Numonov otabek baxtiyorjon o’G’li yangi o`zbekistonda ijtimoiy siyosat


Mustaqillik dastalabki yillarida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosat



Yüklə 308,33 Kb.
səhifə3/9
tarix05.06.2023
ölçüsü308,33 Kb.
#115540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Numonov. bmi

1.2 Mustaqillik dastalabki yillarida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosat
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar yedi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi. Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo’lgan tayyor andozalari hech qachon bo’lmagan va bo’lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo’lgan O’zbekistonday qadimiy makonda o’ziga xos yo’l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham bir so’z bilan aytadigan bo’lsak «Mustaqil O’zbekiston tug’ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur edi».
Yana shuni ta’kidlash darkorki, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo’lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Davlatimiz birinchi prezidenti I A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O’zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o’zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o’rtaga tashladi:
- Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.
- Ikkinchidan, o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o’tkazishi shart.
- Uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo’lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’I bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim.
- To’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng dolzarb vazifa bo’lib keldi va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.
- Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o’tmishimizdagi «Inqlobiy sakrash»larsiz, ya’ni evolutsion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak9.

O’zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish haqidagi tamoyili vaqt o’tgani sayin o’zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini ko’rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular iqtisodiy islohotlarning asosini, rivojlanish yo’lini va xarakterini belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng kelajakda qanday yo’ldan borishi masalasi kun tartibiga qo’yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo’ldi. Uning dolzarb bo’lib qolishining bir qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablari va omillari ham mavjud edi. Uning ob’yektiv sabablaridan biri yuqorida ta’kidlanganidek jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo’qligi va bo’lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi ob’yektiv sababi – ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo’liga kirishi uchun ma’lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo’ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari asosida O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo’lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur edi. Mamlakat birinchi Prezidenti O’zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne’mat bo’lgan mustaqillik to’g’risida so’z yuritganda, uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb ta’riflagandi. Shunday ekan, u jamiyat a’zolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni qo’yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni bartaraf etish yo’lidagi tadbirlardan iboratdir. Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk davrida vujudga kelgan muammolar yechimida sustkashlikka yo’l qo’yish og’ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. Shuning uchun, mamlakat taqdiri uchun mas’ullikni o’z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir nafas ham sustkashlikka yo’l qo’ymasligi kerak. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo’lini erkin tanlashda ulkan mas’uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan eskilikka barham berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun eng zarur shart-sharoit deb hisoblasa bo’ladi. O’tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya borasida jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlari yo’lidan foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, uni o’ziga xos noyob bir sharoitda joriy etish bilan bog’liq muammoga duch keladi. I.A.Karimov esa O’zbekistonning birinchi rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o’z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko’p asrlik tajribasini o’rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o’zlashtirish bo’lsa, ikkinchisi – O’zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an’analariga tayanishdan iborat bo’ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi.
O’zbek modeli tushunchasi, avvalo, O’zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo’lishi lozimligini asoslagan, uni muayyan maqsadlarga yo’naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo’ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi. Bunda bosh strategik maqsad – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko’pmulkchilikka va ular o’rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo’lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi. « O’zbek modeli»ni demokratik jamiyat barpo etish muhim o’ziga xos modeli ekanini dunyoning juda ko’plab siyosatshunos yetakchi olimlari o’rgandi va uni tahlil qildilar. Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasayev, germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan10.
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O’zbekistonning munosib o’rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bosib o’tilgan yo’l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi. Mazkur vazifani amalga oshirish yo’lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o’rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o’rganish hamda umumlashtirish asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan: 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi; Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg’in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko’plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko’rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar. Harakatlar strategiyasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog’ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat bo’ldi.


Yüklə 308,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə