10-mavzu. Moliyaviy bozorlar Reja


Bu muhim! Kompaniya aksiyalarining kotirovkasi doimo o‘zgarib turadi va



Yüklə 57,62 Kb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü57,62 Kb.
#141715
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu IK

Bu muhim! Kompaniya aksiyalarining kotirovkasi doimo o‘zgarib turadi va «Toshkent» RFB saytida «Birja kotirovka varag‘i» nomli maxsus jadvalda doimiy aks etadi.
Har bir aksiya bir vaqtning o‘zida bir nechta narxga ega:
Birinchidan, bu chiqarish paytida aksiyaga belgilangan nominal narx. Uni nominal qiymat ham deyishadi. Aksiyaning nominal qiymati egasi ushbu aksiya bo‘yicha oladigan daromad yoki dividendga nisbatan ahamiyatli.
Aksiyalarning bozor narxi ushbu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi davridagi talab va taklifga ko‘ra belgilanadi. Odatda u amalga oshgan bitimlarning o‘rtacha qiymati sifatida yoki savdo kunining (savdo haftasi) yakuniy narxiga ko‘ra belgilanadi.
Kotirovka narxlari – ma’lum vaqt oralig‘ida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha operatsiyalar bajarilgan, birjadagi turli sotuvchi va haridorlar tomonidan taklif etilgan narxlar.
Fond birjasida listing (birja kotirovka varag‘i) – bu kompaniyaning birja talablariga javob berishini tekshirishdan iborat maxsus birja tadbiri. Birja qimmatli qog‘ozlar emissiyasi (chiqarilishi) ro‘yxatdan o‘tganligini, uning natijalari haqidagi hisobot, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishini, o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilinishi va bir qator boshqa talablarga rioya qilnishini tekshiradi.

4-savol bayoni. Olin(ayot)gan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilin(ayot)gan (promised) daromadlik stavkasiga (yoki daromad stavkasi) foiz stavkasi deb ataladi. Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab, turli xil foiz stavkalari mavjud. Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni garov bo‘yicha foiz stavkasi (mortgage rate) deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Bank tomonidan firmalardan undiriladigan stavka esa tijorat krediti bo‘yicha foiz stavkasi (commercial loan rate) deb ataladi.


Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita bo‘yicha foiz stavkasi miqdori bir qator omillarga bog‘liq. Bulardan eng muhimlari hisob-kitob pul birligi (unit of account), to‘lov muddati (maturity) va kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski, yoki defolt riskidir (default risk). Ushbu omillarning har birini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Hisob-kitob pul birligi to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul birligini o‘z ichiga oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, u yoki bu mamlakatning valyutasi hisoblanadi: dollar, yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida birlik sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin, kumush yoki tovar va xizmatlarning standart «savati». Foiz stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
• Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan vosita bo‘yicha to‘lov muddati – bu davomiyligida jami olingan summani to‘lash lozim bo‘lgan vaqt. Qisqa muddatli instrument (vosita)lar bo‘yicha foiz stavkasi, uzoq muddat-lilarining foiz stavkasidan yuqori, past yoki teng bo‘lishi mumkin.
To‘lanmaslik riski qayd qilingan daromadga ega instrument (vosita) bo‘yicha qarzning asosiy summasi yoki foizning qandaydir bir qismi qarz oluvchi tomonidan to‘lanmaslik ehtimolini o‘z ichiga oladi. Bu riskning darajasi qanchalik baland bo‘lsa, qarz oluvchi o‘z investorlariga uning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga rozilik bildirishlari uchun shunchalik yuqori foiz stavkasini va’da qilishi lozim.
Endi, keling, ushbu uch omil amalda qanday qilib foiz stavkasi darajasi (o‘lchami)ga ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 57,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə