Numonov otabek baxtiyorjon o’G’li yangi o`zbekistonda ijtimoiy siyosat



Yüklə 308,33 Kb.
səhifə1/9
tarix05.06.2023
ölçüsü308,33 Kb.
#115540
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Numonov. bmi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi
Qo’lyozma huquqida
NUMONOV OTABEK BAXTIYORJON O’G’LI
YANGI O`ZBEKISTONDA IJTIMOIY SIYOSAT
5111600 - Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan


BITIRUV MALAKAVIY ISH
Ilmiy rahbar: p.f.d., prof.v.b. O. Mamatov
Namangan 2023

Yangi O’zbekistonda ijtimoiy-siyosat
Kirish………………………………………………………………………………………………….2-6
I BOB. O’zbekistonda ijtimoiy-siyosat taraqqiyoti…………………………….7-23
1.1Jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy-siyosatning ahamiyati ……………………..........7-17
1.2Mustaqillik dastalabki yillarida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosat…………….18-23
II BOB. O’zbekiston ijtimoiy-siyosatida yangi davrning boshlanishi…24-48
2.1O’zbekiston ijtimoiy davlat……………………………………………………………………...24-29
2.2“Inson-jamiyat-davlat” konseptsiyasi……………………………………………………….30-39
2.3Ta’limdagi islohotlar Uchunchi Renessans poydevori……………………………….40-48
Umumiy xulosa……………………………………………………………………………….49-50
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………..51-53

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy siyosat barcha davrlarda, barcha davlatlar siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kelmoqda. Xususan, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, mamlakat hayotida jiddiy o’zgarishlar, tub yangilanishlar yuz bera boshladi. Avval boshdan siyosiy munosabatlarda yangicha tafakkur tarzi shakillandi, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolarning real ishtirokini ta’minlash va uning kafolatli tizimini yaratish mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli islohatlarning asosini tashkil etdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov mamnuniyat bilan: “Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta’minlagan holda, O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldik”1, deb aytgan edi. Haqiqatdan, O’zbekistonda o’tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat tizimi shakllantirildi va uni amaliyotga kengroq tatbiq qilish, takomillashtirish ishlari olib borildi. Bugungi kunda ham ijtimoiy siyosat davlatning muhim masalalaridan bo’lib qolmoqda va islohatlarning amaliy davomi olib borilmoqda.
Endilikda, O’zbekistonda muayyan to’plangan tajribalar ijtimoiy siyosat tizimini davomli takomillashtirib borishni talab etmoqda. Endi ijtimoiy siyosatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish ehtiyoji paydo bo’ldi. Shu munosabat bilan aholini yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan har bir shaxsni ishonchli bo’lgan maqsadli ijtimoiy muhofaza qilishga, ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga izchillik bilan o’tish jarayoni kechmoqda.
Avval boshidan, mamlakatimizda ijtimoiy himoyalashning asossiz tekischilik tizimidan voz kechilib, sharqda ming yillar davomida qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, turmush tarzi va dunyoqarashiga muvofiq keladigan o’ziga xos yo’l tanlab olindi va aholini ijtimoiy himoyalashga yangicha munosabat shakillantirila boshlandi. Ijtimoiy ko’mak berishning yangicha tizimi o’ziga xos “o’zbek modeli” ni tarkibiy qismi bo’ldi. Yani aytilayotgan muvofiqlashtirilgan ijtimoiy ko’mak berishning tizimida mahalla instituti ustuvor mavqega ega bo’ldi. Bu tizim o’z navbatida jamiyatning, yani jamiyatimizning oilalar mustahkamligi, jamoatchilik g’oyalari, jamoa manfaatlarining birligi, ko’pchilik g’oyalari, jamoa manfaatlarining birligi, ko’pchilik fikrining ustunligiga asoslanish kabi muhim jihatlarini o’zida mujassam etdi.
Aholining yordamga muhtoj qatlami yani bolalar, yolg’iz qariyalar, nogironlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish va ularni qo’llab quvvatlash ishlarini aniq mo’ljalli tarzda amalga oshirish har doim zarur vazifa bo’lib kelgan. Shu bois islohatlarning bugungi bosqichida ijtimoiy ko’maklashuv tizimini takomillashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashning ta’sirchan mexanizimini shakillantirish davom ettirilmoqda. Muayyan moddiy yordam aniq oilalarga yetib borishi, jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlariga mo’ljallangan tabaqalashtirilgan yordam bo’lishi va haqiqatan ham, bunday yordamsiz kun kechira olmaydiganlarga bevosita lozimligini hayotning o’zi ko’rsatmoqda. Shuni takidlash kerakki, ijtimoiy siyosatning ijtimoiy yo’nalganligi aholining moddiy kamxarj qatlamlariga yordam ko’rsatishdangina iborat bo’lib qolmay, u jamiyat a’zolarining asosiy ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va ro’yobga chiqarishga qaratilganligi bilan ham diqqatga sazavor bo’lishi kerak. Bugunga kelib aholi va uning ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi o’z tashabbusi, intilishi va masuliyati bilan o’zining ijtimoiy ahvolini yaxshilash va takomillashtirish darajasiga yetdi. Olib borilayotgan islohatlar natijasida shunday imkoniyatlar qo’lga kiritildi. Fuqarolarning dunyoqarashi, mentaliteti o’zgarib ulardagi ijtimoiy boqmandalik va faqat davlatdan yordam kutib yashash kayfiyati barham topmoqda. Albatta bunga teskari xolatlar ham uchrab turibdi, lekin bu unchalik qo’rqinchli emas. Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, kichik korxonalar, firmalar, fermer xo’jaliklari tashkil etish va tadbirkorlikni rag’batlantirish hisobiga esa yillar davomida mamlakatimizda demokratik jamiyatning asosi va tayanchi sifatida o’rta sinf amalda asosan shakllandi. Avval boshidan ijtimoiy sohani tartibga solishda amal qilib kelayotgan ustuvor tamoyillar, xususan, qonun ustuvorligi, islohatlarni bosqichma-bosqich joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosat kabi tamoyillar tizimini rivojlantirish muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning aprel oyi 30- sanasida o’tkazilgan referendum natijasida O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga qator o’zgartirishlar kiritildi. Xususan, qabul qilingan yangi konstitutsiyada O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy davlat deb tilga olinganligi, bu sohada konstitutsiyaga qator o’zgartirishlar kiritilganligi o’z navbatida islohatlarning amaliy davomi bo’la oldi va ayni paytda bu sohadagi islohatlarning mutlaqo yangi davrni ham boshlab berdi. Bizda mamlakatimizning ijtimoiy davlat sifatidagi maqomi asosiy qonunda ko’rsatilmagan edi. Ammo ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohatlar, ehtiyojmand aholining ijtimoiy muhofazasiga qaratilgan siyosat ijtimoiy davlatning tub zamini yaratilganidan dalolat beradi. Davlat budjeti mablag’larining ellik foizidan ortig’i ijtimoiy sohalarga yo’naltirilayotganining o’zi ham buni yaqqol isbotlaydi. Bundan tashqari konstitutsiyada o’z ifodasini topgan ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat prinsipini amalda ta’minlash bo’yicha choraviy tadbirlar davom etmoqda. Xususan, kambag’allikni ikki barobar qisqartirish maqsadida ijtimoiy yordamning yangi va samarali mexanizmlari joriy etildi. Bu haqda gap ketganda, “Temir daftar”, ”Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni, ularga kiritilgan fuqarolar bilan tizimli ishlash yo’lga qo’yilganini alohida aytib o’tish mumkin. Shuningdek ijtimoiy islohatlar haqida gap ketganda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratib o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki jamiyat ravnaqi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ta’limga bevosita bog’liq. Bu soha har doim e’tibor talab qiladi. Uning rivoji uchun sarflangan sarmoya o’n, yuz barobar bo’lib qaytishi taraqqiy etgan davlatlar tajribasidan ma’lum. Albatta eng yaxshi sarmoya ta’limga qilingan sarmoyadir. Ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalash, ilm-fan yutuqlarini hayotga tezkorlik bilan tatbiq etish va uni tijoriylashtirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni ta’limdagi islohatlarga misol qilib keltirsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari maktabgacha ta’limdan oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha sohani tubdan isloh qilish, zamonaviylashtirish, ilg’or xorijiy tajribalarni ijodiy o’zlashtirish masalalarini ham bunga misol qilishimiz mumkin. Yana shuni aytish mumkinki ijtimoiy sohadagi islohotlarni yanada keng ko’lamda davom ettirish davr talabidir.

Yüklə 308,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə