Mavzu: Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi Reja



Yüklə 232,13 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü232,13 Kb.
#142700
2-maruza



Mavzu: Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi
Reja
1.Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish
2.Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga tasiri.
Tayanch tushunchalar:
Tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaviy ishlar, tarbiya fani, 
islohotlar, milliy tiklanish.
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yеtuk, har tomonlama uyg‘un 
va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur 
bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun 
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga yеtkazish 
vazifasini izchil davom ettirish mas’uliyati, eng avvalo, oila zimmasidadir. 
Ma’naviy-ruhiy sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oila 
mehnatining samarasi sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, 
yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish bugungi kunda har 
birimizning vazifamiz hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarning o‘rni judayam katta. Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, 
millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga 
o‘tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar 
ekanmiz, har bir jamiyat, davlat o‘zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay 
hamda mustahkamlamay turib taraqqiy etmagan. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat 
tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan 
videoselektor yig‘ilishida: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, 
uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror 
qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor 
tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy 
merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, – deb e’tirof etdilar. 
Xo‘sh qadriyatning o‘zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun 


ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati 
insonlarning tarixiy tajriba an’analarini kelgusi avlodlarga to‘la-to‘kis yеtkazish, 
o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish orqali izohlaymiz. Shuning uchun milliy ma’naviy 
qadriyatlarni e’zozlab, ardoqlab, chin dildan bajarish va ularni o‘z holida saqlash, 
shu bilan birga, umuminsoniy qadriyatlarni oila muhitiga uyg‘unlashtirish dolzarb 
masaladir. Qadriyatlar mazmunan xilma-xil turlarga bo‘linib, hayotning barcha 
jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat 
hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlashga 
hojat ham yo‘q. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning 
turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini 
saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil 
etadi. Farzandlarimiz ongida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish uchun: Vatanga, 
ota-onaga, o‘tgan avlodlariga hurmat, muhabbat tushunchalari va tasavvurlarini 
kengaytirish; burch, vijdon, insof, mas’uliyat haqidagi tasavvurlarni vujudga 
keltirish; do‘stlik, o‘rtoqlik, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari haqidagi 
tasavvurlarni kengaytirish hal qilinishi kerak bo‘lgan dastlabki vazifadir. Estetik 
qadriyatlar farzandlarimizning estetik sezgi va idrokini tarbiyalash, tashqi va ichki 
go‘zalligini shakllantirishdir. Ularda estetik qadriyatlarni shakllantirish uchun: bola 
ongida ota-bobolarimizdan bizgacha yеtib kelgan amaliy, me’morchilik, musiqa va 
san’at asarlarini, shuningdek, turli xarakterdagi bayramlarni asrab-avaylash 
tuyg‘usini shakllantirish; go‘zallikka baho berish, haqiqiy go‘zallikni soxta 
go‘zallikdan ajrata olish; tabiatning nozik, nafis go‘zalliklarini ko‘rish, his etishni 
rivojlantirish talab etiladi. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra, milliy va 
umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqida 
tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Insonda milliy ong Marufova 
Gulnora Maxmudovna, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi 
o‘rinbosari “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy 
anjumani materiallari to‘plami 5 va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga 
mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini tasavvur qilish 


qiyin. Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yеtmoqdamiz, ya’ni 
faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z 
bilan aytganda, o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil 
davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib obro‘li o‘rin egallashi uchun 
fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas 
olib kelgan xalqimizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrda aql, zakovat va 
shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g‘urur talab etiladigan bir pallada yana ham 
yaqinroq va yana ham mehr oqibatliroq bo‘lishlari lozimligini hayotning o‘zi 
taqozo qilmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan 
chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy 
qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va 
intilishlariga muvofiq keladi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat 
sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar 
kiradi. Ulardan eng asosiylari – yеr yuzida ilm fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni 
saqlash, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni 
muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xomashyosi, 
energiya manbalari va oziq ovqat bilan ta’minlash, koinot va jahon okeani 
resurslarini o‘zlashtirish, dunyo miqyosida ahamiyatga ega bo‘lgan nodir san’at 
asarlari, xalq amaliy san’ati, me’morchilik va musiqiy asarlarni saqlash va kelgusi 
avlodga yеtkazish kabi muammolar kiradi. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan 
badiiy, me’morchilik va ma’naviy asarlar har qanday dur-u javohirlardan ham 
qimmatliroq boylikdir. Ushbu boyliklar asrlar davomida unga xizmat qilyapti. 
Eramizdan oldin Afina demokratiyasi inqirozga uchraganida yunon faylasuflari 
qadriyat masalasini ko‘targan edi. Ular ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkur tarixida 
birinchi bor “inson – oliy qadriyat”, deb ko‘rsatdilar, olamdagi barcha jihatlarni 
“insoniylik mezoni” bilan o‘lchashni targ‘ib etdi. Buyuk mutafakkir Suqrot esa 
“qadriyat nima?”, degan savolga “har bir insonning o‘zligini anglashi”, deb javob 
berdi. Qadriyatlarning shakllanish makoni bo‘lgan oila va unga xos bo‘lgan 
qadriyatlar tizimi jamiyatning kelajagini belgilab beradi. Kelajak avlod haqida 
qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yеtishtirishga intilish bizning 


milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z 
farzandlarining baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko‘rish uchun butun hayoti 
davomida kurashadi, mehnat qiladi. Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning 
davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf odatlarimizni sayqallaydigan, shu 
bilan birga, kelajak nasllar qanday shaxs bo‘lib yеtishishiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar 
bola zuvalasini shakllantiradi. Mustaqil Respublikamiz Konstitutsiyasining XIV 
bobi Oilaga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek oilasi va munosabatlariga doir barcha 
masalalar to‘laligicha hamda asosli huquqiy himoyani o‘zida mujassam etgan. 
Konstitutsiyada o‘zbek oilasining shakllanishidan boshlab tomonlarning teng 
huquqliligi, nikoh tuzishdagi erkin roziliklari, ota-onalar tomonidan bolalarning 
ta’minoti va tarbiyasi, farzandlar tomonidan o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish 
kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shuni g‘urur va faxr bilan ta’kidlashimiz 
mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi 66-moddasida: 
“Voyaga yеtgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik 
qilishga majburdirlar”, – deb ko‘rsatilishi aynan milliy qadriyatimizning qonunda 
aks etishidir. O‘zbek oilasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri oilada yoshi ulug‘ 
qariyalar – bobo va buvilarning yuksak mavqe va martabaga egaligi bo‘lib, ular 
hamisha izzat-ikrom qilinadi, barcha masalalarda ular bilan maslahatlashib, so‘ng 
ish boshlashga amal qilinadi. O‘zbek oilasiga xos mazkur xarakterli xususiyatlarni 
alohida e’tirof etib o‘tishdan maqsad shuki, “oila tarbiyasi”ning o‘ziga xos qirralari 
ana shundagina to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Bu tarbiya jarayonida milliy-
madaniy merosning qanday o‘rin tutishi, salmog‘i, ahamiyati xususida asosliroq 
fikr yuritish imkoniyati paydo bo‘ladi. Jumladan, oilada erning mavqeyi balandligi, 
ayol ham o‘zining haq-huquqlariga egaligi, farzandlarning ota-onani hurmat 
qilishini olaylik. Ko‘p yillar davomida ota-bobolarimiz qalbiga singib ketgan 
ushbu qadriyatlarni bugun yanada sayqallash kerakligini zamon talab etmoqda. 
Ayniqsa, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonda bema’ni ta’sirlar 
ko‘payib, ularning “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy 


anjumani materiallari to‘plami 6 inson va jamiyat hayotida salbiy oqibatlari misli 
ko‘rilmagan darajada kuchayib bormoqda. Ayni shu davrda oilaning jamiyatdagi 
o‘rni juda muhimdir. Vatan tuprog‘i oiladan boshlanadi. Farzandlarimizning 
axloqiy qiyofasiga salbiy ta’sir etadigan ba’zi noxushliklarni ota-onalar seza 
bilmog‘i lozim. Farzandlar oilaviy axborot vositalari, matbuot, ilmiy anjuman 
yangiliklari, badiiy adabiyotlar turlaridan foydalanishlari uchun oilada kerakli 
shart-sharoit yaratsak, oiladagi muhit yanada yaxshilanadi. Bizningcha, Yangi 
O‘zbekiston barpo etilayotgan hozirgi sharoitda milliy oilaviy qadriyatlarning o‘rni 
har qachongidan ham ortib bormoqda. Xulosa qilib aytganda, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar jamiyat rivojiga va uning negizi, millatning tarixiy 
taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga yеtkazuvchi qudratli 
omildir. Shunday ekan, oilada farzandlarimiz bolalik, o‘smirlik, balog‘at sari 
borishlarida ibratli dovondan o‘tishi uchun farzandlarimizga to‘g‘ri yo‘lni 
ko‘rsatguvchi bir mayoq bo‘laylik.[ Marufova Gulnora Maxmudovna,Mahalla va 
oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari] Respublikamizda 
umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib 
ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari 
yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar 
pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil 
insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”3 deydi dono 
xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va 
ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya 
samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or 
tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish 
ayniqsa muhimdir. Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida 
barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga 
g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq 
etishga zamin yaratiladi.
Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, 
umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol 


toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat 
qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega 
bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish 
uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin 
hozirlaydi.Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni 
quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim 
axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat 
shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, 
madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar 
ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya 
an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy jarayonlar 
majmuasidir.
Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. 
Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida 
tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga 
jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. 
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani 
milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya 
nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, 
pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning 
moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki 
bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi 
o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy 
tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash 
tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi. jiga kata 
e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim rBolaning 
Yoshi ulg’aygan sari bu faoliyat tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib 
boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni 
tushunishga ham idrok etib o’z atrofidagilarga munosabatda bo’lishiga ko’nikib 


boradi.Umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tarbiyaning mazmuni va tashkil 
etilishi quyidagi vazifalarda o’z aksini topadi;
1.Tarbiyaning 
ma’lum 
maqsadga 
qaratilganligi.
2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari.
3. Tarbiyaning hayot bilan va mehnat bilan bog’liqligi.
4. Tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi.
5. O’quvchilarni yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga 
olish. Musiqa san’atining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his- 
tuyg’ularini, kechinmalarini o’ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O’quvchilarni 
qiziqtiradigan, o’ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Ulardagi 
milliy tarbiyaga oid his-tuyg’ularni o’stirishda muhim ahamiyat kasb 
etadi.Umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy 
qadriyatlar tarbiyasi kuy-qo’shiqlar yordamida hakllanadi.Bunday asarlarga DTS 
musiqa dasturiga kiritilgan qo’shiq va tinglash uchun asarlarni misol keltirishimiz 
mumkin. “Salom maktab” Sh. Yormatov musiqasi, “Paxtaoy” F. Nazarov 
musiqasi,”O’zbekistonim” Sh. Ramazonov musiqasi, “Oy Vatanim” E.SHvarts 
musiqasi, “Ex orzular” N.Norxo’jayev musiqasi kabi qo’shiqlar o’quvchilarda 
vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga xurmat tuygularini tarbiyalaydi. 
Umumta’lim maktablarida umuminsoniy qadriyatlarni o’quvchilarga tanishtirib 
borishni ahamiyati katta.Boshlang’ich sinflarda umuminsoniy qadriyatlarni 
o’rganishda suhbat, hikoya, savol-javob va qo’shimcha adabiyotlardan unumli 
foydalanish lozim. Umuminsoniy qadriyatlar asosida ommaviy kuy-qo’shiqlarni 
o’rganishdan oldin ularga asar xususiyatini badiiy-g’oyaviy kelib chiqish tarixi 
haqida qisqacha suhbat o’tkazish maqsadga muofiqdir. Umuminsoniy qadriyatlarni 
o’rganishda boshqa fanlar bilan, masalan, adabiyot darslarida o’tiladigan mavzular 
bilan bog’lab olib borish maqsadga muvofiqdir. To’rtinchi sinf o’quvchilari bilan 
xalq musiqa san’atining asosiy xususiyatlari, ommaviy janrlari, an’analari haqida 
tushuncha berib, ular uzoq tarixga ega ekanliklarini soda, ravon, yorqin ohangda 
ijro etilishini tushuntirish shuningdek ularni ijro etadigan hofizlar, xonandalar, 
folklore guruhlar haqida savol-javoblar o’tkazish kerak. Milliy va umuminsoniy 


qadriyatlar xalqimizning milliy iftixori hisoblanadi. Asrlar davomida mehnat, 
kurash va ijod jarayonida u kishilarni ezgulikka yetaklovchi ilhom manbai bo’lib 
kelmoqda. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz aytilmagan.Inson qo’shiq bilan, musiqa 
bilan tirik. Kuy-qo’shiqlarsiz hayotning mazmunini, atrofdagi go’zallikni tasavvur 
etish qiyin.Qo’shiq zavq ehtiyoji, eng go’zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g’oya 
hayqirig’idir. Musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarni 
dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi.
1. Umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarda milliy kuy-qo’shiqlarga ixlos uyg’otadi. 
Ularni musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o’stirib, musiqiy o’quvi va didini 
o’stiradi
2. O’quvchilarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo’shiqlarga, xalq aytimlariga 
va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi.
3. Alla, lapar, terma qo’shiqlar vositasida o’quvchilarda badiiy ijodkorlik 
qobiliyatlari o’sib boradi.Musiqa ohanglari lad va ritm tiyg’usi usullari asosida 
o’rgatiladi. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib toptirishda pianino cholg’u 
asbob bilan birgalikda o’zbek milliy cholg’u asboblaridan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.
Ayniqsa doira chertib, qo’shiq kuylash, milliy raqs elementlarini ijro etish, 
ijodkorlik bilan shug’ullanish o’quvchilarni sehrli musiqa olamiga oshufta etadi. 
O’quvchilar bu jarayonda o’zbek xalq musiqa madaniyatini ijobiy an’analarini 
bevosita idrok etadilar. Maktabda o’quvchilar musiqiy estetik tarbiyani xalq 
musiqasi na’munalari orqali o’rganadilar. Hozirgi kunda barcha umumta’lim 
maktablarida bolalarni xalq musiqasi bilan tanishtirish DTS musiqa dasturi asosida 
olib borilmoqda. Ta’limni milliy ruhda rivojlantirish maqsadida birinchi sinfdan 
boshlab o’zbek xalq musiqasi bilan tanishtirib boriladi. Bunga misol qilib, I 
dasturida tinglash uchun birinchi “Dutor bayoti”, “Andijon polkasi”, 
“Farg’onacha”, “Olmacha anor”, “Allama yorim” kabi kuy-qo’shiqlarni 
keltirishimiz mumkin. Xalq musiqasi bolalar ongiga tez yetib boradi, ularni 
zavqlantiradi. Ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Chunki xalq musiqasi o’ziga xos 
badiiy tilga egdir. Unda milliy musiqa san’atimizning eng yorqin na’munalari o’z 


aksini topgan. Xalq musiqasi eng soda eng ixcham ravon yorqin ohangda ijro 
etiladi. Shuning ushun ham beshikda yotgan go’dak alla qo’shig’ini eshitishi bilan 
orom olib uxlab qoladi.Chunki, bu ohangda so’z, kuy, mutanosibligi og’zaki ijro 
etiladi. Shuning uchun ham ohanglar bir-biriga payvastdir.Asrlar davomida o’zbek 
kuy-qo’shiqlari xalqimiz orasida mehnat, to’y-marosim, kurash bayramlarida 
insonlar uchun ilhom manbai bo’lib kelgan.Biz musiqa madaniyati darslarida 
boshlang’ich sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlarini 
bolalarga tushunarli, tez va ifodali qilib yetkazish uchun turli metodlardan va 
innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz zarur. Musiqa san’ati boshqa san’at 
turlariga qaraganda insonlarga yaqin bo’lgan muhim san’at turidir. Xalqimiz azal-
azaldan boy musiqa merosiga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy 
merosimiz jahonni xayratga slogan mumtoz musiqa san’atimiz mavjud. Jamiyat 
taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi 
umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, 
axloqan pok, jismonan baquvvat,milliy ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan 
o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mamlakatni mustaqil va barqaror 
rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan 
holda rivojlana olmaydi.Ta’lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib 
bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma’naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda 
musiqa ta’lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko’tarishni taqozo etadi.Bugungi 
kunda musiqa, ta’lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.Musiqa 
ta’lim tarbiyasining maqsadi va yosh avlodni musiqa merosimizga vorislik qila 
oladigan yosh qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga yetkazishdan iborat. 
Buning uchun har bir o’quvchining musiqaga bo’lgan iqtidorlarini rivojlantirib, 
musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy 
malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy 
rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish maktab musiqa 
darslariga bevosita bog’liq.Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini 
amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog’liq.Musiqa ta’lim 
tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o’ziga xos 


ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limini sifatli bosqichga ko’tarish uchun maktabda 
teng xuquqli fan hisoblanadi.Bu esa hozirgi zamon o’quvchisidan dars 
mashg’ulotlariga ijobiy munosabatda bo’lishi, o’quvchilar musiqiy faoliyatlarini 
oshirishni to’g’ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars 
mashg’uloti sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega . Bu xususiyatlarni esa har bir 
o’qituvchi bilishi kerak. Birinchidan musiqa tarixi nazariyasi ijrochilikka doir turli 
namunalardan ayrim mashqlari, musiqa savodi mashg’ulotlari, musiqa tinglash, 
musiqa ta’limi va adabiyoti, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar 
bajarish elementlari, musiqada ijodkorlar faoliyatlaridan iborat darslar 
kiradi.Ikkinchidan musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalar ya’ni 
“tili” bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’z bilan tasviriy san’at bilan, raqs 
badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqiy tovushlardan vujudga kelgan ohang 
vositasidan foydalanadi.Uchinchidan musiqa bolalarda faol hissiy ta’sir ko’rsatadi, 
ijobiy 
ko’rsatmalar, 
kechinmalar 
uyg’otadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha dasturi bir 
dars o’zida ta’limning musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodxonligi 
bolalar cholg’u asboblari va ritmik harakatlar bajarish musiqa ijodkorlari kabi 
bosqichlar bir-biri bilan bog’lanib yaxlit holda amalga oshirilishi nazarda tutilishi 
kerak. Zamonaviy mashg’ulotlardan musiqa idroki yetakchi faoliyat sifatida 
muhim rol o’ynaydi. Chunki bu bosqichda o’quvchilar faoliyatida ko’proq o’yin 
xususiyatlari bo’lib turadi. Shunday qilib ta’lim va tarbiyaning maqsad va 
vazifalari to’laligicha amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni ilmiy uslub jihatdan 
yetakchi darajada ta’minlash, milliy musiqa ta’lim mazmunini anglash kabi muhim 
tadbirlar, shubhasiz musiqa tarbiya samaradorligini oshirishga imkon beradi. Bu 
esa musiqani maktab hayotida o’quvchilar qalbida keng o’rin egallashi va ularning 
ma’naviyatlarini shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatadi.Hozirgi kunda barcha 
fan o’qituvchilari pedagog – tarbiyachi kadrlar oldida dolzarb bo’lib turgan eng 
muhim vazifa yoshlar ongiga milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini singdirishda 
musiqa madaniyati faning ham imkoniyatlari juda boy va rang- barangdir.
Nazorat uchun savollar


1.
O’zbek 
milliy 
urf-odat 
va 
an’analarini 
sanab 
bering.
2.O’zbek 
milliy 
bayramlari 
va 
taomlarini 
aytib 
bering?
3. Milliy merosimizni o’quvchilarga nima uchun o’rgatishimiz lozim deb o’ylaysiz 
http://fayllar.org 

Yüklə 232,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə