Numonov otabek baxtiyorjon o’G’li yangi o`zbekistonda ijtimoiy siyosat


“Inson-jamiyat-davlat” konseptsiyasi



Yüklə 308,33 Kb.
səhifə5/9
tarix05.06.2023
ölçüsü308,33 Kb.
#115540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Numonov. bmi

2.2 “Inson-jamiyat-davlat” konseptsiyasi
Prezident Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasining jamoatchilik muhokamalari 2022-yil 15-yanvarda yakunlanadi. Mazkur hujjat asosida, birinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi, ikkinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, uchinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha milliy komissiya tarkibi yuzasidan ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi19. Avvalambor, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nomning mazmun-mohiyatiga bir qadar to‘xtalib o’tsak. Zero, bu nomning kelib chiqishi, fikrimizcha, bir qator muhim omillarga borib taqaladi. Birinchi omil: ushbu nom Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, Taraqqiyot strategiyasida ham ushbu ustuvor yo‘nalishlar davomiyligi saqlab qolingan. Shu bilan bir qatorda, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan holda, Taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shildi. Bulardan biri – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi – O‘zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga munosabati negizida belgilangan yangi ustuvor yo‘nalishdir.
Shunday qilib, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida quyidagi yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutilgan:
birinchi ustuvor yo‘nalish – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi ustuvor yo‘nalish – mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchi ustuvor yo‘nalish – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish – adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
beshinchi ustuvor yo‘nalish – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi ustuvor yo‘nalish – umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
yettinchi ustuvor yo‘nalish – mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish20.
Ikkinchi omil: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilayotgani bejiz emas. Chunki, avvalo, Harakatlar strategiyasidagi har bir yo‘nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda. Inson qadri – bosh tamoyil. Taraqqiyot strategiyasida asosiy e’tibor, bir tomondan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga qaratilgan. Ikkinchi tomondan, unda qonun ustuvorligini taminlash, konstitutsiyaviy islohotni hayotga izchil tatbiq etish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, manaviyatni rivojlantirish, shuningdek, global muammolarga O‘zbekistonning munosabati, xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi muhim vazifalar qamrab olingan. Eng asosiysi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor yo‘nalishning bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir. Chunki, Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g‘oya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi.
Uchinchi omil: inson qadrini joyiga qo‘yishni qonuniy va tashkiliy-huquqiy yo‘llar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda ko‘plab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor. Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha hozirgi kunga qadar 26 ta konsepsiya va bir qator dasturlar qabul qilingan bo‘lsa, kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida 13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, Tadbirkorlik kodeksining ishlab chiqilishi – yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlar huquqlarini to‘liq himoya qilishning mustahkam qonuniy asosiga aylanadi. Bo‘lajak Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksda fuqarolik jamiyatining huquqiy mezonlari o‘z aksini topadi. Axborot kodeksi – shu vaqtga qadar amal qilayotgan ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar faoliyati, axborot va so‘z erkinligiga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq qonun kodifikatsiya qilingan yagona va yaxlit qonun hujjati sifatida qabul qilinishining natijasi bo‘ladi.
To‘rtinchi omil: Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasining nafaqat nomlanishi, ayni chog‘da unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va muhim vazifalar ham milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan uyg‘un va hamohangdir. Taraqqiyot strategiyasi – dunyo taraqqiyot trendlariga to‘la mos. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-2030 yillarda Barqaror taraqqiyot maqsadlarini elon qilgan. Bu xalqaro hujjat o‘zbek tilida “Barqaror taraqqiyot maqsadlari” yoki “Barqaror rivojlanish maqsadlari”, degan nomlar bilan tarjima qilinadi. Dastlab Harakatlar strategiyasida, endilikda esa Taraqqiyot strategiyasida ham O‘zbekiston bajarishni o‘z zimmasiga olgan BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarini mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning aniq taktika va strategiyalari belgilab berilmoqda. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston tashqi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida o‘zining BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan hamohang holda rivojlanishi, bu boradagi o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati, yanada muhimi, ibratli tajribasini butun dunyoga ko‘rsata oldi. O‘z navbatida, Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi ushbu muhim taraqqiypravar jarayon uzluksiz davom etayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi ishlab chiqilyapti. Qolaversa, 35 yildan buyon Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya amal qilmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekiston Prezidenti taqdim etayotgan Taraqqiyot strategiyasi xalqaro hamjamiyatning rivojlanish tendensiyalariga, butun dunyoning taraqqiyot trendlariga to‘la mos keladi. Shuni ham aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy parlament komissiyasi tuzilgan. Parlament komissiyasi Barqaror taraqqiyot maqsadlari ijro etilishini parlament nazorati yo‘li bilan ta’minlamoqda. Yangi O‘zbekiston – xalqchil davlat. Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasida “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklangani bejiz emas.
Parlament komissiyasi bunga ijtimoy tarmoqda shunday fikr qoldiradi:

  1. Albatta, ushbu Dastur loyihasi, ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda, belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va taqdim etiladi.“Yo‘l xaritasi” loyihasida yana bir muhim vazifa – Xalq qabulxonalarining huquqiy maqomini takomillashtirish masalasi uchun mas’ul etib belgilanganmiz. Xalq qabulxonalari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish va ularning davlat boshqaruvi tizimidagi maqomini mustahkamlashga qaratilgan Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish bo‘yicha ishlarni allaqachon boshlab yubordik. Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Bu davrda “inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda.Shu munosabat bilan milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotda “shaxs – jamiyat – davlat” tamoyilini mustahkamlash kerak. Zero, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda. Xalq bilan bevosita muloqot qilish, yurtdoshlarimizning dardu tashvishlari, muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha mutlaqo yangi demokratik tizim – Xalq qabulxonalari o‘tgan besh yilda faoliyat yuritib kelmoqda va o‘zini oqladi. Bundan tashqari barcha davlat organlari faoliyatida “xalq dardiga quloq solish”, muammolarni joyida hal etish va xalqni rozi qilish bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 11-maqsadida “Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish” muhim vazifa etib belgilanmoqda. Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish, davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini raqamlashtirish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Eng asosiysiy, “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturi ishlab chiqish belgilanmoqda. O‘z navbatida, “Yo‘l xaritasi” 46-bandida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish haqida so‘z boradi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ushbu vazifaning asosiy ijrochilaridan biridir. Bunda, birinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha tegishli xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish taqozo etiladi. Ikkinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv milliy mexanizmning qonuniy asoslarini rivojlantirish kerak bo‘ladi. Hamkor tashkilotlar bilan har ikki masala bo‘yicha, umuman, Taraqqiyot strategiyasi ijrosi doirasida o‘zaro hamjihatlikda faol ish olib boriladi.

  2. Har bir demokratik davlat o‘z taraqqiyotiga bir qancha omillar asosida erishadi va takomillashadi. Demokratlashuv jarayoni uzoq davom etuvchi hamda evolyutsion xususiyatga ega siyosiy jarayon hisoblanadi. Yangi O‘zbekiston barpo etishning asosiy zaruriyati, avvalo, davlat va jamiyat hayotida fuqarolar hamda davlatning o‘ziga xos birdamligi, fuqarolik jamiyatining barcha xususiyatlarini o‘zida mujassam etishi bilan bog‘liq21.

Bunda tarixiy xususiyatlar, milliy qadriyatlar va fuqarolarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati darajasi yetakchi ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlashning asosiy sharti sifatida siyosiy institutlar alohida o‘rin tutadi.
Ma’lumki, yangi jamiyatlarni barpo etish hamda siyosiy modernizatsiya jarayonlarining samarasi:
-fuqarolarning siyosiy faolligini va siyosiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
-mamlakatda ta’lim sifati va aholi savodxonligi darajasini oshirish;
-mavjud siyosiy institutlar faoliyati va faolligi orqali namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagilarning amaliyligini ta’minlashda har yillik davlat dasturlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yilgi davlat dasturining asosiy va muhim jihatlari, avvalo, qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishning aniq mexanizmlari shakllantirilganligi bilan ajralib turadi. Bu davlat dasturida qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish mexanizmlari aniq, puxta ekanligi bilan izohlanadi. Ularning orasida davlat va jamiyatning asosiy ikki qanoti sifatida sifatli ta’lim va davlat boshqaruvi sohasini yanada optimallashtirish masalasi yetakchi o‘rin egallaydi.
Davlat dasturida mamlakatimiz ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilar nazarda tutilmoqda:
-ta’lim sifatini yanada yaxshilash mexanizmlarini takomillashtirish va bunda ilg‘or soha tajribalarini joriy etish;
-tarmoqning malaka kengashlari, xalqaro ekspertlar bilan tegishli kasb va lavozimlarning malaka darajalarini qayta ko‘rib chiqish va rivojlantirish;
-mashg‘ulotlarning xalqaro standart klassifikatsiyasi asosida Milliy klassifikatsiyani ishlab chiqish va O‘zbekistonda sohaga fuqarolarni keng jalb etish;
-YUNESKO tavsiyalari asosida professional ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va jamoatchilik bilan birgalikda amalga oshirish;
-Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 75 ming nafar ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish;
-2023 yil 1 sentyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish sifatini ta’minlash (EQAVET, 2015 yil 14 yanvardan buyon faoliyat ko‘rsatadi,tarkibida Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya va Avstriya kabi davlatlardan sohaga doir mutaxassislari mavjud) tizimi talablariga to‘liq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional ta’lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
-bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish orqali qamrov darajasini 92 foizga yetkazish;
-”Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish; O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PISA 2025 tadqiqot dasturida O‘zbekistonning ishtirokini ta’minlash;
Erta yoshdagi bolalar ta’limi sifati va natijalarini baholash bo‘yicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida (Xalqaro standart Sifatida YUNISEF tomonidan amalga oshiriladi) “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha ta’lim sifatini baholashning milliy tizimi”ni joriy etish.
E’tiborlisi, bunda 269 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhi, 94 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhi, 1384 ta majburiy bepul tayyorlov guruhi, maktabgacha ta’limning muqobil shakllari joriy etiladi.
Xalqaro loyihalar doirasida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 14 mingdan ziyod xodimini (40 soatga mo‘ljallangan) qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitish;
-maktabgacha ta’lim tizimida takomillashtirilgan «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturini amaliyotga keng joriy etish;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’lim darajasini yanada rivojlantirishga qaratilgan 25 nomdagi o‘quv-metodik va didaktik materiallar bilan ta’minlash;
-jamoatchilik nazoratiga asoslangan ota-onalar uchun bolalar tarbiyasi va ta’limiga oid internet resurslarini yaratish;
ta’limda dual tizimini keng joriy etish, bunda ta’lim shaklida o‘quvchi bir paytning o‘zida professional ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni oladi va ishlab chiqarish korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydi (Germaniya, Shveysariya, Avstriya tajribasi)22.
Davlat dasturidan ko‘rish mumkinki, O‘zbekistonda siyosiy boshqaruvni yanada mustahkamlash siyosiy qarorlar qabul qilishda fuqarolar faolligini oshirishga doir yangi tendensiyalar bilan kechmoqda va ular quyidagilardan iborat:
1. Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali joylardagi muammolarning oldini olish hamda ularning siyosiy munosabatlarda faolligini oshirish;
2. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyatini kuchaytirish hamda ularni parlament bilan o‘zaro yaqinlashtirish mexanizmlarini keng joriy qilish;
3. Birinchi marta tajriba tariqasida xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining komissiya raislarini doimiy asosda faoliyat olib borishlarini tashkil etishni demokratik tamoyillarni yanada mustahkamlash omili sifatida talqin etish mumkin;
4. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini «fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish» tamoyili asosida transformatsiya qilish;
6. Davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlariga istiqbolli va salohiyatli boshqaruv kadrlarni saralash va tayyorlash bo‘yicha «100 nafar eng ilg‘or yetakchi» dasturini yo‘lga quyish;
7. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va uni amalga oshirishda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari ishtirokini ta’minlash;
8. Hududlarda «Hukumat kuni»ni o‘tkazish mexanizmi, mahalliy va markaziy boshqaruvning o‘zaro va doimiy hamkorligini ta’minlash texnologiyalari joriy etiladi;
9. O‘zbekistonda yangi siyosiy institut – «Mahalla nazorati» va «mahalla raisi so‘rovi»ni joriy qilish hududlardagi ijtimoiy-siyosiy kayfiyatni doimiy o‘rganish va uni hal etish borasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlashning asosiy sharti bo‘lib xizmat qiladi23.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, Davlat dasturi va uning muhokamasida fuqarolarning ishtiroki, avvalo, ularning faolligi va siyosiy daxldorlik hissi yuqoriligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, bu jamiyatda islohotlarning qanchalik samara berishining asosiy indikatori hisoblanadi. Zero, jamiyatda demokratiya va fuqarolik jamiyati fuqaro va davlat manfaatlari birlashuviga bog‘liq holda kechadi.



Yüklə 308,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə