Numonov otabek baxtiyorjon o’G’li yangi o`zbekistonda ijtimoiy siyosat



Yüklə 308,33 Kb.
səhifə7/9
tarix05.06.2023
ölçüsü308,33 Kb.
#115540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Numonov. bmi

Xulosa va takliflar
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ijtimoiy sohani rivojnantirish aholi badligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo’l-transport, muhandislik kommunikatsiya hamda ijtimoiy infra tuzulmani rivojlantirish va modernizatsiyalash va aholini elektr energiya gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko’ratiladigan ijtimoy yordam sifatini oshirish, xotin qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish hamda mamlakat iqtisodiyotining xo’jalik tarmoqlari bo’yicha ish bilan bandlik tarkibi o’zgarishiga olib keladi. Bu o’rinda yangi hodisalargagina emas, balki ish bilan to’liq bandlikka, xodimlarning tarmoqlar va sohalar bo’yicha rejali taqsimlanishiga asoslangan oldingi munosabatlar buzilishiga duch kelinadi. Mana shu nuqtai nazardan ish bilan bandlik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlarni tahlil qilish birinchi darajali nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ushbu muammoni tadqiq etishning dolzarbligi aholini ish bilan ta’minlash tarkibini takomillashtirishning nazariy, metodologik va amaliy bazasini ishlab chiqish tugallanmaganligi bilan belgilanadi.
Davlat qonunlar va qonunosti hujjatlar tizimi orqali aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga soladi, eng kam yashash minimumini aniqlaydi va undan kelib chiqqan holda, eng kam oylik ish haqi, ijtimoiy to’lovlar, sug'urta mukofotlari va ijtimoiy yordam (imtiyozlar) turlarini belgilaydi, ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etuvchi xizmat (idora) larning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga solish bo'yicha davlatning eng samarali roli aholini kasbiy tayyorgarlikka, qayta tayyorlash va malaka darajasini oshirishga ko’maklashish uchun aholiga, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslarga qo'shimcha ish o’rinlari yaratishni rag’batlantirishdan iborat.Bularni hisobga olgan holda bu sohani yanada rivojlantirish, islohotlarda to’xtab qolmaslik davr talabi deb o’ylayman.
Bundan tashqari ta’lim va fan sohasini rivojlantirish ya’ni uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish ijtimoiy sohani eng e’tiborli jihatidir. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish oliy maqsadlarimizdan bo’lishi kerak. Ta’lim tizimi eng katta rivojlanish imoniyatlaridan biri. Uni yagona maqsadga yo‘naltirish, yo‘naltira olish – bu chinakam baxt, farovon kelajak degani.

Yüklə 308,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə