Numonov otabek baxtiyorjon o’G’li yangi o`zbekistonda ijtimoiy siyosat


II BOB. O’zbekiston ijtimoiy-siyosatida yangi davrning boshlanishi



Yüklə 308,33 Kb.
səhifə4/9
tarix05.06.2023
ölçüsü308,33 Kb.
#115540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Numonov. bmi

II BOB. O’zbekiston ijtimoiy-siyosatida yangi davrning boshlanishi
2.1 O’zbekiston ijtimoiy davlat
“Davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishni tubdan takomillashtirish, qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani har tomonlama rivojlantirish borasida jadal suratlarda katta amaliy ishlar amalga oshirildi. Ushbu jarayonlarda jamiyat hayotining barcha sohalarida ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish davlatimizning bosh maqsadi hisoblanadi”11.
“Ana shu tarixiy zarurat va ob’ektiv ijtimoiy siyosiy jarayon, O’zbekistonning barcha sohalaridagi bugungi taraqqiyoti va istiqbolini belgilaydigan strategik tamoyillar hamda amaliy faoliyat dasturlarini yaratish va ularni amalga oshirish uchun nihoyatda muhim asoslar yaratilmoqda”12.
“Ijtimoy adolat tamoyili jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarini qamrab olgan. U davlat va jamiyat erkinlashtirilishining muhim omili, zero biz shunchaki demokratik jamiyat emas, balki odil demokratik jamiyat qurishga harakat qilmoqdamiz”13.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75 va 76-sessiyalarida qilgan murojatida, ayniqsa, pandemiya davrida va undan keyin kambag’allikka qarshi kurashda global say-harakatlarni birlashtirish zarurligini ta’kidlab o’tdi. Prezidentning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga yo’llagan murojatnomasida kambag’allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi. Bu bilan kambag’allik darajasini qisqartirish, insonlar yashash tarzini hamda hayot farovonligini ko’tarish borasida har qaysi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida masalalar ko’tarilgan davlatlar rahbarlarining chiqishlarida va tegishli xalqaro tashkilotlar kun tartibiga kiritilgan. “ Kambag’allikni kamaytirish- bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg’otish, insonning ichki kuch quvvati va salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarish, yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir” deb ta’kidlagan edi murojatda14.
Hozirgi kunda “ O’zbekiston- ijtimoiy davlat” degan tushuncha yuzaga chiqmoqda. Bu yaqin kunlarda o’zgartirilishlar kiritilgan Qomusimiz yani, Konstitutsiyamiz bilan bog’liq. Unda bu tamoyil asosida biz yangi O’zbekiston taraqqiyot bosqichi sari ilgarilashimizga omil bo’ladi. Avvalo ijtimoiy davlat tushunchasini oddiy odamlar yashash tarzi va hayotini yaxshilanishiga ta’sirini o’rganib, insonlar va o’zimizning bu to’g’risidagi tushunchamizni shakillantirib olishimiz kerak bo’ladi.
“Konstitutsiyaviy islohatlarimizning bosh maqsadi inson qadri, xalq manfaatini ta’minlashdir” deb nomlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvdagi nutqida qayd etilganidek, ijtimoiy davlat har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat prinsiplari asosida munosib yashash sharoitlarini yaratib beradi. U ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish bo’yicha samarali siyosat yuritadigan davlat modelidir15.
Ijtimoiy davlat- ko’makka muhtojlar hayot tarzini yaxshilash, uy-joy va yashashi uchun kerak bo’ladigan barcha iste’mol mahsulotlarini eng kam miqdorini belgilaydi. Har bir fuqaroning munosib hayot kechirishi uchun bandligini ta’minlash, yetarlik oylik maoshi, xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirishni nazarda tutadi. Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy davlatda har bir shaxs e’tiborda bo’ladi, ular bilan bog’liq muammolar o’z holicha tashlab qo’yilmaydi. Barchasi ijtimoiy davlat nazoratida bo’ladi16.
Yangi taraqqiyot davrida yurtimizda “Inson qadri uchun” g’oyasi asosida aholi farovonligini oshirish borasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi yangi temir tizimi yaratilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo’llab –quvvatlash bo’yicha faol harakatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur doirasida aholining daromadini oshirish va bandligini ta’minlash, ishsiz layoqatli aholani ayniqsa, yoshlarni kasb-hunarga o’rgatish, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko’maklashish, moddiy –ijtimoiy yordam ko’rsatish borasida amaliy ishlar qilindi.
Jumladan, o’tgan davr mobaynida “Temir daftarga” kiritilgan 651 ming oila, ularning 2,7 mln nafardan ortiq a’zolarining 705,2 ming nafar mehnatga layoqatli ishsizlari bandligini taminlash orqali 601,3 ming oila “Temir daftar” dan chiqarildi. Daftarga kiritilgan oilalarning daromad manbaini yaratish choralari ko’rildi. Xususan, 96,6 ming nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, 34,7 ming nafar fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ydi. Shuningdek, 16,5 ming nafar fuqarolar kasb-hunarga o’qitildi. Bundan tashqari turli xil saxovat jamg’armalari mablag’i hisobidan “Temir daftar”ga kiritilgan 293,2 ming oilaga 279,7 mlrd so’m moddiy yordam ko’rsatildi17.
Kambag’allik borasida xalqaro hujjat qabul qilinmagan, ammo BMTning kimni kambag’al deb hisoblash bo’yicha tushuncha mavjud. U bo’yicha “ Kambag’allik inson hayoti davomida tanlov va imkoniyatlarga ega bo’lmasligi, jamiyatda to’laqonli ishtirok etish uchun to’siqlar mavjudligi, oilasini boqishi va kiyintirish, ta’lim olish va davolanishi, xavf- xatarlar oldida chorasizligi, mehnat bilan ta’minlash imkoniyatlari yetishmasligida namoyon bo’ladi”-deb ko’rsatilgan. Umuman olganda kambag’allik tushunchasiga berilgan ko’plab ta’rif va ma’nolarni umumlashtirib, quyidagicha ifodalash mumkin. Kambag’allik – har bir fuqaroning o’z va oilasining to’laqonli munosib hayot kechirishi uchun daromadining va hayot xavfsizligi ta’minlash imkoniyatining yetishmovchiligini tushunamiz. Bir so’z bilan aytganda, kambag’allikni keltirib chiqaruvchi sabablar yurtimizda inson salohiyatini va ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishi hamda xalqning iqtisodiy faoliyatiga ta’sir qiladi.
Kuchli ijtimoiy siyosat bu davlat institutlari ijtimoiy manbalarni jamiyatning kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda eng zaif a’zolari foydasiga taqsimlashiga aytiladi18. Keyingi yillarda mamlakatimizda ushbu borada amalga oshirilayotgan ishlar jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholanmoqda. Bir so’z bilan aytganda, mamlakatimizda ushbu borada amalga oshirilayotgan ishlar ijtimoiy adolat tushunchasiga mos keladigan davlat siyosatini modeli sifatida tanlanganini ta’kidlash mumkin.
O‘tgan davr qaysidir jihati bilan kimningdir esida qolgani aniq. Masalan, kim uchundir og‘riqli nuqtaga aylangan majburiy mehnat, asosiy vaqtini paxta dalasida o‘tkazish, nohaq tuhmat yoinki, aybdorligi isbotlanmagan shaxslar ham ehtiyot chorasi uchun qamoqqa olinishi, ta’lim emas, “qora” mehnat bolalar uchun ham birinchi masalaga aylangan davrlar. Ijtimoiy nafaqa yoki maoshi berilgan plastik kartasini naqd pul ko‘rinishida almashtirish uchun aholining sarson yurganlari. Biroq bularning bari so‘nggi yillardagi o‘zgarish va rivojlanish tufayli ortda qoldi. Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga ham 30 yildan oshdiki, bu yillar oralig‘ida ijtimoiy hayotda, iqtisodiy sohalarda, siyosiy va xorijiy munosabatlarda tubdan o‘zgarish va yangilanishlar bo‘ldi. Rivojlanish tendensiyalari shiddat bilan globallashib, zamonaviy qiyofa kasb etayotgan bir davrda o‘z-o‘zidan konstitutsiyaga ham o‘zgartirish va yangiliklar kiritishni davrning o‘zi taqozo qildi. Va bu borada yurtimizda katta siyosiy jarayon boshlab yuborildi va amaldagi konstitutsiyaga ko‘plab o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun qonun loyihasi xalq muhokamasiga qo‘yilib, fuqarolarning takliflari, tashabbuslari asosida yangi Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi.
Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga o‘zgartirildi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Bir narsani alohida aytish kerakki, Konstitutsiyaning bu matni olim-u mutaxassislar tomonidan faqat kabinetlarda yaratilmadi. Balki, dastavval ikki bosqichda xalqimizning fikri, takliflari oʻrganildi, shundan soʻnggina Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumini o‘tkazish joriy yilning 30-apreliga belgilandi va joylarda ushbu qonun loyihasining mazmun-mohiyati, kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni fuqarolarga yaqindan tanishtirish maqsadida, joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Konstitutsiyada Oʻzbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qoʻyildi. Kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga gʻamxoʻrlik – davlat siyosatining muhim yoʻnalishi qilib belgilandi. Tariximizda ilk bora Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat deb belgilandi. Ya’ni, insonga e’tibor hamda gʻamxoʻrlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlandi.
Konstitutsiyada kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish boʻyicha davlat oʻziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilandi. Umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bogʻliq Konstitutsiyadagi normalar 3 barobar koʻpaytirildi. Aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham loyihaga kiritildi. Umuman, loyihada aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq normalar 4 barobar koʻpaytirildi. Bu aholi sogʻligʻini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar oʻlimi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir. Yana bir muhim yangilik – davlat oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi konstitutsiyaviy mustahkamlandi. Ushbu normaning kiritilishi jamiyatimizda oila mustahkamligi va moʻtabarligini barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.
Endi farzandlar tarbiyasi, ularga ta’lim berish, barkamol voyaga yetkazish ham ota-ona majburiyati sifatida belgilandi. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish esa davlatning burchi sifatida belgilandi.
“Endi uyni istalgan vaqtda buzish mumkin emas”, “bolalarning sog‘ligi, jismoniy va ruhiy, aqliy rivojlanishiga va ularning ta’lim olishiga xavf soladigan har qanday majburiy mehnat taqiqlandi”. Shuningdek, “qadr topmagan o‘qituvchi o‘tmishda qoldi, ularning konstitusion huquqlari va manfaatlari maqomi mustahkamlandi”. “Endi otasi yoki yaqinlari sudlangan bo‘lsa ham farzandining kelajagiga bu “tamg‘a” soya solmaydi. Ya’ni fuqaroning sudlanganligi qarindoshlarining konstitutsion huquqlarini cheklash, ularning qadr-qimmatini tahqirlashga sabab bo‘lolmaydi”. “Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquq va manfaatlarini himoya qilgan holda ularga davlat tomonidan e’tibor qilinadi”. “Endilikda nogironligi bor o‘quvchi-yoshlar ham inklyuziv ta’lim asosida boshqa tengdoshlari barobarida ta’lim olishiga imkoniyat bor”. “Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilmaydi va jazoga tortilmaydi”. Bularning bari yangi Konstitutsiyada alohida moddalar bilan mustahkamlab qo‘yilmoqdaki, zamirida faqat va faqat xalqning xohish irodasi, fuqarolarning manfaati yotibdi. Bir so’z bilan aytganda ijtimoiy hayotda emin-erkin yashashimiz, huquq va erkinliklarimiz, vakolat va manfaatlarimiz, munosib mehnat sharoitida faoliyat olib borishimiz, jamiyatda shaxs sifatida to‘laqonli, adolatli turmush kechirishimiz uchun biz yashab turgan davlatda, avvalo, qonun ustuvor bo‘lishi, jamiyatda tenglik tamoyillari barqaror ishlashi har narsadan ustundir.

Yüklə 308,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə