1. Zamonaviy rahbar qiyofasi va imidj fenomeni. Imidj turlari


Akmeologik motivatsiya va kompetentsiya



Yüklə 29,3 Kb.
səhifə10/11
tarix31.12.2021
ölçüsü29,3 Kb.
#82446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1. Zamonaviy rahbar qiyofasi va imidj fenomeni. Imidj turlari

4. Akmeologik motivatsiya va kompetentsiya.

 Kompetentsiyalar – (1) tashkilot miqyosida qabul qilingan standart xulq-atvor; (2) menejerning tashkilot miqyosida qabul qilingan standartlarga muvofiq ish ko’ra olish qobiliyati.



Kompetentlik (bilimdonlik) – (1) u yoki bu savolning javobidan xabardorlik; (2) ishda kerakli natijalarni qo’lga kiritish yuzasidan zarur qarorlarni qabul qila olish qobiliyati.

Kompetentsiya shaxsning yurish-turishini baholashga oid bilimlar majmui bo’lib, u orqali biz tashkilotni samarali rivojlanishi yo’lida xodimning o’z faoliyatini amalga oshirishida qanday darajadagi muvaffaqiyatlarga erishayotganligini aniqlashimiz mumkin. Kompetentsiyalarning mavjudligi odatda, shaxs xulq-atvorini o’lchovchi (indikatorlar yordamida) muayyan holatlar orqali qayd qilinadi (yaxshi shakllangan xulqiy malakalar).

Ko’pincha kundalik muloqotda biz “kompetentsiya” yoki “bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetentsiya” tushunchasi ko’proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan ishlash borasida “kommunikativ kompetentsiya” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida o’zgalar bilan til topisha bilish, o’z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga etkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog’lanadi. Psixologiya fanida, xususan, uning “Boshqaruv psixologiyasi” sohasida oxirgi paytlarda “ijtimoiy-psixologik kompetentsiya” fenomeni ajratilmoqdaki, mohiyatan u – kommunikativ kompetentsiyadan kengroq va ko’p qamrovliroqdir.

 


Yüklə 29,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə