10-mavzu. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari reja


^аранг: Маликова Г.Р., Исмоилова Г.С. “Фукароларнинг узини узи бошкариш органлари тугрисида”ги Узбекистон



Yüklə 70 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü70 Kb.
#147489
1   2   3   4
10-mavzu. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari reja-fayllar.org

1

^аранг: Маликова Г.Р., Исмоилова Г.С. “Фукароларнинг узини узи бошкариш органлари тугрисида”ги Узбекистон 

Республикаси ^онунига шарх. - Т.: Узбекистон, 2009. Б. 27. 


jalb etishni ta’minlashi belgilangan.


“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida esa 
yilning har choragida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va
shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga 
kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitishi mustahkamlangan. Bu borada tuman
(shahar) hokimlari tomonidan 2013 yilning birinchi choragida fuqarolar yig‘inlariga 4757 
marotaba, ikkinchi choragida 6459 marotaba, uchinchi choragida 5407 marotaba hisobotlar
taqdim etilganini qayd etish lozim. SHuningdek, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, bandlikka 
ko‘maklashish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organlari
rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlari ham 
tizimli ravishda eshitilib borilmoqda.
SHu bilan birga O‘zbekison Respublikasi SHaharsozlik kodeksining 10-moddasida fuqarolar, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining shaharsozlik faoliyati
sohasidagi qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishidagi ishtiroki tartibga solingan. Mazkur 
moddaga ko‘ra fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari
yashash va faoliyat ko‘rsatish muhitining holati, taxmin qilinayotgan o‘zgarishlari, aholi 
punktlarining bosh rejalari, uy-joy-fuqarolik ob’ektlarining qurilishi, rekonstruksiyasi,
hududlarning obodonlashtirilishi, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining o‘tkazilishi 
to‘g‘risida o‘z vaqtida va ishonchli, to‘liq axborot olish hamda shaharsozlik faoliyati haqidagi
o‘zga axborotni olish huquqiga ega. Davlat organlari fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalarining manfaatlariga daxldor, shaharsozlik
faoliyati masalalariga taalluqli murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqadilar va ularga 
belgilangan muddatlarda asosli javoblar taqdim qiladilar.
Barcha fuqarolar yig‘inlari tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro 
etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga
rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar 
ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash
qoidalariga rioya etilishi, erlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik 
nazoratini amalga oshiradi. Ushbu vakolatlari doirasida fuqarolar yig‘inlari davlat va mahalliy
hokimiyat organlari faoliyatini yaxshilash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 
takliflar beradilarn, ya’ni mahalliy boshqaruvni amalga oshirishda ishtirok etadilar.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli prokurorlar axborotini 
tinglash
ham

ularning


mahalliy 
boshqaruvda
amaliy

ishtirokini


ta’minlaydi. 
O‘zbekistonRespublikasi 2001 yil 29 avgustdayangitahrirdaqabulqilingan „Prokuratura
to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining beshinchiqismigaasosan viloyatlar, Toshkent shahar, 
tumanlar va shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar xalq deputatlari tegishli
Kengashlariga, zarurat bo‘lgan hollarda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga 
qonuniylikning hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida har yili axborot
beradilar. Bu norma prokuratura organlarining vazirliklar, davlatqo‘mitalari, idoralar, 
fuqarolarningo‘zinio‘ziboshqarishorganlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan 
nazorat qilishga keng jamoatchilikni jalb qilishi uchun huquqiy zamin yaratadi.
Prokuratura organlarining axborotini eshitish davlat organlari faoliyatining oshkoraligini 
ta’minlash barobarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari e’tiborini dolzarb
masalalarga qaratish, fuqarolar faolligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga 
xizmat qiladi. Holbuki qonunlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish ular ijrosini


ta’minlash va takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Ayrim tadqiqotchilar fikriga


ko‘ra “Ijtimoiy boshqaruv tizimida nazoratning o‘zi qaytma aloqaning muhim turi bo‘lib, u 
orqali hokimiyat sub’ektlarining amldagi ahvol, qarorlar ijrosi to‘g‘risida axborot oladilar”.
Mahalliy hokimiyat organlarining o‘zini o‘zi boshqarishni yo‘naltirishi o‘z vakolatlari 
doirasidagi masalalar yuzasidan umummajburiy qarorlar qabul qilishi, ular va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar ijrosini nazorat qilishdan iboratdir. 
Barcha davlatlarda, fuqarorlar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ularga o‘tkazilgan
davlat organlari vakolatlari ijrosi ustidan nazorat amalga oshiriladi hamda ularning qonunga zid 
qarorlarining sud organlari tomonidan bekor qilinadi. Bunday nazoratga ehtiyoj O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tomonidan 
o‘tkazilgan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni monitoringi
natijalaridan ham ko‘rish mumkin. Monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining qarorlarini haqiqiy emas, deb topish haqidagi fuqarolik ishlari yuzasidan 
umumlashmasi tahliliga ko‘ra, sudlar ish yurituviga kelib tushgan jami 14 ta fuqarolik ishlaridan
12 tasi yoki qariyb 86 foizi qanoatlantirilgan. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishihuquqiy 
asoslarining rivojlanishi
Mustaqillikka erishilishi bilan O‘zbekistonda mahalla institutiga mustahkam huquqiy 
poydevor yaratishning faol jarayoni boshlandi. Birinchi huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi bo‘ldi, uning 105-moddasida quyidagicha belgilab qo‘yilgan: "SHaharcha, 
qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil 
muddatga raisni (oqsoqolni) va uning masla-hatchilarini saylaydi". Konstitutsiyaning ushbu
qoidasi mahallaning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish uchun dasturulamal bo‘lib xizmat 
qildi. SHunday qilib, 1993 yil 2 sentyabr kuni "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun ilk marta qonunchilik darajasida mahalla 
faoliyatini tartibga soldi, ya’ni uning huquqiy maqomini belgilab berdi.
Fuqarolarning moddiy mustaqilligi va siyosiy-huquqiy ongi oshishiga sabab bo‘layotgan 
demokratik islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari rivojlanib borgani sari mahalla
institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati tug‘ildi. Natijada 1999 yil 14 aprel kuni 
"Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Unda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi bevosita mustahkamlab qo‘yildi, mahalla 
faoliyatining asosiy tamoyillari, uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga davlat kafolati belgilab
berildi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirildi. 
2004 yil 29 aprel kuni «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
to‘g‘risida"gi qonun mahalla faoliyatini demokratlashtirish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi. Ushbu 
qonunda, birinchidan, fuqarolar yig‘ini organlariga saylovning demokratik tamoyillari belgilab
berildi va mahalla organlariga saylov tizimi barpo etildi, ikkinchidan, saylov jarayonining barcha 
bosqichlari batafsil tartibga solindi, uchinchidan, qonun darajasida mustahkam huquqiy kafolat
yaratildi. 
Mahalla o‘z faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha ham davlat ko‘magini ola boshladi.
SHunday qilib, rais, mas’ul kotib, "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi rahbari va fuqarolar 
yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisidan
iborat to‘rt nafar mas’ul shaxs ishi, shuningdek, mahallaning qo‘shimcha xarajatlari davlat 
hokimiyatining mahalliy organlari byudjetidan moliyalashtirilmokda.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi 

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik


jamiyati sari konsepsiyasi”ni hayotga tatbiq etishda eng muhim tashkiliy-institutsional bo‘g‘inga 
aylandi. Olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, 2003 yilning o‘zidayoq
fuqarolarning umumiy hisobda 65,1%i o‘z oilasi yoki o‘zlarining muammolarini hal etish 
borasida fuqarolar yig‘inlariga murojaat qilib turgan . Bu ko‘rsatkich bugun yanada
mustahkamlanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda mahalla aholiningishonchini to‘la oqlamoqda. 
Darhaqiqat, mahalla - O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim instituti.
Aynan mahalliy hokimiyat vakolatlarini bir qismi ushbu institutga olib berilgani, uning 
ahamiyati oshib borayotganidan dalolat beradi. Mahallaning boshqaruvi milliy va
davlatchiligimiz tajribasidan kelib chiqib, rais, ya’ni oqsoqol tomonidan amalga oshirilmoqda. 
Oqsoqollar va uning maslahatchilari har 2,5 yilda bir necha nafar nomzod orasidan aholi
vakillari tomonidan demokratik tarzda saylov asosida o‘z vazifasini bajarishga kirishadi. 
CHunonchi, 2013 yil noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan saylovlardagi vakillar yig‘ilishlarida
32292 nafar nomzod ko‘rib chiqilgani, ulardan 9756 nafar (bir o‘ringa o‘rtacha 3,3 nafar 
nomzod) eng munosiblari saylangani ham fikrimizni tasdiqlaydi. 18 foiz holatda esa fuqarolar
yopiq ovoz berish huquqidan foydalanishdi. SHuningdek, 99618 nafar fuqarolar yig‘inlari 
raislari maslahatchilari saylandi.
O‘tgan davr mobaynida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tarkibida bir qator 
tuzilmaviy o‘zgartishlar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi
“O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora- 
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2004 yilning 1 iyulidan boshlab fuqarolar yig‘inining
diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy 
etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 apreldagi qarori asosida
fuqarolar yig‘inlarida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi 
hududlarda osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda, fuqarolar
xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, hozirda fuqarolar o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarida tashkil etilgan ushbu jamoatchilik tuzilmalari safiga 50 mingdan ortiq
posbonlar jalb etilgan. Ularning samarali faoliyati natijasida 2011 yilda 2254 ta, 2012 yilda 2331 
ta mahallada jinoyat sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi
Bugungi kunda aholining kundalik hayoti, atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina 
yo‘nalishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali hal etilmoqda. Ular aholining
ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, tegishli hududda qonun hujjatlarining ijro 
etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, to‘ylar va boshqa marosimlar o‘tkazish
bo‘yicha 
tavsiyalar
beradi,

atrof-muhitni


muhofaza 
etadi,
obodonlashtirish 

va
ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini o‘tkazadi, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini tashkil etadi, 


qayta tashkil etadi va tugatadi, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiradi, guzarlar barpo etadi,
kommunal to‘lovlarni to‘lanishiga ko‘maklashadi, kam ta’minlangan yoshlarning nikoh tuzishida 
va to‘y tadbirlarini o‘tkazishida moddiy yordam ko‘rsatadi, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini
bankdan kredit olishiga kafil bo‘ladi va h.k . 
Darhaqiqat, olib borilgan islohotlar natijasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
faoliyat qamrovi kengaydi. Buni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida fuqarolar 
yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar misolidan ham ko‘rish mumkin.
2013 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra fuqarolar yig‘inlaridagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha komissiyalar
ro‘yxati quyidagilardir: 
-
yarashtirish komissiyasi; 

-
ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya; 


-
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya; 

-
xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya; 


-
voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya; 

-
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalari bo‘yicha komissiya; 


-
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish 

bo‘yicha komissiya;


-
jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 

komissiya.


Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini tomonidan 
fuqarolar
yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalari ham tuzilishi mumkin
2
.

Komissiyalar turli sohalardan iborat tarkibda fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashadi. 


Bunday komissiyalar 2011 yilning o‘zidayoq 50 mingdan ortiq edi


3
. Ular boshqa funksiyalar 

bilan birga, turli tashkilotlar ustidan jamoatchilik nazoratini ham olib boradi.Xususan, mahalliy


davlat hokimiyati organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi 
masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish amaliyotining tobora takomillashib borishi, o‘z
navbatida, hududlarda qonun hujjatlarining ustuvorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar 
huquqiy madaniyatini yuksaltirish, eng muhimi, fuqarolarning turmush farovonligini oshirish
tizimini yanada takomillashtirishda alohida o‘rin tutmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 9 iyuldagi "Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida"gi Farmoni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Namunali, fuqarolik jamiyatiga xos loyihalarni 
amalga oshirayotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa nodavlat notijorat
tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash ularga zarur yordam ko‘rsatish masalalari mamlakatimizda 
muvaffaqqiyatli amalga oshirilayotgan bir qator ijtimoiy dasturlarda o‘z aksini topganligini
alohida qayd etish lozim. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2012 yil 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ilgari surgan "Demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi"da
"Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish zarurligini ta’kidlagan edi. Bunda mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish 
markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor 
qaratish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2013 yil 30 sentyabrda 
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika
kengashini tashkil etish to‘g‘risida”, 2013 yil 7 oktyabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul
qilindi. Ushbu qarorlar bilan sohaga oid 15 ga yaqin nizomlar tasdiqlangan bo‘lib, ular 



Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə