12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 102,09 Kb.
səhifə2/9
tarix22.05.2023
ölçüsü102,09 Kb.
#111984
1   2   3   4   5   6   7   8   9
fond.birjasi

Fond birja tamoyillari






Birja




Birja










Birja barcha













Birja










savdolarini




savdolarida




bitimlarini




a’zolarining birja







oshkora va




narxlarning




tuzishning




savdolarida ishtirok







ommaviy




erkin




ixtiyoriyligi




etishi uchun







tarzda




shakllanishi










sharoitlarning tengligi







oʻtkazish














































































12.1-rasm. Fond birja tamoyillari
Oʻzbekiston Respublikasidagi fond birja boʻlib, “Toshkent” Respublika fond birjasi hisoblanadi va ushbu birja Oʻzbekiston Res-publikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashti-

rish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” № 745-sonli farmoniga koʻra 8 aprel 1994 yilda shakllangan. Uning faoliyati respublikada olib borilayotgan islohotlar bilan va aksionerlik jamiyatlar ochish siyosati bilan yaqindan bogʻliq.


Bugungi kunda RFB “Toshkent” – bu 100 ortiq brokerlik tashkilotlar va eng yangi uskunalarga ega boʻlgan birjadir.


Fond birja – tijorat tashkilot boʻlib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan foyda olishdir. Fond birja asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat koʻrsatishning quyidagi turlarini amalga oshirishi mumkin: oldindan tayinlangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida ommaviy va oshkora birja savdolarini tashkil etish va oʻtkazish; talab va taklifning haqiqiy nisbatini aniqlash asosida qimmatli qogʻozlarning narxini shakllantirish orqali qimmatli qogʻozlar bozorini yaratish hamda ular toʻgʻrisidagi axborotlarni belgilangan tartibda oshkor qilish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarning erkin muomalasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni taʼminlash, birja aʼzolariga birja bitimlarida va birja faoliyatida ishtirok etish huquqini beruvchi birja joyi (brokerlik oʻrni) berish, birja savdolarida teng huquqlilik asosida ishtirok etishi uchun savdo tizimiga masofadan ulanish imkoniyatini yaratish; qimmatli qogʻozlar bozorida ochiqlik va oshkoralikni hamda raqobat sharoitini taʼminlash uchun birja aʼzolariga savdo natijalari haqidagi axborotlarni yetkazish, investitsiya vositachisi faoliyatini professional tarzda amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish hamda roʻyxatdan oʻtkazishni elektron shaklda amalga oshirish; birja savdolarini tashkil qilish va oʻtkazishga zamonaviy texnologiya va uslublarni tadbiq qilish; birja listingiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarning kotirovkalanishini birja savdosi qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshirish; birja aʼzolari, birja savdolari ishtirokchilari va ularning mijozlari oʻrtasida birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni qonunchilik va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida hal etishga koʻmaklashish; qimmatli qogʻozlar bilan birja savdolarini amalga oshiruvchi mutaxassis-treyderlarning kasbiy malakasini oshirib borishi uchun sharoitlar yaratish; birja faoliyati bilan bogʻliq


-


tirish;
axborotnomalarni, maʼlumotnomalarni hamda boshqa axborot va reklama nashrlarini chiqarish; qimmatli qogʻozlar bozori infratuzil-masini rivojlantirish va takomillashtirish.
Fond birjasining asosiy vazifalari quyidagilar:

birja savdosi qoidalarini belgilash, oʻz internet saytida joylash-



  1. birja kotirovkalash varagʻiga kiritilgan qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish;




  1. qimmatli qogʻozlarga boʻlgan talab va taklifning nisbati asosida ularning narxini chiqarish;




  1. muntazam ravishda oʻz internet-saytida va ommaviy axborot vositalarida qimmatli qogʻozlarning kotirovka narxlarini eʼlon qilish, birja aʼzolarini birja savdosi yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilish;




  1. birja oʻz aʼzolari va ularning qimmatli qogʻozlar bilan oldi-sotdi jarayonlarini bevosita amalga oshiradigan treyderlari uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;




  1. amaldagi qonunchilik, fond birja ustavi va birjaning ichki meʼyoriy hujjatlarida belgilangan tartibda yangi aʼzolar qabul qilish va aʼzolikdan chiqarish;




  1. birja aʼzolarining akkreditatsiyasini amalga oshirish;




  1. qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining talab va extiyojlarini hisobga olgan holda amaldagi qonunchilikka muvofiq birja bitimlari amalga oshiriladigan maxsus seksiyalar tashkil etish;




  1. qimmatli qogʻozlarni birja listingiga kiritish va delisting qilish tadbirlarini amalga oshirish hamda qimmatli qogʻozlarning kotirovka qilinish tartib va qoidalarini ishlab chiqish;




  1. birja faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan narx belgilash, hakamlik, listing, nazorat va boshqa birja komissiyalarini tuzish;




  1. agar birja bitimlarining narxi kun davomida birja tomonidan belgilangan qiymatdan ham ortiqroq oʻzgarib ketsa, birja savdosini toʻxtatish;




  1. birja tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlanadigan haq miqdorini belgilash;




  1. birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar hamda penyalar belgilash va undirish;




  1. birja axborotnomalari, maʼlumotnomalari hamda boshqa axborot va reklama nashrlarini chiqarish;




  1. birja savdolarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan hujjatlarning standart shakllarini ishlab chiqish;




  1. axborot-tahliliy ishlarni amalga oshirish uchun qimmatli qogʻozlar emissiyalarining hajmi va turi hamda ularning birjada va fond bozorida aylanish darajasini taqqoslash yoʻli orqali oʻrganish;




  1. fond birja ustavida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun amaldagi qonunchilik asosida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;




  1. qonunchilik asosida birja faoliyatini samarali taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.


Yüklə 102,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə