1. Xufyona iqtisodiyot tarkibi



Yüklə 394,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix09.10.2023
ölçüsü394,74 Kb.
#126446
1   2   3   4   5   6
1 — копия

 6.1-jadval. 
Ayrim mamlakatlarda yuridik shaxsni ro`yxatga olish xarajatlari 
Mamlakatlar 
Vaqt sarfi 
(kunda) 
Pul shaklidagi xarajatlar 
(kutilayotgan yillik foydaga 
nisbatan %da) 
Boliviya 
15-30 
0,3-3 
Braziliya 
31-60 
3-8 
Chili 
12-65 
3-6 
Ekvador 
60-240 
15-24 
Meksika 
83-240 

Urugvay 
75-90 
6-160 
Gvatemala 
179-525 
4-9 
Venesuela 
170-310 
6-24 


1998 yilda Rossiyada korxonani ro`yxatga olish uchun vaqt sarfi unchalik katta 
emas, lekin shu bilan birga qonun doirasida faoliyatni davom ettirish xarajatlari 
taqiqlanadigan darajada yuqori bo`lgan. Birinchi navbatda bu soliq to`lovlariga 
taalluqli bo`lib, qo`shilgan qiymat solig`i 20 foizni, aylanmadan to`lanadigan soliq 4 
foizni, foyda solig`ining o`rtacha stavkasi 35 foizni, ish haqi fondiga to`lovlar (shu 
jumladan daromad solig`i va byudjetdan tashqari fondlarga to`lovlar) 60 foizni 
tashkil qilgan. Ushbu raqamlarni «uchinchi dunyo» mamlakatlariga xos bo`lgan 
qonun doirasida faoliyatni davom ettirish xarajatlari miqdori bilan solishtirish 
mumkin (6.2-jadval). Aynan qonunga bo`ysunishning yuqori narxi korxonaning 
kundalik faoliyat ko`rsatishini ta’minlash uchun qonun me’yorlarini qo`llashning past 
foizini izohlaydi. 
6.2-jadval. 
Ayrim 
mamlakatlarda 
qonunchilik 
me’yorlariga 
amal 
qiluvchi 
korxonalarning ulushi (%da) 
 
Mamlakat-
lar 
Pat
en

h
u
q
u
q

Y
er 
so
li
g
`i
Fo
y
d

so
li
g
`i
Q
Q
S
E
n
g
k
am i
sh
ha
q

Meh
n
at
x
av
fs
iz
li
g

Is
h
k
u
n

n
in
g
uz
u
n
li
g

Ij
ti
m
o
iy
h
im
o
y

Jazoir 
n.d. 
53 
83 
83 
54 
29 
30 
58 
Ekvador 
72 
n.d. 
63 
40 
87 
n.d. 
49 
36 
Yamayka 
n.d. 
p.d. 
p.d. 
p.d. 
46 
27 
33 
20 
Niger 
66 
29 

12 




Tailand 
n.d. 
20 
60 
n.d. 
34 
42 
33 
40 
Tunis 
85 
75 
n.d. 
n.d. 
26 
52 
60 
49 
Svazilend 
54 
n.d. 
16 
39 
16 
19 
41 

 
3. Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari 
Endi iqtisodiyotning xufyona sektori mavjud bo`lishi bilan shartlangan umuman 
iqtisodiy tizim uchun oqibatlarni muhokama qilish zarur. Ijobiy oqibatlar jumlasiga, 
birinchidan, xufyona xo`jalik faoliyatining barqarorlashtiruvchi rolini kiritish lozim. 


Ushbu barqarorlashtiruvchi rol ayniqsa buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida yaqqol 
namoyon bo`ladi. «Dastlabki iqtisodiyot» qondira olmaydigan talab xufyona iqtisodiy 
faoliyat sohasidagi mahsulot va xizmatlar uchun barcha narsalarni hazm qiluvchi 
bozorni barpo etadi. Biroq xufyona sektorning barqarorlashtiruvchi roli oshkora 
iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o`tishda ham saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda xufyona sektorning katta o`lchamlari ishlab chiqarishdagi pasayishlar 
va jahon bozorlaridagi tangliklarni yumshatish imkonini beradi. Tangik davrlarida 
xufyona sektor mehnatga haq to`lash darajasining pasayishi hisobidan bandlikni 
avvalgi darajada saqlab turishga qodir: xufyona korxona faoliyat ko`rsatishining 
asosida ijtimoiy (oilaviy-qarindoshchilik, urug`chilik, milliy) aloqalarni qayta tiklash 
yotadi. Bunday qayta tiklash mantiqiga muvofiq ishdan bo`shatishga yo`l qo`yish – 
ijtimoiy aloqalarning buzilishi demakdir. Ushbu vaziyatning paradoksalligi shundan 
iboratki, neoklassik muvazanatga erishish o`z parametrlariga ko`ra neoklassik 
bozordan g`oyat uzoqlashgan bozorga bog`liq. 
Ikkinchidan, xufyona sektorning mavjud bo`lishi oshkora bozorga kirish 
xarajatlari yuqori bo`lganligi tufayli unga talab bo`lmay qolgan tadbirkorlik 
salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fakt shundan iboratki, Peruda oshkora 
tizim xufyona va hatto oshkora tadbirkorlarning ham katta energiyasi va iqtidoridan 
hech qachon foydalanish imkonini bermagan. Masalan, Limada ko`cha savdogarlari 
foydalanadigan sotuv strategiyalari yuqori xarajatlar asosida marketing va narxni 
shakllantirishning eng yaxshi namunalariga savdo korxonalarining siyosatiga 
qaraganda juda yaqin. 
Shunga qaramay, iqtisodiyotning oshkora va xufyona sektorlarining parallel 
ravishda mavjud bo`lishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ham ko`rsatadi. 
Xufyona sektorda texnika bilan qayta jihozlashning foydasizligi tufayli texnik 
taraqqiyot to`xtab qoladi va umuman mehnat unumdorligi pasayadi. Investitsiya 
manbalarining chegaralanligi (faqat u yoki bu ijtimoiy tuzilma ichidagi mavjud 
resurslar investitsiya qilinadi) va mazkur ijtimoiy tuzilmalarga nisbaan tashqi 
sarmoyadorlarning mavjud emasligi sababli investitsiyalarning hajmi ham kamayadi. 
Oshkora iqtisodiyotda qolgan iqtisodiy sub’ektlarga soliq yuki ko`payadi: davlat 


tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar xarajatlari kam sonli soliq to`lovchilarga 
taqsimlanadi. Ushbu vaziyat ikkilanib yurganlarni ham xufyona sektorga o`tishga 
undaydi - qonunga bo`ysunish narxi cheksiz yuqori bo`ladi. Buning natijasida 
oshkora sektor kollansi yuzaga keladi – unda faqat eng yirik korxonalar qoladi, 
chunki ular shunchaki to`liq «soyaga» keta olishmaydi. Bundan tashqari, xufyona 
iqtisodiyotning mavjud bo`lishi izchil makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish 
bo`yicha har qanday chora-tadbirlarni samarasiz qiladi: u g`oyat noadekvat 
indikatorlar va makroiqtisodiy ko`rsatkichlar asosida quriladi. Yuqorida aytilganlar 
pul-kredit siyosatlariga nisbatan juda muhim, chunki naqd pullarning xufyona 
aylanmasi markaziy bank nazorati ostida bo`lmaydi. 

Yüklə 394,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə