1. Xufyona iqtisodiyot tarkibi


 Xufyona bozor institutsional tizim sifatida



Yüklə 394,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix09.10.2023
ölçüsü394,74 Kb.
#126446
1   2   3   4   5   6
1 — копия

 
4. Xufyona bozor institutsional tizim sifatida 
Xufyona sektor bilan bog`liq eng katta xavf bu bozor konstitutsiyasidan keskin 
farq qiluvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning alohida me’yorlarining 
shakllanishdir. Xufyona me’yorlarning asosida ularning amal qilishi hududiy jihatdan 
va G’ yoki shaxslarning ma’lum doirasi tomonidan chegaralangan ijtimoiy 
mexanizmlar yotadi - qonunga bo`ysunish me’yorlarining mavjud emasligi, 
me’yorlarning amal qilishini ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, barcha iqtisodiy 
sub’ektlarga tarqatishga imkon bermaydi. 
Xufyona me’yorlarning yozilmagan va lokal xususiyati tufayli xufyona bitimlar 
tuzish uchun universal o`yin qoidalarini ifodalab bo`lmasa-da, xufyona iqtisodiyot 
«konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. Misol tariqasida Italiya, 
Sitsiliya, Kalabriya va Kampaniyani olamiz: rivojlangan xufyona sektorga ega 
bo`lgan ushbu mintaqa iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi o`rganilgan. 
Davlatning (dastlab Ispaniya, so`ngra Italiya davlatining) kam ishtiroki va uning 
mahalliy aholining turmushini va mulkchilik huquqlarini himoyalashni ta’minlashga 
layoqatsizligi Italiya janubi tarixiy rivojlanishining muhim omillari bo`ldi. Davlat 
ushbu mintaqalarning uzoqda joylashganligi va o`zi olib boradigan «bo`lib ol va 
hokimiyat o`rnat» siyosat tufayli ularning mavjudligi haqida shunchaki unutib qo`ydi.
Shuning uchun, ayniqsa feodal huquqning bekor qilinishi va mayda mulkdorlar 


sinfining shakllanishi munosabati bilan mulkchilik huquqlarini tafsirlash va 
shartnomalar 
bajarilishini 
ta’minlashning davlatning aralashuviga muqobil 
mexanizmari talab etildi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash bo`yicha 
davlatga muqobil institut sifatida mafiya haqida dastlabki tilga olinishi feodalizmdan 
mayda va o`rta yer mulkchiligiga o`tishning aynan shu pallasiga taalluqli. «Mafiya» 
atamasi odatda turli ma’nolarda va turli xildagi hodisalarni yoritish uchun 
qo`llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan bitimlarni tuzishda amalga 
oshiriladigan xatti-harakatning alohida me’yorlari va na’munalarini belgilash uchun 
foydalaniladi. Ya’ni, mafiya rasmiy tashkilot bo`lmasada, xatti-harakat va 
hukmdorlik munosabatlarining alohida xili hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya 
institut sifatida shaxslarga o`zining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi 
faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi o`yin qoidalarining yig`indisidir. 
Birinchi me’yor «o`yin konstitutsiyasi» o`zaro hamkorlik maqsadlarini 
aniqlashga taalluqli, uni sha’n me’yori sifatida ifodalash mumkin. Agar mafiyaning 
avjiga chiqqan klassik davri (1890-1970 yillar)da Italiya janubi aholisining asosiy 
maqsadi o`zining foydaliligini oshirishdan emas, balki o`z sha’nini va o`z oilasining 
sha’nini saqlab qolishdan iborat bo`lgan. Hatto o`zini mafiya deb hisoblagan 
insonning o`zini nomlashi – «sha’n odami» - uning faoliyati maqsadining an’anaviy 
xususiyatini tasdiqlagan. Kelishuvlar nazariyasi atamasidan foydalangan holda, sha’n 
me’yorini an’anaviy kelishuv jumlasiga kiritish mumkin, chunki gap oilaning sha’ni 
va obro`si haqida, birinchi galda, er-xotinning sha’ni haqida ketayapti. Sha’nning 
yo`qotilishi ijtimoiy o`zaro munosabatlar sohasidan chiqarilishga olib keladi – uni 
yo`qotgan insonlar hatto alohida, qishloqlarning chekkalarida yashashadi va faqat o`z 
muhiti doirasida muloqatda bo`lishadi. Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi 
muvaffaqiyat ham mustaqil qadr-qimmat emas, balki sha’n belgisi sifatida ko`rib 
chiqiladi. 
Agar utilitarizm me’yorini oqilona harakat me’yori to`ldirsa, u holda sha’nni 
himoya qilish va tasdiqlashning asosiy vositasi – «hasad raqobatchiligi», erkaklar ega 
bo`lgan zulm o`tkazish salohiyatini doimiy ravishda taqqoslash (ta’kidlash lozimki, 
mafiyaning madaniy sohasi – «machizm», ya’ni erkakka sig`inish). Shaxs tomonidan 


kontragentlar ehtiyojlarini qondirish orqali foydalilikni oshirishning bozor tamoyili 
(unga ko`ra almashuvning barcha ishtirokchilari yutadi)dan farqli o`laroq, hasad 
raqobatchiligida ikkita g`olib bo`lishi mumkin emas: faqat bitta g`olib mavjud - 
qolganlar hammasi – mag`lublar. Kundalik turmushni tartibga soluvchi vosita sifatida 
zulm o`tkazishdan foydalanish uchun taqiqlarning mavjud emasligi, zulm o`tkazishni 
monopollashtirishga urinish iqtisodiy sohadagi mafiya vakillarining xatti-
harakatlariga ham o`z ta’sirini o`tkazmoqda. Mafiya bilan bog`liq tadbirkorda foyda 
olishga cheklashlar oshkora tadbirkornikiga qaraganda kam. Xufyona tadbirkor zarur 
hollarda zulm qo`llanilishi bilan to`xtab qolmaydi, oshkora tadbirkor esa zulm 
o`tkazish uchun davlat monopoliyasi oqibatida erkinlikning ushbu darajasidan 
mahrum etilgan. Shuning uchun mafiya bilan bog`liq korxonalarning raqobat jihatdan 
ustunliklari raqobat natijasida emas, balki lokal monopoliyani hosil qilish va 
raqobatni cheklash natijasida yuzaga keladi. Mafiya qoidalari bo`yicha faoliyat 
ko`rsatuvchi bozor mukammal raqobat shartlaridan yiroqlashadi, bunday 
qoidalarning mavjud bo`lishi iqtisodiy mexanizmlarning amal qilishi tartibini 
o`zgartiradi. 
Navbatdagi me’yor – ishonch – an’anaviy xususiyatga ega, chunki u oila 
doirasida lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch bo`lmasa, uning boshlig`ining 
sha’ni tushunchasi o`z kuchini yo`qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an’anaviy 
tarzda oila turmushining bazaviy tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning 
tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor konstitutsiyasida ko`zda tutilganidek, 
oqilona harakatning sharti bo`lishi mumkin emas. Mafiyaning bazaviy tashkiliy 
birligi – sossa – 15-20 (ko`pi bilan 70-80, kamida 7) kishidan iborat va oila-
qarindoshchilik aloqalari asosida shakllanadigan guruhni o`zida namoyon etadi. 
Sossa faoliyati doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a’zolari bilan do`stona 
munosabatlar yoki «patron-mijoz» munosabatlari orqali bog`liq. 
Oila ichidagi munosabatlarni qurish uchun foydalaniladigan ishonch mafiyaning 
iqtisodiy faoliyatini ham belgilab beradi. Mafiya bilan bog`liq tadbirkorlarning yana 
bir raqobat jihatdan ustunligi bo`lib ishonch asosida shartnoma munosabatlarini 
qurish hisoblanadi – mafiya shartnoma majburiyatlari bajarilishining eng yaxshi 


kafolati hisoblanadi. D.Gambetta yozganidek, mafiyani bozorning ishonchning 
«tabiiy» darajasi haddan ziyod past bo`lgan va bitim tuzish imkonini bermaydigan 
sektorlarida va ana shunday mintaqalarda (Italiya Janubida bunday holat o`rin tutadi) 
ishonchni tug`dirish, reklama qilish va sotish bilan shug`ullanuvchi alohida korxona 
sifatida namoyon etish mumkin. Shuningdek, ishonch tanqisligi sharoitida amalga 
oshiriladigan oshkora tovarlar bilan istalgan xufyona bitimlarga va taqiqlangan 
tovarlar (qurol, giyohvandlik moddalari) bilan istalgan bitimlarga ham e’tibor 
qaratiladi. Tovar sifatida ishonchning o`ziga xos jihatini hisobga olgan holda, mafiya 
uni sotishni g`oyrioddiy usul bilan – oila-qarindoshchilik, do`stona yoki mijozlik 
aloqalari sohasiga manfaatdor tadbirkorni aralashtirish orqali amalga oshiradi. 
Xususan, mafiyaning iqtisodiy faoliyatini yoritish uchun ko`pincha mafiyaning 
oilaviy aloqalari asosida tashkil etiladigan «tarmoq» tushunchasidan foydalaniladi. 
Aynan o`zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchi tarmoqlar doirasida «o`zlariniki» 
o`rtasida yuqori ishonch salohiyatidan foydalanuvchi mafiyaning asosiy iqtisodiy 
faoliyati amalga oshiriladi. 
Bitimlar bo`yicha hamkorlarni «o`ziniki» va «begona» toifasiga bo`lish prinsipial 
jihatdan muhim, bu yerda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat haqida boradi. 
«O`ziniki» doirasida sha’n va obro`ga birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali erishiladi va 
himoya qilinadi, munosabatlar ishonch asosida quriladi. «O`ziniki» va «begona» 
o`rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo`lishi muqarrar, ishonch esa dushmanlik va 
zulmga o`z o`rnini bo`shatib beradi. Xatti-harakatning ikki yoqlama standarti 
mantiqiga yana bir muhim me’yor – maxfiylik kiritiladi. Ushbu me’yor tashqi olam 
bilan, ayniqsa davlat vakillari bilan munosabatlarda to`liq yopiqlikni belgilab beradi, 
uning teskari tomoni sifatida to`liq ochiqlik va oila a’zolaridan faqat haqiqatni 
gapirishni talab qilish ishtirok etadi. Haqiqiy mafiozlar hamma vaqt jim turishadi. 

Yüklə 394,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə