1. Xufyona iqtisodiyot tarkibi



Yüklə 394,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix09.10.2023
ölçüsü394,74 Kb.
#126446
1   2   3   4   5   6
1 — копия

Huquqiy sanksiyalardan bosh tortish bilan bog`liq xarajatlar
quyidagilarni o`z 
ichiga oladi: soliq va boshqa moliyaviy maslahatchilar xizmatlariga haq to`lash; 
ishlab chiqarish hajmining cheklanishi va reklama natijasida yo`qotilgan foyda 
(korxona qanchalik katta bo`lsa va u reklama kampaniyasini qanchalik faol yuritsa, 
nazorat qiluvchi organlarning e’tibori doirasiga tushish imkoniyati unda shunchalik 


katta); «ikkiyoqlama» buxgalteriyani yuritish xarajatlari va shu munosabat bilan 
yuzaga keladigan korxonadagi hisob yuritish va nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan 
ko`riladigan yo`qotishlar. 
Daromadlar transferti bilan bog`liq xarajatlar
. Hatto soliqlar to`lashdan bosh 
tortuvchi iqtisodiy sub’ektlar ham o`z faoliyatidan foydali samarani davlat bilan 
baham ko`radi, biroq bunda ular buning evaziga davlatdan hech narsa olishmaydi. 
Gap shundaki, barcha iqtisodiy sub’ektlar bilvosita soliqlar va inflyatsiya solig`ini 
to`lashadi (birinchi navbatda bu xufyona almashuvlar chog`idagi mutlaq naqd 
pullarga taalluqli). Lekin transfertlar bir tomonlama xususiyatga ega – oshkora 
iqtisodiy sub’ektlardan farqli o`laroq, xufyona iqtisodiy sub’ektlar buzilgan 
mulkchilik huquqlarini himoyalash yuzasidan davlatga murojaat eta olishmaydi. 
Bunga, shuningdek, kredit olish bilan bog`liq qiyinchiliklarni ham qo`shimcha qilish 
lozim – chunki o`z faoliyatini yashiruvchi sub’ektlar o`zining kreditga layoqatliligini 
buxgalteriya balansida asoslay olishmaydi. 
Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog`liq 
xarajatlar
. Daromad solig`i, ijtimoiy sug`urta fondiga va pensiya jamg`armasiga 
majburiy to`lovlardan bosh tortish korxonaga ish haqini to`lashga tejash imkonini 
beradi, lekin bunda mehnatning o`rnini sarmoya bilan bosish va texika bilan qayta 
jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi. Arzon mehnat korxonani «yo`ldan 
ozdiradi». Bundan tashqari, qo`shilgan qiymat solig`ini undirish tadbiri xufyona 
faoliyat sohasini faqat ishlab chiqarish zanjirining chetki bo`g`inlari – chakana savdo 
va xomashyoga ishlov berishning boshlang`ich bosqichlari bilan cheklaydi. Chunki 
ishlab 
chiqarish 
jarayonining 
aynan 
boshlang`ich 
bosqichlarida 
QQSni 
to`lamaslikdan ko`riladigan foyda eng ko`p miqdorga yetadi, ayni paytda oraliq 
bosqichlarda oraliq mahsulotning xufyona yotkazib beruvchilari oshkora yetkazib 
beruvchilarga qaraganda yutqazish holatiga tushib qolishadi.
Qonuniy qayd etilgan mulkchilik huquqlarining mavjud emasligi bilan bog`liq 
xarajatlar. Mulkchilik huquqlarini xufyona tafsirlash faqat ijtimoiy sanksiyalar va 
munosabatlarni shaxslashtirish yo`li bilan ijtimoiy tuzilmalar doirasida amalga 
oshirilishi mumkin. Mulkchilik huquqlari oshkora (fuqarolik kelishuvi asosida) emas, 


balki ijtimoiy (an’anaviy kelishuvlar asosida) belgilanadi va himoyalanadi. Shuning 
uchun faqat barcha transaksiyalar ijtimoiy tuzulma - qabila, oila-qarindoshchilik yoki 
qo`shni jamoa, milliy doiralar ichida amalga oshirilganda, huquqlarni almashish va 
himoyalash xarajatlari juda past bo`ladi. «Chetdan» inson ishtirokidagi har qanday 
bitimda mulkchilik huquqlarini himoya qilishning iqtisodiy mexanizmlari amal 
qilmay qoladi. Demak, huquqlar faqat ular ichida eng yuqori narxni to`lashga tayyor 
bo`lgan (ya’ni eng samarali huquq egasi) xaridor topilishi shart bo`lmagan 
insonlarning qat’iy chegaralangan doirasiga mumkin. Kouz teoremasining 
bajarilmasligidan tashqari, mulkchilik huquqlarini kapitallashtirish, huquqlarni erkin 
o`tkazishning ilojsizligi ham ma’lum shaxslar doirasi tomonidan huquqlar bilan 
almashuvni cheklashning natijasi hisoblanadi (o`zboshimchalik bilan egallab olingan 
yer uchastkasini sotishning iloji yo`q). De Soto xufyona qayd etilgan mulkchilik 
huquqlarini ta’riflash uchun «jonsizlantirilgan sarmoya» atamasidan foydalanadi: 
ushbu sarmoyadan garov sifatida foydalanish, uni garovga investitsiya qilish, erkin 
sotish, ba’zan esa shunchaki meros qilib qoldirish mumkin emas. 
Shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan bog`liq xarajatlar

Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda ko`plab iqtisodiy sub’ektlar ishtirok 
etadigan uzoq muddatli loyihalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradi. Chunki 
uzoq muddatli loyihaga mablag`lar qo`yishga undovchi omil bo`lib unda ishtirok 
etuvchi insonlarning shaxsiy nufuzi emas, balki nima bo`lishidan qat’i nazar 
sarmoyadorlarning huquqlari himoyalanishiga ishonch hisoblanadi. Haqiqatdan ham, 
shartnomani qayta ko`rib chiqish zarurati tug`ilgan hollarda ishtirokchilar bitimning 
tomonlarning hech biri undan manfaatdor bo`lmagan barcha ikir-chikirlariga e’tibor 
qaratishi lozim bo`lgan sud yoki arbitrajga murojaat eta olishmaydi. 
Xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bog`liq xarajatlar

Faoliyatni va uning natijalarini qonundan yashirishga urinish xufyona bitim 
ishtirokchilari doirasini mumkin qadar cheklashga undaydi. Xufyona bitim ko`proq 
ikki tomonlama xususiyatga ega. Bitimdan manfaatdor bo`lgan uchinchi shaxslar 
(masalan, stixiyali yuzaga keladigan bozorlar yaqinidagi mavzelar aholisi) uning 
ishtirokchilari doirasidan chiqarilgan va, demak, ularning manfaatlari bitimda 


hisobga olinmaydi. Boshqacha aytganda, zararli foydalanish huquqi, odatda, xufyona 
huquqni tartibga solish sohasidan tashqarida qoladi. 
Nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish xarajatlari
. Oshkora 
sud-huquq tizimi nizolarni hal etishning qator substitutlariga – oilaviy-
qarindoshchilik va mafiya mexanizmlariga ega. Yuzaga kelgan nizolarni hal etish 
uchun ikkala muqobil variantdan ham foydalanish xarajatlar bilan bog`liq. 
Birinchidan, ko`p sonli qarindoshlar, yurtdoshlar va boshqa «o`zinikilar» bilan yaxshi 
munosabatlarni ushlab turish e’tibor belgilarini qaratish uchun vaqt va xizmatlar 
almashish uchun mablag`lar talab qiladi. Ikkinchidan, sud va kuch tuzilmalari 
funksiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga murojaat etish o`ziga xos soliqni to`lash 
zarurati bilan shartlangan. Hatto Italiyada ushbu soliq alohida– pizzo nomiga ega 
bo`lgan. Ushbu soliqning miqdori yo korxona aylanmasiga nisbatan foizlarda, yoki 
mafiya tomonidan biznesni himoyalash va nizolarni hal etish bo`yicha ko`rsatilgan 
xizmatlarga ekvivalnt hisobida hisoblab chiqiladi. Bunda davlatdan farqli ravishda 
mafiya o`z xizmatlarining har bir foydalanuvchisiga «soliqning» alohida miqdorini 
belgilagan holda monopolchini kamsituvchi siyosatni olib borishga qodir bo`ladi. 
Oshkora tuzilmaga qaraganda mafiya faoliyatining lokal xususiyati axborot 
manbalarining ancha keng doirasidan foydalanishidir. 

Yüklə 394,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə