10-Mavzu: Mustaqillik va tarixiy jarayon



Yüklə 73,5 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#152860
Falsafa 10-mavzu


10-Mavzu: Mustaqillik va tarixiy jarayon

Milliy falsafamiz rivoji mamlakatimiz taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Uning dolzarb vazifalari orasida Uzbekistonning mustaqilligi, istiqlol yillarining tajribasi, o’tgan davrda yurtimizda amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar, islohotlar jarayonini falsafiy jihatdan o‘rganish, tahlil qilish va shu asosda amaliyot uchun zarur xulosa va takliflar ishlab chiqish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, istiqlol yillarida xalqimiz tafakkuridagi yangilanishlar, ma’naviy merosimizning tiklanishi, milliy o‘zlikni anglash sohalaridagi o‘zgarishlarni falsafiy izohlash masalalari ham dolzarb vazifalar qatoriga kiradi. Bular orasida mustakdllik, unga asoslangan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy jarayonlarga falsafiy yondashuv bilan bog‘liq vazifalar alohida o‘rin tutadi.


Ma’lumki, 1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi olimlarimizga hayotimizning siyosiy, iqtisodii va ma’naviy sohalarida jiddiy islohotlar olib borishga imkoniyat yaratdi. Natijada, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar jahon hamjamiyatiga teng huquqli a’zo bo‘lish va ayni paytda, O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgandir. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hamkorlik munosabatlari, tinchlik madaniyatiga o‘tish, millatlararo, davlatlararo, konfessiyalararo tolerantlik munosabatlarini chuqurlashtirish, insoniyatga umumiy xavf tug‘diruvchi terrorizm, narkobiznes, ekstremizmga qarshi kurashayotgan davlatga aylandi. Mamlakatning ichki dunyosida, ya’ni iqtisodiyot, ma’naviyat, siyosat, turmush tarzida, xalq xarakteri va mentalitetida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.
O‘tgan davrda O‘zbekiston mustaqilligining qonuniy asoslari yaratildi, mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Milliy davlat tizimi an’anaviy davlatchilik g‘oyalari va jahon davlatchiligi ilg‘or tajribalarining sintezi shaklida barpo etildi. Boshqaruvda yangi usullar qaror topdi. Mahalliy davlat hokimiyati tizimi tubdan o‘zgardi. Nodavlat tuzilmalar, jamoat tashkilotlari va o‘z-o‘zini boshqarish organlarining vakolatlari kengaytirildi. Ko‘ppartiyaviylik tizimi tarkib topishiga keng sharoit yaratildi. Jamiyat hayotida sog‘lom demokratik jarayonlar muhiti vujudga keldi va chuqurlashdi. Inson haq-huquqlari va-erkinliklarini ta’minlashning huquqiy asoslari vujudgakelmoqda. Sud hokimiyati hozirgi zamon xalqaro huquq tamoyillari negizida tubdan isloh qilindi. Millatlararo totuvlikni ta’minlash choralari ko‘rildi. Milliy xavfsizlik konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakat xududiy yaxlitligini va tinchligini ta’minlashga qodir bo‘lgan zamonaviy qurolli kuchlar tizimi yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy tamoyillari doirasida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilandi.
Iqtisodiy islohotlarning “o‘zbek modeli” vujudga keldi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, pul-kredit siyosati tamoyillari ishlab chiqildi. Mulkchilik, mulkka egalikka xos yangi tushunchalar shakllandi. Mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi. Xususiy mulkka egalikning yangi tizimi barpo etildi.
Milliy qadriyatlarni tiklash, vorislik an’analariga sadoqatli avlodni tarbiyalash konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatimizni ozod va obod jamiyatga aylantirish, Vatan ravnaqini ma’naviy ta’minlab berishga qaratilgan nazariya — milliy istiqdol g‘oyasi shakllandi. Milliy istiqlol mohiyati va mustaqillik g‘oyalarini anglashda buyuk shaxslar, atoqli allomalar, xususan al Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Moturudiy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatning ro‘yobga chiqishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi asosida yangi jamiyat qurishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va ta’lim-tarbiyaning roli oshirildi. Bu sohani tubdan isloh qilish va yangilash jarayonlari izchil davom etmoqda.
Mustaqil O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli va faol sub’ektiga aylandi. U jahon hamdo‘stligida o‘ziga xos va mos o‘ringa ega bo‘lib, mintaqa taraqqiyotida ham muhim rol o‘ynay boshladi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik va qardoshlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Bular O‘zbekistonning taraqqiy topgan demokratik davlatlar kabi erkin va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsadiga etish yo‘lida ma’lum bir bo‘g‘in va bosqichni tashkil etadi, xolos. Endi navbat —yangi bosqichga. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, taraqqiyotning har bir bosqichi yangi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘lidagi yangi vazifalar demakdir. Falsafa ham ana shu vazifalarni bajarish jarayonidan chetda tura olmaydi. Bunday maqsadni amalga oshirish davlatning insonlarga xizmat qilishi, hayotda insonparvarlikka yo‘g‘rilgan adolatni qaror topishi, tenglik, erkinlik, yuksak ma’naviyat, farovonlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlikni ta’minlashga, diniy bag‘rikenglikni, jahon xalkdari bilan hamkorlikni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Shu bois bu haqda Birinchi Prezidentimiz: “O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Bu mustaqil, demokratik, xuquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qatiy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir”,deya uqtirganlar.
Islom Karimov.
O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiet yo‘li,.
O‘zbekiston: millim istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild.
— T.: ♦Uzbekiston», 1996. 44-bet.
Aynan shuning uchun ham davlat, barcha islohotlarning nafaqat tashabbuskori, shu bilan birga, ular uchun mas’ul eng yirik siyosiy kuch hisoblanadi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz hayotida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi, qayd etilgan sohalarda sezilarli yutuqpar qo‘lga kiritildi. “Taraqqiyotning o’zbek modeli”ni amalga oshirayotgan O‘zbekistondagi islohotlarning odimlari samarali bo‘layotgani bugungi kunda xalqaro maydonda ham e’tirof etilmoqda. Masalan, 2002 yil may oyida BMTning jahon bolalarining ahvoliga bag‘ishlab o‘tkazilgan maxsus sessiyasida davlatlar, jumladan ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi tadqiq etilgan 27 mamlakat ham “bolalar yashashi uchun maqbul dunyo” qurish maqsadida ulkan, ammo amalga oshishi mumkin bo‘lgan rejalarni bajarish imkoniyatini olgandi. Bugungi kunda ana shu 27 davlat hududida 100 million nafardan ziyod bola istiqomat qiladi. SHunday ekan, bugun ular o‘z mamlakatlarida qanday yashamoqda, hukumatlar “bolalar yashashi uchun maqbul dunyo” qurish borasida olgan majburiyatlarini qay darajada bajaryapti? Mana shu maqsadda har bir tadqiq etilgan davlatda quyidagi to‘rtta sohaga e’tibor qaratildi:
- sog‘lom turmush tarzini shakllantirish’
- sifatli ta’lim bilan ta’minlash;
- bolalarni beshafqat munosabatdan, ekspluatatsiyadan, zo‘ravonlikdan himoya qilish;
- SPID kasalligiga qarshi kurash.
Bu vazifani bajarish YUNISEFga yuklatilgan. YUNISEFning faoliyatini to‘laqonli olib borishda ko‘maklashayotgan “Innechenti” markazi xodimlari o‘z tadqiqotlarida masalaning ana shu biz yuqorida ta’kidlagan to‘rt jihatlariga qaratishdi.
Birinchi Prezident I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdir. U quyidagicha amalga oshirilmoqda: aholini ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish uchun tegishli sharoit yaratish, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilishning maqsadi va aniqyo‘naltirilgan xarakteridagi dasturiga ega bo‘lish, aholi turli ijtimoiy qatlamlariga tabaqalashtirilgan holda yondashuvni yo‘lga qo‘yish, aholining moddiy yordamga muhtoj va kam ta’minlangan qatlamlarining davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilinishini kafolatlash, ta’lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash tizimini isloq qilish va rivojlantirish, jamiyatning intellektual va ma’naviy kuch-qudratini mustaqkamlash. Inson, oila va jamiyat imkoniyatlarini kengaytirish orqali taraqqiyotga yo‘l ochish O‘zbekistonning umumbashariyat tomonidan to‘la e’tirof etilgan konsepsiyalariga sodiq va sobit ekanligini ochiq-oydin isbotlaydi.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab, aholining kam ta’minlangan qismini qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar muhim yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. “Islohotlarimizning muhim tamoyillaridan biri aholining kam ta’minlangan tabaqasi,... bolalarni muhofaza ostiga olish. ularni puxta himoyalashdir. Yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egaplashi, ish bilan ta’minlanishiga har tomonlama yordam berish davlatimizning muqaddas burchidir”1.
O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalarning atigi 4,7 foizi 20 yoshgacha bo‘lgan onalarning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biridir (Polshada — 7,0 foiz, Vengriyada — 7,4 foiz, Slovakiyada — 9,1 foiz). MDH mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 8,8 foizdan (Qirg‘iziston) 16,3 foizgacha (Moldova) tashkil etadi.
Ma’lumki, totalitar tuzum davridan bizga paxta yakkahokimligi tufayli turli vitaminlarga boy mevali o‘simliklarning keskin kamayishi, paxtachilikda qo‘llaniladigan ximikatlarning me’yoridan ziyod ishlatilishi, zaharli gazlar tarqatadigan korxonalarning kechayu kunduz tinimsiz ishlatilishi mamlakatimizdagi jonli va jonsiz tabiatga salbiy ta’sir qilib, buzilgan tabiiy muvozanat, iqtisodiy tanglik, demografik vaziyat meros qolgandi. Bu jarayon inson salomatligi va nasliga ham ta’sir qildi. Buning oqibatida mayib-majruh bolalarning dunyoga kelishi ko‘payganligi, balog‘atga etgan yigitlarning harbiy xizmatga yaroqsizligi, bolalar va onalar o‘limi bo‘yicha boshqa MDH mamlakatlari ga nisbatan yuqoriligi kabi holatlar ro‘y bergandi.
So‘nggi yillarda nikohning bekor qilinishi darajasi 12 yilda 1,5 barobar pasayib, 100 ta nikohga nisbatan 9,2 holatni tashkil etadi, bu esa Belorussiyadagidan 6 marta, ossiyadagidan 7,5 marta, Qozog‘istondagidan 3 marta, Turkmaniston va Qirg‘izistondagidan ikki marta kam.
O’zbekistonda sog‘lom avlodni voyaga etkazishning mantiqiy davomi sifatida barkamol avlodni tarbiyalashning ham qonuniy asoslari yaratilgan. Bu asosni yaratish jarayonida ta’lim tubdan isloh qilindi, kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi, ta’lim jahon andozalari darajasiga ko‘tarildi. Bu modelning asosiy maqsadi —ma’naviy-axloqiy fazilatlar mazmuni mujassamlashtirgan, jamiyatda o‘zligini va o‘z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy bilimlarni puxta egallagan, aqlan etuk, yuksak iste’dod va salohiyatga ega bo‘lgan, ma’naviy jihatdan yuksak, jismonan sog‘lom, hayot go‘zalliklarini his eta oladigan, erkin, ijodkor avlodni tarbiyalashni ifodalaydi.
Umuman olganda, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ajdodlarimiz orzusidagi barkamol avlod ta’limi va tarbiyasini tashkil qilishga erishishning qonun bilan himoyalangan hujjatidir. Bu dasturda tarixiylik bilan zamonaviylik, umuminsoniylik bilan milliylik uyg‘unlashib ketgan. SHu bois ushbu dastur salohiyati va ahamiyati jihatidan teran falsafiy mohiyatga egaligi uning xalqaro miqyosida tan olinganida ham ko‘rinadi. Xususan, 1998 yil Avstraliyada o‘tgan kelgusi asr yoshlar ta’limi istiqbollariga bag‘ishlangan “Osiyo — Tinch okeani mintaqasida XXI asrda ta’lim muammolari” deb nomlangan xalqaro anjumanda ta’limni rivojlantirishga qaratilgan maxsus davlat dasturi faqat ikki mamlakat —AQSH va O‘zbekistondagina mavjudligi ta’kidlandi.
Falsafaning Hozirgi davrda mamlakatimizdagi keng dolzarb vazifalari ko‘lamli o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini I. A. Karimov ilmiy-nazariy tahlil qilib, butun jamiyat, xususan falsafa oldidagi vazifalarimizni ham ko‘rsatib berdi. Bu vazifalar, avvalo, rivojlanishimizning birinchi ustuvor yo‘nalishi, ya’ni mustaqillikni mustahkamlash bilan bog‘liq. Buni Islom Karimov eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad sifatida talqin etdi.
CHunki mustakdllik, avvalo, o‘z takdirimizga o‘zimiz egalik qilish huquqi, kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan barpo etish, yurtimiz boyliklaridan faqat xalqimiz va Vatanimiz manfaatlari yo‘lida foydalanish deganidir. Bu borada zimmamizga olgan xalqaro majburiyatlarni bajarish, BMT Nizomi talablariga, xalqaro xuquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga qat’iy amal qilish nihoyatda muhim. Shu bilan birga uzoq-yaqin qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik, hamkorlik asosida yashash, dunyo hamjamiyatidan o‘zimizga munosib obro‘ hamda o‘rin egallash uchun doim intilish va kurashish tamoyillarini falsafiy izohlash zaruriyati mavjud. Qolaversa, falsafa mamlakatimizni rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, jamiyatni ma’naviy yangilash borasida olib borayotgan barcha islohotlarimizda kamarbasta bo‘lishi lozim.
Falsafaning taraqqiyotimizning ikkinchi ustuvor yo‘nalishi bilan bog‘liq vazifalari xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishdir. Bu borada mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat. Bugungi kunda ekstremizm va ashaddiy aqidaparastlikning har qanday ko‘rinishiga, xalqaro terrorchilik va narkobiznesga qarshi izchil va muttasil kurash olib borish davr talabidir. Zero, mamlakatimiz xavfsizligi, barqarorligini ta’minlash uchun tashqi va ichki taxdidlardan himoyalanish, ularning oldini olish eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ekstremizm, ashaddiy aqidaparastlik, xalqaro terrorchilik, narkobiznes tashqi tahdidlarga kirsa, o‘tmishdan salbiy meros bo‘lib qolgan nuqson va illatlarda namoyon bo‘layotgan ichki tahdidlar ham mavjud. Bular —korrupsiya, ya’ni uyushgan jinoyatchilik, millatchilik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik. Ularga qarshi kurashilmasa, bu kurashning ilmiy asoslangan, falsafiy qonunlar asosidagi yo‘llari izlab topilmasa, mustaqillikni mustahkamlash. jamiyatni erkinlashtirish yo‘lidagi islohotlarni izchil davom ettirish va chuqurlashtirish og‘ir kechishi aniq. Bu og‘irlikni biz jamiyatni erkinlashtirishda yaqqol his etamiz. Bu taraqqiyotning uchinchi yo‘nalishi bilan bog‘liq falsafiy vazifalarni belgilab beradi: jamiyatni erkinlashtirish erkin bozor munosabatlarini shakllantirish demakdir. Buning uchun bozor isloqotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bulgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish lozim. Bu maqsadlarga erishish uchun, Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish, kichik va urta biznes hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat hamda valyuta bozorini erkinlashtirish; milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini ta’minlash, so‘mimizning barqarorligi va xarid quvvatini har tomonlama mustahkamlash, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, eksport rivoji, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor, xususiy sarmoyalarni jalb etishni kuchaytirish, bularga erishish yo‘lida xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, dunyo iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun shart-sharoitlarni yaratish zarur. SHu vazifalar amalga oshirilsagina biz sobiq tuzumdan meros sifatida yashab kelayotgan qoloq ishlab chiqarish munosabatlaridan xalos bo‘lib, raqobat asosida rivojlanadigan iqtisodiy tazim yaratamiz. Chetga mahsulot eksport qilish ham, import o‘rniga o‘z mahsulotlarimizni bozorga chiqarish qam amalda ishlab chiqarishdagi ko‘proq foydani o‘z qo‘limizga kiritish degan.
Falsafaning taraqqiyotni to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi — inson huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq vazifalari ham bor. Buning ta’minlanishiga erishish uchun, avvalo, Konstitutsiyada belgilab berilgan so‘z va matbuot erkinliklarini, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochikdigini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni falsafiy taxdil qilish lozim.
Ommaviy axborot vositalari — matbuot va radio-televideniening chinakamiga «to‘rtinchi hokimiyat» darajasiga ko‘tarilishi haqiqiy demokratik jamiyat barpo etishning talablaridan hisoblanadi. Lekin sobiq ittifoqda uzoq yillar davomida ommaviy axborot vositalari qattiq mafkuraviy va ma’muriy nazorat ostida faoliyat olib borgan edi. SHuning uchun psixologik jihatdan ularning o‘zini tom ma’nodagi erkin axborot tizimi sifatida his etishi qiyin kechayotir. SHu bilan birga, davlatimiz rahbari bizda jamoatchilik fikrini urganish ham, uni shakllantirish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganini qayd etdi.
Falsafa oldida turgan vazifalarni belgilaydigan yana bir asosiy yo‘nalishlardan biri, sud-huquq sohasini isloh qilishdir. Bu sohada muhim vazifa —sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta’sirchan faoliyatini so‘zda emas, amalda ta’minlash bo‘lmog‘i zarur. Qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, haqiqiy fuqarolik jamiyati qurish haqida so‘z yuritishga hech qanday asos yo‘q.
Konstitutsiyamizda belgilab berilgan demokratik tuzum shuni talab qiladi. Bu sohada rivojlangan demokratik davlatlar tajribalarini o‘zlashtirish juda muhim. Sud hokimiyati bilan ommaviy axborot vositalari munosabati masalasi alohida e’tibor talab etadigan soha. Sud-huquq tizimi islohotlari jarayonini keng xalq ommasiga etkazish maqsadida yoritib borish, har qaysi fuqaroning manfaatini himoyalaydigan qonun va mezonlar mohiyatini tushuntirib borish, fuqarolarning ariza va shikoyatlarini qabul qilish hamda ularni ko‘rib chiqish borasidagi dastlabki jarayonlarni yanada soddalashtirish aholining huquqiy ongini shakllantirishda muxim ahamiyatga ega.
Jamiyat taraqqiyotining falsafa sohasidagi dolzarb vazifalarini belgilaydigan yana bir ustuvor yo‘nalishi inson omili va mezonidir. Mustaqillik tufayli barcha islohotlarimizning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasi inson deb belgilandi. «Bu — demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat olib borish demakdir». Bu o‘z ichiga ijtimoiy infratuzilmani, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, aholini ekologik va boshqa xavf-xatarlardan muhofaza etish, odamlarimizning ijtimoiy soha bo‘yicha talab-e’tirozlarini qondirish masalalariga davlatning doimiy e’tiborini har tomonlama kuchaytirishni oladi.
Ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismidir. «Bu hayotiy haqiqat biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog‘i hamda o‘zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog‘i lozim. Bu tizim markazida ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi o‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak». Islom
Karimov bularni «uch buyuk qadriyat» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, shunday chinakam insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan yoki ega bo‘lishga intilgan odam demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Fuqarolik jamiyati —faol fuqarolardan tashkil topgan jamiyat deganidir.
Bugungi kunda falsafaning tarix va ma’naviy merosni o’rganish bilan bog‘liq vazifalari ham bor. Yechimini kutayotgan muhim muammolarga jahon falsafasining taraqqiyot bosqichlari, o‘tmishdagi falsafiy oqimlar va maktablar, ularning falsafiy nazariyalari va ta’limotlari, G‘arb va SHarq falsafasini qiyosiy o’rganish kabi masalalar kiradi. SHarq mamlakatlaridagi uziga xoslik, uning G‘arbga ta’siri, ularning bir-biridan farqi, hozirgi zamondagi ahamiyati va boshqa ko‘plab masalalar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Bunda avvalo, jahon falsafasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlarining bu sohadagi merosini o‘rganish nihoyatda muhim.
Davrimizda ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsion yondashuv, sivilizatsiyalarning yondashuv mexanizmi va ularning tasnifi, sivilizatsiya va madaniyat, qadriyatlar masalalarini ham yangicha talqin etishni talab etadi. Unda SHarq, jumladan O‘zbekiston turli sivilizatsiyalar beshigi ekanligi masalalarini o‘rganishni ham davr talab etmoqda.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi uning umumsayyoraviy jarayonga qo‘shilishiga imkoniyat tug‘dirdi. SHu bois umumsayyoraviy taraqqiyotda O‘zbekistonning o‘rni, “o‘zbek modeli”ning ahamiyati, yangi davlatchilik tizimining vujudga kelishi, iqtisodiy sohadagi tarkibiy o‘zgarishlar, jamiyatni erkinlashtirish masalalarini taxdil etish dolzarb muammolardan xisoblanadi.


Takrorlash uchun savollar
1 . Falsafaning O‘zbekistonning umumsayyoraviy jarayonga kirishi bilan bog‘liq vazifalari nimalardan iborat?
2 . Falsafaning siyosiy-huquqiy sohadagi islohotlar bilan bog‘liq qanday vazifalarini bilasiz?
3. Iqtisodiy islohotlar bilan bog‘liq falsafiy muammolar nimalardan iborat?
4. Ijtimoiy-ma’naviy sohadagi o‘zgarishlarning falsafiy mohiyati nimada?
5. “Ijtimoiy taraqqiyot” tushunchasi. mo\iyati, mazmuni, vazifasi.
6. “Taraqqiyotning o‘zbek modeli”, uning uziga xos jihatlari.
7. Kuchli davlatdan — kuchli jamiyatga o‘tishning falsafiy masalala­
Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə