Numonov otabek baxtiyorjon o’G’li yangi o`zbekistonda ijtimoiy siyosat


Ta’limdagi islohotlar Uchunchi Renessans poydevori



Yüklə 308,33 Kb.
səhifə6/9
tarix05.06.2023
ölçüsü308,33 Kb.
#115540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Numonov. bmi

2.3 Ta’limdagi islohotlar Uchunchi Renessans poydevori
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning keng ko‘lami ta’lim tizimi bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Bunday islohot maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimidan boshlandi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilar tayyorlashning mexanizmi yangi pog‘onaga ko‘tirildi. Bu borada qisqa fursatda keng ko‘lamli natijalarga erishildi.
Bundan tashqari aytishimiz mumkin bo‘lgan islohotlardan biri shuki, 11 yillik maktab ta’limiga qaytilishi bolalarimizning ta’lim olish sifati va tarbiyasini yanada ko‘tarish imkonini berdi. Umumiy o‘rta ta’limdagi o‘zgarishlar ham jadallik bilan ketmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish tizimi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida qayta tashkil etilmoqda. Milliy ta’lim tizimini isloh qilish yorqin kelajak sari zafarli qadamlardan biri hisoblanadi, albatta.
Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyasini qabul qilishga oid O‘zbekiston tashabbusiga yana bir bor jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratganliklari tahsinga loyiq. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ta’lim tizimini isloh qilinayotganligini, bu borada yoshlarga oid davlat siyosatining roli va ahamiyatini xalqaro miqyosda namoyon qilish imkonini beradi.
Davlatimiz rahbari aytganlaridek, “Yoshlar huquqi deganda, biz, birinchi navbatda, ularning tinch va sog‘lom yashash hamda ta’lim olishga bo‘lgan to‘laqonli huquqini tushunamiz. Shu bois, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo‘lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta’lim olishini ta’minlash biz uchun hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi”24.
Pandemiya davrida ko‘pgina davlatlarda iqtisodiy nochorlik kuzatilgan bo‘lsada, lekin O‘zbekiston Respublikasida hatto bu davrda ham ta’limga bo‘lgan e’tibor va uni rivojlantirish harakatlari to’xtab qolgani yo’q. Jumladan, pandemiya davridagi o’quv yili boshlanishida qariyb 650 ming nafar 1-sinf o‘quvchisiga Prezident sovg‘alari sifatida 72 milliard so‘mlik o‘quv qurollari topshirildi. Shuningdek, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlari va nogironligi bo‘lgan bolalarga qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollaridan iborat 426 milliard so‘mlik moddiy ko‘mak berildi, vaziyatdan kelib chiqqan holda, o‘quvchi va pedagoglarning salomatligini asrash maqsadida maktablarni zarur tibbiy va antiseptik vositalar bilan ta’minlash uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan 17 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda maktab ta’limi umummilliy harakatga aylanib, soha rivojida yangi davr boshlanganidan xabardormiz. Ana shu harakatning amaliy ifodasi sifatida so‘nggi ikki yilda 556 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 77 ta yangi maktab qurildi. 1 ming 930 ta maktabda qayta qurish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Shu bilan birga, xususiy ta’lim tizimiga keng yo‘l ochilmoqda. Bu borada lisenziya olish tartibi soddalashtirildi. O‘tgan uch yil davomida ularning soni 6 marta oshib, 140 taga yetgani diqqatga sazovordir. Matematika hamda kimyo-biologiya fanlarini rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. Ularga asosan har bir tuman va shaharda ana shu fanlarga ixtisoslashgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Shu yilning o‘zida matematika yo‘nalishida 56 ta, kimyo-biologiya yo‘nalishida 27 ta maktab tashkil etilgani bu ishlarning boshlanishidir25.
Uchinchi Renessans masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, strategik vazifa singari milliy g‘oya darajasiga ko‘tarilmoqda. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni deb baholadilar, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev. Shu munosabat bilan ham ta’lim tizimi tarixida birinchi marotaba 14 nafar sinf rahbari davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlandi. O‘qituvchilarning huquqlari davlat himoyasida bo‘lishini, ularning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashuv, boshqa ishlarga jalb qilish javobgarlikka sabab bo‘lishi masalasiga qat’iy to‘xtalib o‘tildi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish mumkinki, o‘qituvchi-professorlarga bo‘lgan e’tibor – yorqin kelajakka bo‘lgan e’tibor deb ta’riflash mumkin.
So‘nggi 4 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga yetdi. Professor-o‘qituvchilarning xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini ta’minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori o’tgan yillarga nisbatan o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bundan tashqari ko’plab oliy ta’lim muassasasi o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonida belgilab qo‘yilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalari harakat qilmoqdalar.
Jumladan:
- Xalqaro (IAU) va Yevropa (EUA) universitetlar assosiasiyalari, Xalqaro (IALS) va Yevropa (ELFA) yuridik maktablari assosiasiyalari, Observatory Magna Charta Universitatum kabi nufuzli tashkilotlarga bir necha universitetlarimiz a’zolikka qabul qilindi;
- O‘quv reja va dasturlari eng ilg‘or xorijiy tajriba asosida tubdan qayta ishlandi, o‘qitishning zamonaviy uslublari keng joriy etilmoqda. O‘quv jarayonini to‘la raqamlashtirish va zamonaviylashtirishga qaratilgan “Elektron universitet” (E-University) tizimi ishga tushirilmoqda;
- Xorijiy hamkorlar bilan “ikki tomonlama diplom” (double degree) taqdim etishni nazarda tutuvchi qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilmoqda;
- Universitet ilmiy salohiyati 38 foizga yetib, professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan nufuzli Scopus xalqaro ilmiy bazasiga kiritilgan jurnallarda 70 dan ortiq maqolalar chop etildi. Zamonaviy hayotni bugun ilm-maʼrifat va taʼlimning taraqqiyotisiz tasavvur etib boʻlmaydi, insoniyat fan oʻqi atrofida aylanayotgandek goʻyo. Jahonning yetakchi davlatlarida taʼlimni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Albatta eng yaxshi sarmoya kelajakka qilingan sarmoyadir. Shuni inobatga olgan holda universitetlarning taʼlim berish faoliyati yana-da takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom hamda goʻzal turmush kechirish, egallagan kasbi boʻyicha doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda taʼlim olishni eng asosiy shart sifatida koʻrmoqda.
Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va taʼlim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi. Yana Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi daʼvatkor nutqi ham ana shundan dalolat beradi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, biz keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni oʻzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik.
Mazkur faoliyat Oʻzbekistonning iqtisodiy hayotidagi jadal yangilanish hamda oʻzgarishlar sharoitida taʼlim va fanni innovatsiyalarga yoʻnaltirilgan holda rivojlantirish maqsadlariga toʻla mos keladi. Bu borada yangi taʼlimiy paradigmalarni, tadqiqot universitetlari tomonidan mamlakatda inson kapitalini oshirish boʻyicha olimlar hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni tushunib yetish kerak boʻladi.
Ayni davrda Oʻzbekiston oliy taʼlim sohasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Bilim dargohlarining qiyofasi oʻzgarib, moddiy-texnika bazasi yaxshilanyapti, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kuchaytirilmoqda, jumladan, professor-oʻqituvchilarning daromadlari ham ortyapti. Innovatsiya yoʻnalishidagi alohida davlat tuzilmalari tashkil etilib, oliy oʻquv yurtlarida ham yangi boʻlinmalar ochilmoqda. Bularning barchasi oliy taʼlimga boʻlgan yondashuvni oʻzgartirib, uning sifati hamda darajasini koʻtarishga xizmat qiladi.
Shu oʻrinda Prezidentimizning 2016-yil dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida boʻlib oʻtgan olimlaru ziyolilar bilan uchrashuvini esga olish o’rinli bo’ladi. Oʻshanda davlat rahbari mamlakatimiz sanoati, agrar tarmogʻi va umuman, iqtisodiyotida xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiya hamda jihozlarni joriy etish va ulardan foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratgandi. Bunda gap raqamli yechimlar asosida ishlaydigan murakkab texnologik komplekslardan tortib, to oddiy muhandislik ishlanma va uskunalarigacha chetdan keltirilayotgani va bularni oliy ta’lim tizmida amalyotda joriy etishga qaratilgandi.
Taʼlimning asosiy vazifalarini, mavjud ilmiy salohiyat va alohida shaxslarning isteʼdodini davlatning, uning tuzilmalari hamda iqtisodiyoti tarmoqlarining amaldagi ehtiyojlariga moslashtirish juda muhim. Agar shunday qilinmasa, bir kun kelib, tamaddundan yiroqlashish, mamlakat uchun keraksiz, ortiqcha daxmazaga aylanib qolish ham hech gap emas. Yillar davomida biz rivojlanmadik, kuzatuvchi boʻlib qolaverdik, deyish, albatta, notoʻgʻri boʻlardi. Fanlar akademiyasidagi uchrashuv esa Oʻzbekistonning eng yangi tarixida biz ilmiy hamjamiyatda qanday oʻrinni egallayapmiz, xalqaro taʼlim jarayonida qatnashyapmizmi, oʻzgarishlar va innovatsiyalarni maqsad qilganmizmi — ana shu kabi savollarni o’rtaga chiqardi. Bugun tobora kuchayib borayotgan talablarga javob berish maqsadida harakat qilish zarurligini chuqur his etyapmiz. Oldinga, yangilanish sari bir necha qadam qoʻyish uchun esa xalqimiz asrlar davomida toʻplagan bebaho tajriba, yaʼni kadrlar tayyorlash boʻyicha hamda ilmiy-taʼlimiy sohada erishilgan yutuqlar, uslubiy, tuzilmaviy, moddiy va nihoyat, innovatsion rivojlanish tajribasini hisobga olish hamda undan foydalanish lozim. Tadqiqotlar universitetini yaratish eng asosiy maqsad emas yoki urfga berilish ham emas. Bu taʼlimiy va ilmiy faoliyatni innovatsion rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochish, deganidir. Dunyo tajribasida koʻramizki, tadqiqotlar universitetini shakllantirishning muhim omili uning koʻp funksiyali boʻlishi, taʼlim — fan — ishlab chiqarish “zanjiri”da innovatsion jarayonlarning qoʻllab-quvvatlanishi bilan bogʻliq.
Jahondagi aksariyat yetakchi tadqiqotlar universitetlari insoniy zaxiraning yuqori sifati, yaʼni: professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini doim oshirib borish; ish beruvchilar hamda ilmiy ishlanmalardan foydalanuvchilar bilan hamkorlik qilib, bilimlar va ilgʻor innovatsiyalarni keng yoyish; muassasaning oʻz zamonaviy ilmiy-tadqiqot hamda tajriba oʻtkazish infratuzilmasiga ega boʻlishi kabi koʻrsatkichlar bilan ajralib turadi. Shuningdek, unda akademik, moliyaviy, tashkiliy va kadrlar masalasidagi mustaqillik nuqtayi nazaridan avtonom boshqaruv modeli ham mavjud boʻlishi kerak.
Bunday universitetlar MDH boʻyicha qoʻshnilarimiz — Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasida bor. Ularning tajribasi katta qiziqish uygʻotadi, masalan, ushbu oliy dargohlar davlat tashabbusi bilan oʻtkaziladigan, “milliy tadqiqotlar universiteti” toifasi beriladigan oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish dasturlari boʻyicha tanlovda qatnashadi. Rossiyada bunday tanlov universitetning ayni vaqtdagi holati hamda keyingi yillardagi rivojlanish dinamikasini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Jumladan, bunda universitetning kadrlar salohiyati, taʼlim jarayoni va ilmiy tadqiqotlar infratuzilmasi, taʼlimiy hamda ilmiy-innovatsion faoliyatning samaradorligi, xalqaro va milliy darajada tan olingan yutuqlari, taqdim etilgan rivojlanish dasturining asoslanganligi hamda kutilayotgan natijadorligi singari koʻrsatkichlar hisobga olinadi. Qozogʻiston misolida oladigan boʻlsak, sanab oʻtilganlar boʻyicha ayrim koʻrsatkichlar quyidagicha:
– ushbu oliy oʻquv yurti asosiy ish joyi boʻlgan oʻqituvchilar orasidan ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega boʻlganlari — 70 foizdan kam emas;
– oliy taʼlimdan keyingi taʼlim dasturlari boʻyicha tahsilni davom ettirayotgan magistrant va doktorantlar ulushi — umumiy kontingentning 15 foizidan koʻprogʻi;
– “Times Higher Education World University Rankings” reytingiga muvofiq ravishda dunyoning eng yaxshi 200 ta universiteti safiga kirgan xorijiy oliy oʻquv yurti ishtirokida ishlab chiqilgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim dasturlarining ulushi — 20 foizdan kam emas;
– ilmiy-pedagogik xodimlarning umumiy tarkibida chetdan taklif etilgan xorijiy oʻqituvchi va tadqiqotchilar ulushi — 12 foizdan kam emas;
– xorijiy oʻqituvchi va tadqiqotchilar bilan hammualliflikda tayyorlangan ilmiy maqolalar ulushi — keyingi uch yilda xalqaro reytingli jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalarning umumiy soniga nisbatan 10 foizdan kam emas.
Umuman, tanlovni tashkil etishda tanlov gʻoliblari boʻlgan universitetlar (oliy taʼlim muassasalari)ning rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish tartibi va shartlari hisobga olinadi. Albatta, Rossiya hamda Qozogʻistonda oliy oʻquv yurtlarining faoliyatini baholashda qoʻllaniladigan yondashuvlar toʻlaroq va chuqurroq oʻrganishga loyiqdir. Shuningdek, Oʻzbekistonda uni joriy etish koʻzda tutilayotgan boʻlsa, demak, har tomonlama, jumladan, huquqiy jihatdan ham, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kerak.
Bu borada “QS Quacquarelli Symonds” kompaniyasi konsalting boʻlimi boshligʻi D. Redjioning “Narodnoye slovo” gazetasida chop etilgan tahliliy maqolasi foydali va oʻz vaqtida chiqqan maqola boʻldi. Unda Oʻzbekistonning universitetlari taʼlimiy hamda ilmiy tajriba asosida xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlish harakatini kuchaytirishi lozimligi aytilgan.
|Tadqiqotlar universitetiga aylanish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun zamonaviy, yuqori darajada tashkillashtirilgan innovatsion raqamli bazaga tayanish lozim boʻladi. Bu masalada ancha orqada qolganmiz. Koʻrib turganimizdek, dunyo allaqachon raqamli globallashuv davriga qadam bosdi, bu davr esa axborot, gʻoyalar hamda innovatsiyalar oqimi toʻxtamayotgani bilan ajralib turadi. Ekspertlarning bashoratiga koʻra, 2023-yil oxirlarga borib, jahon iqtisodiyotining 25 foizi raqamlashtirilgan texnologiyalarni joriy etishga oʻtadi. Bu jarayon esa davlat, biznes, taʼlim va umuman, jamiyat samarali faoliyat yuritishiga imkon yaratadi. Bunday sharoitda istiqbolli taʼlim texnologiyalari, yangi axborot-kommunikatsiya vositalari, innovatsion pedagogik yechimlar va ijtimoiy texnologiyalardan keng foydalanayotgan smart-taʼlim tizimi bugungi kun talablariga, davlat hamda jamiyatning intilishlariga toʻla javob beradi. Misol uchun, Yevropada ushbu chaqiriqlarga javoban yagona Yevropa universiteti haqidagi gʻoya ilgari surilmoqda, toki u internet tarmogʻida smart-taʼlimning umumiy standartlari, bitim va texnologiyalari asosida hamkorlikdagi taʼlimiy faoliyatni olib borsin. Rossiya Federatsiyasida “20.35” Milliy texnologik tashabbus universiteti faoliyat yuritadi, u esa insonning raqamli iqtisodiyotdagi kasbiy rivojlanishini taʼminlaydi. Jahon taʼlim hamjamiyatida shunga oʻxshagan misollar koʻp26.
Bugungi kunda mamlakatimizda ham mintaqaviy va xalqaro darajadagi aniq loyihalar ustida ishlanyapti, yangi raqamli taʼlim platformasini yaratish, infratuzilmada zamonaviy boʻlinmalar tashkil etish boʻyicha innovatsion yechimlar qabul qilinmoqda.



Yüklə 308,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə