10-mavzu. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari reja



Yüklə 70 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü70 Kb.
#147489
  1   2   3   4
10-mavzu. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari reja-fayllar.org


10-mavzu. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari reja



10-MAVZU. FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI 

Reja: 
1.

Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni.


2.

Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari.


3.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish.


4.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari.


1.

Fuqarolik jamiyati tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni


Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ning o‘rni 
beqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “...o‘zini o‘zi boshqarish organlari – bizning
kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor 
mana shu organlar bo‘ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik” .Ko‘pchilik
mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va 
chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda.
Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, 
an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga
chiqayotganligini yaqqol ko‘rib turibmiz. 
O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o‘rnak bo‘ladi.
Mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish uchun yagona 
maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatish makoniga aylangan. U o‘zbek xalqining turmush tarzi,
ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an’analarini, urf-
odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi muqaddas maskan
bo‘lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy kelib 
chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi va
birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi. 
Mahalla sharqona an’analar, urf-odatlar va marosimlarni jamoada amalga oshirib, avloddan-
avlodga etkazib kelmoqda. Mahalla faollari an’anaviy, oilaviy to‘ylar, bayramlar, motam 
marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh bo‘lishadi.
Ularni dabdabasiz, isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz, ixcham qilib o‘tkazish, mahalla 
oqsoqoli va maxsus mutasaddi komissiyalarga bog‘liq. Mahallada o‘tayottan har bir tantana yoki
marosim uchun mahalla ahlining kattayu kichigi birday mas’uldir. Bunday tadbirlarda kattayu 
kichikka, boyu kambag‘alga, mansabdoru oddiy fuqaroga bir xil hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi.
CHunki mahallaning barcha a’zosi yagona, teng huquqli va mustahkam bitta oila hisoblanadi. 
Mahallada kelajak avlodimiz tarbiya topadi. Bu erda o‘sayotgan har bir yigit-qizning axloq-
odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. SHuning uchun ham “Bir bolaga etti qo‘shni ota-
ona”, “Bir bola tarbiyasi uchun etti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan.
YOshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat-markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har 
bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi - barkamol insonni tarbiyalab etishtirishning
negizidir. Xulq-odobi yaxshi har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil, 
axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘idir. Mahalladan yurtga taniqli insonlar
etishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari g‘ururlanadilar. 
Mahalla tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o‘zgarib turgan, ammo u o‘zini o‘zi
boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasida ijtimoiy- 
iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mustaqillik yillarida mahallalar jamiyatning
moddiy-ma’naviy asoslarini yaratish tayanchiga aylanib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy 
masalalarni hal etib, fuqarolar yig‘inida demokratiya tamoyillarini shakllantirish, inson omilini
qadrlash makoni sifatida tiklanmoqda. 

Mahalla, umuman, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organalarining fuqarolik jamiyatidagi roli


ularning muayyan hududdagi aholinini birlashtirishi, uni yagona jamoaga aylanishi va faoliyat 
ko‘rsatishiga xizmat qilishidadir. Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munitsipal
tuzilmaning aholisi - “hududiy ommaviy jamoa”, “hududiy jamoa”, “mahalliy hamjamiyat” 
tushunchalari bilan belgilanadi. V.E. CHirkinning ta’rificha, hududiy ommaviy jamoa - aholini
hududiy mansublik belgisi bo‘yicha tashkil etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va 
yoshidan qat’i nazar maxsus uyushmasidir. Hududiy ommaviy jamoa sifatida u davlatni tashkil
etgan jamiyatlar, ularning ichida tuzilishi mumkin bo‘lgan va tashkil etilayotgan boshqa hududiy 
ommaviy jamoalar: federatsiya sub’ektlari, siyosiy avtonomiyalar, munitsipal tuzilmalarning
aholisi (xalqi)ni ajratadi. Hududiy jamoa a’zolarining o‘zaro aloqalari murakkab 
kommunikatsiyalar tizimidan iborat. Nikolas Lumanning fikricha, kommunikatsiya butunlay
ongga bog‘liq bo‘lib, ya’ni kommunikatsiyaning o‘zi emas, balki ongning axborotni qabul qilish 
funksiyasini bajaradi. Ushbu holat o‘zini o‘zi boshqarishda alohida insonning ishtiroki, uning
huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratishni taqozo qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida “Jamiyatda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish Milliy
dasturi”ning qabul qilingani mazkur masalani hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab 
berdi. Faol shaxslargina o‘z manfaatlarini anglab, ularni bevosita o‘zlari yoki turli guruhlarga,
xususan hududiy jamoalarga uyushgan holda amalga oshiradilar. 
Fuqarolarning uyushganlik darajasi, o‘zaro aloqalarining yaqinligi, hududiy jamoalarning
turli ko‘lamda tashkil etilishiga qarab farqlanishi tabiiy holdir. Aynan ushbu holat turli 
ko‘lamdagi hududiy jamoalarning faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng quyi qishloq, shaharcha,
mahalla jamoalari a’zolari aloqalarining yaqinligi, ularning boshqaruvdagi bevosita ishtiroki 
tufayli, hududiy hamjamiyatlarni shakllantiradi. Aynan shunday hamjamiyatlar manfaat
guruhlarini tashkil etib, hudududiy o‘zin o‘zi boshqaruvchi sub’ekt hisoblanadi. Bundan har bir 
hududiy jamoa, uning ko‘lamidan qat’i nazar, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga ega
bo‘lishi lozim degan xulosa kelib chiqadi. 
Hududiy jamoalarning faolligi ular tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy-siyosiy institutlar
faoliyatiga bevosita bog‘liqdir. Bunday institutlar, xoh ijtimoiy, xoh siyosiy bo‘lsin, ijtimoiy 
guruhlarga siyosat sohasida o‘z manfaatlarini tartibli qondirish imkonini beradi. Ular
munosabatlarni barqarorlashtirib, individlar va guruhlar yurish-turishini tartibga solib, ularning 
harakatlarini muvofiqlashtiradi va integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy institutlar, avvalo,
muassasalar tizimi bo‘lib, ularda ijtimoiy guruh a’zolari tomonidan tayinlangan yoki saylangan 
muayyan shaxslar jamiyat va individual manfaatlarni qondirish, shuningdek guruhning boshqa
a’zolari yurish-turishini tartibga solish maqsadida umumiy boshqaruv funksiyalarini bajarish 
vakolatini oladilar. Fuqarolar yig‘inlari bunday institut vazifasini o‘taydi.
2015 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublika hududida 9 787 ta fuqarolar yig‘ini faoliyat 
ko‘rsatmoqda, jumladan, 189 ta shahar fuqarolar yig‘ini, 1295 ta qishloq, 157 ta ovul va
8
146 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridir. O‘rta hisobda har bir fuqarolar yig‘ini 3 mingga yaqin 

kishini qamrab oladi. Bugungi kunda fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida 1255 nafar ayol faoliyat


yuritib, umumiy raislar sonining 12,8% ni tashkil etadi. Aksariyat fuqarolar yig‘ini raislari (54,6 
%) oliy ma’lumotga ega bo‘lib, hududlar miqyosida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo
viloyatida - 72,3%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 77,1%, Toshkent shahrida -77% ni tashkil 
etadi.
Hozirgi kunda har bir fuqarolar yig‘inidagi shtat lavozimida fuqarolar yig‘ini raisi, diniy 

ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, ma’sul kotib va “Mahalla


posboni” jamoat tuzilmasi rahbari - jami 40 mingga yaqin kishi faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan 

tashqari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida jamoatchilik asosida fuqarolar


yig‘inining obro‘li va hurmatga sazovor a’zolari o‘rtasidan saylangan maslahatchilar faoliyat 
yuritadi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha saylangan komissiyalarga rahbarlik
qiladi. Ularning soni 100 ming kishiga yaqin. 
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘lab quvvatlashda Respublika “Mahalla”
xayriya jamoat fondining roli katta. Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi 1992 yilda 
tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarini mustahkamlashda, ularning
qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlarini samarali tatbiq etishda, jamoatchilik nazoratini 
amalga oshirishdagi o‘rnini yuksaltirishga ko‘maklashadigan etakchi jamoat tashkiloti
hisoblanadi. Ushbu jamoat fondi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ishchi organi maqomiga ega. O‘z navbatida
“Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmalari maqomiga ko‘ra fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar ishchi
organlari hisoblanadi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari faoliyati mamlakat aholisi
tomonidan keng miqyosda qo‘llab- quvvatlanishga va Hukumatning yuksak e’tirofiga sazovor 
bo‘lmoqda. 2010-2013 yillar davomida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 150
nafarga yaqin xodimi turli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 2014 yilda fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari 27 nafar xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 2014 yil 21
dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 692 nafar 
xodimlari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga, 29 nafari viloyat Kengashi
deputatligiga va 3 nafari Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylanganlar. Bu fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarida bugungi kunda hurmat va ehtiromga loyiq insonlar faoliyat
yuritishayotganini ko‘rsatadi. 
2.
Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro 

munosabatlari


Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqilligi ularning mahalliy hokimiyat 
organlari bilan munosabatlarida aks etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini
213

o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq fuqarolarning o‘zini


o‘zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o‘z manfaatlaridan, 
rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy
urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O‘zbekiston 
Respublikasining
Konstitutsiyasi 
va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir.
Mazkur Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini
tegishli hudud doirasida amalga oshirishi mustahkamlangan. 
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning214 4-moddasida mahalliy davlat
hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari 
belgilangan. Mazkur moddaga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va
viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga 
ko‘maklashishlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turishlari
belgilangan. Ushbu Qonunning 1-moddasida esa Xalq deputatlari Kengashi va hokim davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlashi 
belgilangan. Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari turli


masalalar yuzasidan o‘zaro munosabatlarga kirishadilar. Ushbu munosabatlar fuqarolar o‘zini


o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash, 
shuningdek mahalliy hokimiyat organlarini o‘zini o‘zi boshqarishni yo‘naltirishdan iboratligi
ayon bo‘ldi. 
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga
muvofiq davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga 
oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga
oshirishda ularga ko‘maklashadi. Ushbu moddaga binoan davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari, xususan hukumat va parlament boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga aralashmasligini ta’minlaydilar. Bunday 
faoliyat qonunlar va boshqa qonun hujjatlarida, dasturlarda tegishli me’yorlarni hamda
choralarni belgilash, ularning ijrosini ta’minlashdan iborat. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga
ko‘maklashishini tashkil etish barcha davlatlarda dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Masalan, 
Italiya Respublikasi Konstitutsiyaning 5-moddasida mahalliy avtonomiyani tan olishi va uning
rivojlanishiga ko‘maklashishi konstitutsiyaviy tuzum tamoyili sifatida belgilangan . 
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarishni o‘rganish ko‘plab muammolarning mavjudligi, ularni hal
qilish borasida metodik ko‘rsatmalar, mahalla raislari (oqsaqollari), ularning maslahatchilari va 
faollari malakalarini oshirish va boshqa masalalarda ko‘maklashishga muhtojligi ayon bo‘ladi.
Ushbu va boshqa masalalarni hal qilishda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan 
ko‘maklashishning shakl va uslublarini takomillashtirish ehtiyoji namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda mahalla faoliyatini tashkil etish, uni rivojlantirishga ko‘maklashishga alohida 
e’tibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘n
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 2003 yilni “Obod mahalla yili”, - deb 
e’lon qilib, “... mahallaning hayotimizdagi mavqei yuksak, uning qonuniy, huquqiy asoslari har
tomonlama mustahkam bo‘lib rivoj topsa, bu idorani jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy 
hayotining ajralmas bir qismi, quyi boshqarish tizimi sifatida nechog‘li kuchaytirsak, buning
uchun barcha moddiy-moliyaviy sharoitlarni tashkil qilib bersak, o‘ylaymanki, bu o‘z oldimizga 
qo‘ygan oliy maqsadlarga erishish yo‘lida katta qadam bo‘ladi”, deb ta’kidladi.
2013 yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursini tashkil etish
to‘g‘risida»gi qarori amaliy choralardan biri bo‘ldi. Ushbu qarorga muvofiq har bir hududda 
tashkil qilingan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish
bo‘yicha o‘quv kurslari o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, bu borada mavjud muammolarni 
hal etishga katta ko‘mak bo‘ldi. 2014 yil mobaynida ushbu o‘quv kurslarida, jami o‘zini o‘zi
boshqarish organlari xodimlarining 35% ni tashkil etuvchi 13 ming 983 nafar xodimlar malaka 
oshirib, o‘quv kurslarining sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonda ham demokratik davlatlar kabi fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy-siyosiy 
funksiyalari e’tiborga olinib, ularning davlat va mahalliy boshqaruvdagi ishtiroki, bu borada
mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari alohida e’tirof etiladi
1
. Masalan, “Mahalliy davlat 

hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasida xalq deputatlari Kengashi va hokim


O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga



Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə