1. Xufyona iqtisodiyot tarkibi


 Qonunga bo`ysunish bahosi



Yüklə 394,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix09.10.2023
ölçüsü394,74 Kb.
#126446
1   2   3   4   5   6
1 — копия

 
2. Qonunga bo`ysunish bahosi 
Oshkora (qonuniy ravishda) qayd etilgan huquqlarga ega bo`lgan 
almashuvning yuqori darajadagi transaksiya xarajatlari hamma vaqt ham eng samarali 
mulkdorlarga mulkchilikning zarur huquqlariga egalik qilish imkonini bermaydi. Bu 
hol almashuv umuman sodir bo`lmayotganligini va iqtisodiy agentlar mulkchilik 
tarkibi nooptimalligicha qolishiga rozi bo`lganligini anglatmaydi. Aksincha, iqtisodiy 
agentlarning muqobil qarorni qidirishi mulkchilik huquqlarini tafsirlashga va ular 
bilan xufyona, ya’ni davlatning ishtirokisiz almashishni tashkil qilishga urinishi 
ko`rinishida amalga oshiriladi.
Xufyonalik – shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda yozilgan huquq 
(qonun) me’yorlaridan foydalanishdan bosh tortish va yozilmagan huquqqa, ya’ni 


an’analar va urf-odatlarda qayd etilgan me’yorlarga va mulkchilik huquqlarini 
almashish va himoyalash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq 
doirasidan chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishdan iborat. Mulkchilik 
huquqlarini dastlabki tafsirlash jarayonida davlat uni eng samarali mulkdorlarga bera 
olmaydigan, huquqlar bilan almashish esa yuqori transaksiya xarajatlari tufayli 
mumkin bo`lmagan, taqiqlanadigan darajadagi tang vaziyatdan chiqish yo`li huddi 
shu tariqa topiladi. 
Mulkchilik huquqlarining oshkora va xufyona tizimlari amalga oshirilishiga 
ko`plab misollar mavjud. Buyruqbozlik iqtisodiyotida, qonunda mustahkamlangan 
«mulkchilikning umumxalq xususiyati»ga qaramasdan, asosiy huquqlar ham 
partiyaviy, ham ma’muriy (vazirliklar, yuqori tashkilotlar) byurokratiya qo`lida edi. 
Tegishlicha savdolar va bitimlar shaklini hosil qilgan nizolarni hal etishning muqobil 
mexanizmlari ham mavjud edi, bunda almashuv predmeti sifatida nafaqat tovarlar va 
xizmatlar, balki «jamiyatdagi mavqe, hokimiyat va bo`ysunish, qonunlar va ularni 
buzish huquqi» va hatto ishlab chiqarish davlat rejalari ham ishtirok etgan. 
Perulik olim Ernando de Soto tadqiqotlarida Lotin Amerikasi mamlakatlari
misolida xufyona iqtisodiyot masalalari jiddiy tahlil etilgan. Ularda davlat sud-huquq 
tizimi va u himoya qiladigan mulkchilik huquqlari almashuvlarning faqat kichik bir 
qismi mexanizmini shakllantiradi. Ularda – chakana savdo, jamoat transporti
qurilish va kabi iqtisodiyotning bir qator sektorlar faoliyati mulkchilik huquqlarining 
xufyona tizimiga asoslanadi. Masalan, Peru poytaxti Lima shahrida yangi ko`p 
qavatli turar joy binosini qurish meriyada ruxsat olishdan emas, balki birinchilik 
tamoyili bo`yicha qurilish uchun uchastkani egallab olishdan boshlanadi. Shu tariqa 
mulkchilik huquqlarining o`rnatilishi xufyona qayd etilgan mulkchilik huquqi unvoni 
bilan emas, balki ijtimoiy sanksiyalar va oddiy huquq bilan himoyalanadi. 
Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish birinchi navbatda qonun doirasidagi 
harakat bilan ya’ni, yuqori transaksiya xarajatlari bilan bog`liq. Transaksiya 
xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda, ta’kidlash lozimki, bunda asosan 
shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va 
himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda 


tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni «qonunga bo`ysunish narxi» deya ta’riflaydi. U 
quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro`yxatga olish, litsenziya 
olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo`lish va boshqa 
rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari); 
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog`liq xarajatlar 
(soliqlarni to`lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish (ish 
kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida 
nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to`lash). 
Ta’kidlash joizki, qonunga bo`ysunish narxi nafaqat to`g`ridan-to`g`ri 
xarajatlarni, balki u yoki bu tadbirlarni bajarish uchun vaqt sarflarini ham o`z ichiga 
oladi. Bunda uning aynan ushbu tarkibiy qismi qator holatlarda juda katta bo`ladi. 
Masalan, Lima shahrida uy-joyni qurish uchun ruxsat olish tadbiri taxminan 4 yilu 1 
oy, mayda ulgurji bozorini tashkil qilish uchun ruxsat olish 17 yil, kichik do`konni 
ochish uchun ruxsat olish 43 kun vaqtni olgan. «Uchinchi dunyo» ayrim 
mamlakatlarida yuridik shaxsni ro`yxatga olish uchun talab etiladigan xarajatlar 6.1-
jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 394,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə