bir-biriga bog’liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo’lishlik notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma'lum bo’lsa, uning dili (ko’ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson kamtar, mo’min, yuvosh xususiyatli bo’lsa, albatta u ko’ngilchan ekanligi ko’nglimizga keladi.
Odatda psixik xususiyatlarning o’zaro bog’liq tizimi simptomokomplekslar (omillar) deyiladi. "Simptom" yunon symptoma belgi, mos tushish, "kompleks" lotincha, aloqa, majmua degan ma'no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim o’ziga ishonish o’zidan mag’rurlanish, maqtanchoklik, o’zbilarmonlik, urushqoqlik, kek saqlash kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi shaxslar o’zlarining kamtarinligi, ko’ngilchanligi, iltifotliligi, dilkashligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxsning bir xil munosabati xarakter xislatlarining o’zaro bir-biriga bog’liqligini bildiradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to’rtta tizimi farqlanadi.
 Jamoa va ayrim odamlarga bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik va shu kabilar).
 Mehnatga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga ma'suliyat yoki ma'suliyatsizlik bilan munosabatda bo’lishi kabilar).
 Narsalarga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (ozodalik va ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda bo’lish kabilar).
 Odamning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag’rurlik, o’zini katta olish, kamtarlik kabilar).

Xarakter aktsentuatsiyasi


Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg’u berilishi) deb ataladi.
Xarakterga ortiqcha urg’u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridan biri sanaladi. Bunda individda boshqalariga nisbatan barqarorlik bo’lgani holda bir xil stressogen (qattiq hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Xarakterning aksentuatsiyasi o’ta noqulay vaziyatlarda patologik buzilishlarga va shaxs xulq-atvorining o’zgarishlariga, psixopatiyaga olib borishi (xarakter shaxsning adekvat ijtimoiy adaptasiyaga to’sqinlik qiluvchi va amalda takrorlanmaydigan patologiyasi, garchi to’g’ri davolash sharoitlarida ba'zi tuzatishlarga berilsa ham) mumkin, lekin uni patologiyaga oid deb hisoblash noo’rindir.
Xarakter tipologiyasi
Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor urinib ko’rilgan. Nemis psixologi va psixiatri E.Krechmer tomonidan XX asr boshlarida tavsiya etilgan tipologiya eng mashhur va dastlabki urinishlardan biri edi. Keyinchalik uning hamkasblari U.Sheldon, E.Fromm, K.Leongard va A.E.Lichkolar tomonidan ham shunday tipologiyalar tavsiya etilgan. Inson xarakterining barcha tipologiyalari quyidagi asosiy g’oyalarga muvofiq tarzda tashkil etilgan.
1.Inson xarakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida namoyon bo’la boshlaydi va butun hayot davomida barqaror bo’lib boradi.
2.Xarakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushgan emas. Ular xarakter tipologiyasini tuzish imkonini beruvchi bir-biridan farq qiluvchi tiplardan iborat.
3.Mazkur tipologiyaga ko’ra ko’pchilik kishilarni ma'lum guruhlarga birlashtirish mumkin.


Yüklə 20,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə