10-mavzu. Moliyaviy bozorlar Reja


Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari



Yüklə 57,62 Kb.
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü57,62 Kb.
#141715
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu IK

Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari (QQH) – o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar;
opsion – emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘z emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat’iy belgilangan narx bo‘yicha sotib olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydi;
qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers (bundan buyon matnda fyuchers deb yuritiladi) – qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘zida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qog‘ozlarning muayyan sonini qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi;
bazis aktivi – QQHning negizida bo‘lgan va qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari;
QQHning amal qilish muddati — QQHni saqlovchisi o‘zining bazis aktivini sotib olish yoki sotish huquqini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan davr (yoki aniq sana);
QQHning haridori (saqlovchisi) — bazis aktivini sotish yoki sotib olish huquqini (yoki majburiyatini) o‘ziga oluvchi shaxs;
QQHning sotuvchisi — QQHning haridori talabiga ko‘ra bazis aktivini yetkazib berish yoki qabul qilish majburiyatini o‘ziga oluvchi shaxs;
Agentlik — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga faqat chiqarilishi o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan QQH yo‘l qo‘yiladi.
QQH quyidagicha chiqarilishi mumkin:

  • hujjatli yoki hujjatsiz shaklda (hujjatsiz shakldagi chiqarilishlar global sertifikatlar bilan rasmiylashtiriladi);

  • egasining nomi yozilgan;

  • QQH sinflar va seriyalarga bo‘linadi.

QQHni chiqaruvchi va QQHning saqlovchilari oldida ular bo‘yicha majburiyatlarni o‘z nomidan oluvchi yuridik shaxs emitent hisoblanadi. Varrantlar emissiyasi bir vaqtning o‘zida varrant negizida yotuvchi qimmatli qog‘ozlarning emissiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
QQHda ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilish muddati bazis aktivning amal qilish muddatidan oshiq bo‘lishi mumkin emas.
Bazis aktivining tasnifi quyidagi ma’lumotlardan tarkib topishi kerak:

  • qimmatli qog‘oz turi (xili, toifasi);

  • qimmatli qog‘oz nominali;

  • birligi uchun narxi;

  • soni;

  • emitenti;

  • umumiy qiymati;

  • qimmatli qog‘ozning turiga qarab boshqa tavsiflar.

Bu muhim!!!


Kompaniyalarning aksiyalari oldi-sotdisi orqali boyib ketgan odamlar haqida ko‘p eshitganmiz. Daromadlarni to‘g‘ri investitsiyalash hamda firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun qimmatli qog‘ozlar bozori mexanizmlarini bilish kerak bo‘ladi.

Yüklə 57,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə