1. Xarakter haqida tushuncha


Xarakter borasidagi nazariyalar



Yüklə 20,06 Kb.
səhifə3/4
tarix30.05.2023
ölçüsü20,06 Kb.
#114169
1   2   3   4
Xarakter haqida tushuncha

3.Xarakter borasidagi nazariyalar.

Xarakter borasidagi ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib tarqaladi. Xususan, Arastu va Aflotun kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar. Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz yotardi. Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan, Arastuning aytishi bo’yicha, buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni bildiradi, chuchqanikiga o’xshash teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni, arslonniki kabi burun mag’rurlikni, echkilar, g’ylar, va qyonlarniki singari junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va yovvoyi chuchqalarniki kabi junning dag’alligi botirlikni anglatadi.


Xarakterni aniqlashning bu va shunga o’xshash fiziologik tizimi aql-sadosini biz, masalan, o’rta asrlik Suriyalik yozuvchi Abul-Faraj Bar Ebreyda ko’ramiz. Uning kitobida shunday ko’rsatma mujassamlashgandir: "Yo’g’on va kalta bo’yli kishi bo’yval singari qahr g’azabga kelishi moyilligiga ega". Uzun va ingichka bo’yli qo’rqoqlik alomati. Bunday kishi bug’u singari hurkadigan bo’ladiki, "Qaysi birining bo’yni juda kichik bo’lsa, tulki singari makkor bo’ladi".
Xarakterning shakllanishi
Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo’lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi (egizaklar). Egizaklar temperament xususiyatlari jihatdan o’xshasalar ham xarakter xislatlari bir-biridan farq qiladi. Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi.


Glossary

Genotip (yunon. Genos - kelib chiqish, typos - namuna) - ota - onadan farzandga o’tadigan genlar majmui, irsiy asosi.
Dinamik stereotip (yunon. dynamikos - kuchli, stereos - qattiq tipos - iz) - bosh miya katta yarim sharlarining faoliyatini yaxlitlab turish turi bo’lib, u shartli reflekslarning ketma-ketligini ta'minlab turadi.

Yüklə 20,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə